Yigirmanchi asr
USTOZIMIZDAN FAXRLANAMIZ…
Download 183 Kb.
|
DIRIJYOR VA KOMPOZITOR SHERMAT YORMATOVNING HAYOTI VA IJODI
USTOZIMIZDAN FAXRLANAMIZ…
“Tantana” bolalar ashula va raqs guruhi rahbarlari Fotima va Zuxra Ziyamuhamedovalar: Biz “Bulbulcha”ga kelganimizda kichkina qizchalar edik. San’atkorlar oilasida tug‘ilganimiz uchun san’atga, qo‘shiq aytishga bo‘lgan ishtiyoqimiz juda baland ediki, qanday qilib “Bulbulcha”ning sehrli olamiga sho‘ng‘ib ketganimizni sezmay qoldik. Musiqasiz, qo‘shiqsiz hayotimizni tasavvur ham qila olmay qoldik. Bunga albatta ustozimiz Shermat aka Yormatovning bizga bergan saboqlari, atroflaridagi kuchli, malakali o‘qituvchilardan iborat jamoalari sabab bo‘lgan. Biz “Bulbulcha”da nafaqat qo‘shiq aytardik, balki tarbiya ham olardik. Dunyoqarashimiz kengayardi, madaniyatimiz yuksalib, sekin-asta bizning ham ushbu kasbga bo‘lgan qiziqishimiz ortib, yuksala boshladi. Ansamblga qatnashib yurgan kezlarimiz, o‘quvchi bo‘lsakda maktabimiz qoshida kichik sinflardan guruh tuzib, ularga turli qo‘shiqlar o‘rgatdik. “Bulbulcha”ga o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida qatnashdik, xordan ketishni hech istamas edik. Shunda ustozimiz O‘smir yoshlar xorida qatnashishimizni aytdilar. Shu bahona bo‘ldimi TDPIning musiqa fakultetiga o‘qishga kirdik. Oliygohni tugatgach, musiqadan dars berib, to‘garak ochib, o‘z ish faoliyatimizni boshladik. Shunday paytlarda ustozimiz bizni “San’at g‘unchalari”, “Ilhom chashmalari” kabi maktablararo tanlovlarda qo‘llab turdilar, to‘g‘ri maslahatlar berib, yo‘naltirdilar. Shunday tanlovlarning birida xor jamoamiz tuman, shahar, respublika bosqishlaridan o‘tib, A.Navoiy nomidagi opera va balet katta teatrida bo‘lib o‘tgan gala konsertda qatnashishga muyassar bo‘ldi. Ammo bizni yosh deya, sahnaga chiqarishmadi, shunda Shermat akamiz parda ortidan o‘quvchilarimizni sahnaga birin-ketin chiqarib qo‘ydilar. Biz uchun bu baxt, endigina ustozlik qilayotgan, kichik bo‘lsada yutuqlarga erishishga harakat qilayotgan bizdek shogirdlar uchun bu – juda katta madad, qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan. Ushbu voqea kasbimizni davom ettirishda biz uchun katta turtki bo‘lgan. Kelgusida ham “Tantana” guruhimizni tashkil qilganimizda o‘zlarining beminnat maslahatlarini ayamay, hozirgi kungacha qo‘llab turadilar. Biz Shermat akaday ustozimiz borligidan va ularning yo‘llaridan ketayotganimizdab faxrlanamiz va o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz… Download 183 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling