Yig‘ilish raisi: Sh. Sariyev Kotib : S. Dalliyev Qatnashdilar


Download 16.4 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.4 Kb.
#1582860
Bog'liq
7-maktab 25 may yigilish bayoni


Do’stlik tumani MMTB ga qarashli 7-umumiy o‘rta ta’lim
maktabida 2022-2023 o‘quv yilini yakunlash hamda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
“___”__________2023 yil “Oltin vodiy” MFY
Yig‘ilish raisi: Sh.Sariyev
Kotib : S.Dalliyev
Qatnashdilar: Barcha pedagog xodimlar,
Taklif etildi: “Oltin vodiy” mahalla yoshlar yetakchisi , mahalla raisi, maktab psixologi, maktab ota-onlar qo‘mita raisi va ota onalar hamda o’qituvchi pedagoglar


KUN TARTIBIDA

  1. Maktabda 2022-2023 o‘quv yilini yakunlash hamda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori Sh.Sariyev so‘zga chiqib, maktabda 2022-2023 o‘quv yilini yakunlash , “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish hamda Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi bo’liminig 2023-yil 23-maydagi 01-03/1-30- sonli va Do’stlik tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’imining xati ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirish, shuningdek, “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish lozimligi xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng yoshlar masalalari va MMIBDO‘ – S.Dalliyev so‘zga chiqib, “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarni "Ilmni qadirlang,ilmga intiling" shiori ostida o‘tkazilishini, tadbirni faqatgina 1-9-11-sinflar ishtirokida bo‘lib o‘tishini, bitiruvchi o‘quvchilarning maktab formasidan tashqari, turli liboslar hamda lentalar taqib olishini oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borish lozimligi, tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash dolzarb masala ekanligi, shuningdek, “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirini tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va “Oltin vodiy” MFY profilaktika inspektori bilan hamkorlik qilish hamda tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilarini taklif etgan holda ular tomonidan bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklarini bildirishlarini tashkil etish zarurligi, bunda maktab jamoasi ayniqsa sinf raxbarlarining xizmati kotta ekanligini o‘qtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng maktab inspektor psixologi so‘zga chiqib, “So‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirini tartibli tarzda olib borish, xonadonlarda turli xil kechalarini o‘tkazmaslik, tungi vaktlarda o‘quvchilarni bemaxsad yurmasliklarini hamda protexnika vositalarining zararli oqibatlari haqida o‘quvchilarga tushuntirish kerak ekanligi xaqida o‘z ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib,
Yig‘ilish qaror qiladi:

  1. Maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirini o‘tkazish bo‘yicha qilingan ma’ruzalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ – S.Dalliyev va profilaktika inspektori o‘qib eshittirgan ma’ruzalaridagi topshiriqlar pedagok xodimlar va sinf raxbarlari zimmasiga yuklatilsin.

  3. So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarni " Ilmni qadirlang,ilmga intiling" shiori ostida o‘tkazilishi ta’minlansin.

  4. Ushbu tadbirini o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin va maktab ishchi guruxi tuzilsin.

  5. Yuqoridagi buyruqlarni nazorat qilib turish maktab yoshlar masalalari va MMIBDO‘ S.Dalliyev zimmasiga yuklatilsin.



Maktab direktori: Sh.Sariyev.
Download 16.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling