Yil dekabr oyida Xitoyning Uxan provintsiyasida covid-19
Download 216.84 Kb. Pdf ko'rish
|
K
Muammoli savol 1.
2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan provintsiyasida COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalib borayotgani aniqlandi. Ushbu infektsiya keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqala boshladi. 2.
Buning natijasida 2020 yil 29 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʼzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʼyicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish toʼgʼrisida” gi F-5537-son farmoyish qabul qilindi. 2020 yil 11 mart kuni Butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti dunyo miqyosida COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalib ketgani munosabati bilan pandemiya eʼlon qildi. Ushbu kasallik Oʼzbekistonga ham kirib keldi va 2020 yil 15 mart kuni mamlakatda karantin eʼlon qilindi. 3. Karantin sharoitida kasallikning tarqab ketishini oldini olish maqsadida Respublika komissiyasi tomonidan turli cheklov choralari oʼrnatila boshlandi. Jumladan, avtotransportda ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha va kechki vaqt soat 17.00 dan 20.00 gacha harakatlanishga ruxsat berildi. Qolgan vaqtda harakatlangan fuqarolar javobgarlikka tortildi. 4. E.Rustamov 2020 yil 5 avgust kuni soat 16.00 da oilasi bilan avtotransport vositasida yaqin qarindoshini koʼrgani ketayotganda ichki ishlar organi xodimi tomonidan toʼxtatildi va sodir etgan huquqbuzarligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. E.Rustamov bayonnomaga imzo qoʼyishdan bosh tortdi. Bunga sabab sifatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan u shaxsiy erkinlik, respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga koʼchish singari huquqlarga ega boʼlib, ushbu huquqlar daxlsiz ekani, ularni sud qarorisiz cheklab qoʼyishga hech kim haqli emasligini, shunday ekan Respublika komissiyasining qarorlari bilan uning konstitutsiyaviy huquqlari cheklanishi Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipiga toʼgʼri kelmasligini aytdi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Javob Ushbu vaziyatni o‟rganar ekanmiz kishida tabiiy savol tug‟iladi 1. “Oʼzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʼyicha respublika maxsus komissiyasining tuzilganligi va karantin choralarining o‟rnatilishi qonuniy asosga egami? 2. Ichki ishlar xodimining fuqaro E Rustamovga ma‟muriy bayonnoma rasmiylashtirishga vakolati bormi? 3. Fuqaro E Rustamovning ma‟muriy bayonnomaga imzo qo‟yishdan bosh tortishi huquqiy asosga egami? 4. Fuqaroning talablari qay darajada o‟rinli? Koronavirus o‟tkir yuqumli kasallik bo‟lib nafas olish yo‟llari va sezgi organlarining shikastlanishi bilan kechadi. Ushbu kasallik 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan provintsiyasida tarqalib o‟tkir yuqumli kasallik turiga aylandi, keyinchalik butun dunyo bo‟ylab tarqalib ko‟plab odamlarning o‟limiga sabab bo‟ldi. Dunyo jamoatchiligi kasallikka qarshi bir qator choralar ko‟ra boshlashdi. Mamlakatimizda kasallikka qarshi choralar ishlab chiqish
maqsadida prezidentining F-5537-son farmoyishi qabul qilindi. 1. “Oʼzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʼyicha respublika maxsus komissiyasining tuzilganligi va karantin choralarining o‟rnatilishi qonuniy asosga egami? Prezidentimizning F-5537-son farmoyishi bilan maxsus komissiya tuzish va unga rahbarlik qilish Vazirlar Mahkamasi va bosh vazir A. Aripovga yuklatilganligi bejiz emas. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to„g„risida qonunning 3- moddasiga muvofiq “O„zbekiston Respublikasi qonunlari, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta‟minlaydi” 1 .
Vazirlar Mahkamasi asosiy ijro organi bo‟lib normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini nazorat qiluvchi organ hisoblanadi. Ushbu qonunning 11-moddasi “Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy sohadagi vakolatlari sog„liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy yordamning sifati, samaradorligi va hamma uchun ochiqligini oshirish, aholi sog„lig„ini saqlash va mustahkamlash, sog„lom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish,
shuningdek sanitariya-epidemiologiya sohasida osoyishtalikni ta‟minlash bo„yicha choralarni amalga oshiradi” 2 .
Ushbu qonun normasiga ko‟ra Vazirlar mahkamasi sog‟liqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirib fuqarolarga tibbiy yordam ko‟rsatish, ularning sog‟ligini saqlash sog‟lom turmush sharoitini yaratish va sanitariya-epidemiologiya sohasidagi osoyishtalik yaratish uchun mas‟ul davlat organi sanaladi. Vazirlar Mahkamasi o‟z faoliyati davomida davlatning barcha sohalarida ijro hokimiyatini amalga oshiradi. _________ 1. O„zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi to„g„risida” qonunning 3-11 - moddalari. Shuningdek 25-modda “Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tashkil etilishi mumkin” 1 . Prezidentimizning F-5537-son farmoyishida “Maxsus komissiyaning o'z
vakolatlari doirasida qabul qilgan
qarorlari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi belgilandi” 2 . Ko‟rinib turibdiki hukumat o‟z oldiga qo‟yilgan vazifalar uchun muvaqqat komissiya tuzishi va komissiya o‟z faoliyatini olib borishda huquq va imtiyozlarga ega ekanligi qonuniy asosga ega. Maxsus komissiya muvaqqat davlat organi sifatida murakkab vaziyatlarda faoliyat olib boradi va o‟z faoliyati davomida ba‟zi huquq va imtiyozga ega bo‟lgan hukumat organi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida”gi qonunning 31-moddasida “O'zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi sanitariya-karantin nazoratini amalga oshirish va cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish yo'li bilan ta'minlanishi belgilangan” 3 . Yuqumli kasalliklarning paydo bo'lish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelsa tegishli hududlarda belgilangan tartibda cheklovchi karantin joriy etishi mumkin. Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarga binoan Vazirlar Mahkamasi sanitariya va epidemiologiya holati yuzasidan topshiriqlarni bajarish uchun komissiya tuzishi va bu komissiya o‟z faoliyati davomida barcha fuqarolar, davlat va jamoat tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy bo‟lgan normalarni yaratishi, karantin cheklovlarini o‟rnatishi va nazorat ostiga olish huquqiga ega. Maxsus komissiya o‟z faoliyatida karantin cheklovlarini qat‟iy o‟rnatgan va barcha fuqarolar unga rioya qilishini nazoratga olish, davlat organlari va mansabdor shaxslarni o‟rnatilgan karantin cheklovlariga fuqarolarning munosabati va ularning amal qilishini nazoratga olishi lozim. Ko‟rinib turibdiki o‟rnatilgan karantin cheklovlari inson huquq va manfaatlarini, fuqarolar sog‟ligini himoya qilishga xizmat qilmoqda E.Rustamov 2020 yil 5 avgust kuni soat 16.00 da oilasi bilan avtotransport vositasida yaqin qarindoshini koʼrgani ketayotganda ichki ishlar organi xodimi tomonidan toʼxtatildi va sodir etgan huquqbuzarligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. __________ 1. O„zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi to„g„risida” qonun 25-moddasi. 2. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti F-5537-son farmoyishi 3. O„zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to„g„risidagi” qonunning 31-moddasi. Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan u shaxsiy erkinlik, respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga koʼchish singari huquqlarga ega boʼlib, ushbu huquqlar daxlsiz ekani, ularni sud qarorisiz cheklab qoʼyishga hech kim haqli emasligini, shunday ekan Respublika komissiyasining qarorlari bilan uning konstitutsiyaviy huquqlari cheklanishi Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipiga toʼgʼri kelmasligini aytdi.
vositasi haydovchisi maxsus ruxsatnomasiz koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning amal qilinganligi uchun belgilangan vaqtdan oldin harakatlanib kelayotganligi tegishli tartibda ruxsatnomasining yoqligi sababli ma‟muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi kerak. Ushbu holat ma‟muriy huquqbuzarlik emas ma‟muriy javobgarlik to‟g‟risidagi kodeksning 54-moddasi “Karantinli va inson hayoti uchun xavfli bo‟lgan yuqumli kasalliklarning paydo bo‟lishi va tarqalishi sharoitida vakolatli davlat organi talablarini bajarmaslik, belgilangan majburiy qoidalarni buzish hamda ularga rioya qilmaslik deya baholanadi”. 1 Fuqaro E Rustamov koronavirus pandemiyasi davrida tegishli ruxsatnoma bo‟lmagan holatda va belgilanmagan vaqtda harakatlanib, davlat tomonidan o‟rnatilgan tartiblarni asossiz ravishda buzgan. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida” 2020 yil 23 martdagi 176-son qaroriga muvofiq “Ichki ishlar organlari yo„l-patrul xizmati xodimlariga, istisno tariqasida, Tartib davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma‟muriy bayonnoma asosida O„zbekiston Respublikasi Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksining 291-moddasi “Transport vositasini ushlab turish va ko‟rikdan o‟tkazish qonun hujjatlariga muvofiq ushlab turish sababi bartaraf etilganidan so‟ng ma‟muriy huquqbuzarlik ishi ko‟rib chiqilgunga qadar amalga oshiriladi”. 1
joylashtirish yo„li bilan ushlab turish huquqi berilsin” 2 . Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan kelib chiqadigan bo‟lsak bunda fuqaro E Rustamov karantin qoidalarini buzgan ichki ishlar xodimi fuqaroga ma‟muriy bayonnoma rasmiylashtirish huquqiga ega. _________________________________ 1 Ma‟muriy javobgarlik to‟g‟risidagi kodeksning 54 va 29 - moddasi 2 Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori
Ushbu holatda fuqaroning xatti-harakati mutlaqo asossiz deb hisoblayman fuqaro yuqoridagi qaror normalaridan kelib chiqib ma‟muriy bayonnoma rasmiylashtirish huquqi davlat sanitariya xodimlariga har bir hududda sanitariya xodimlari bo‟lmaganligi uchun tegishli ravishda ichki ishlar xodimiga yuklatilganligini ko‟rishimiz mumkin.Ichki ishlar xodimining fuqaroga ma‟muriy bayonnoma rasmiylashtirishga qonuniy vakolati bor. Holat yuzasidan fuqaro E Rustamovning ma‟muriy bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortishi va bunga asos sifatida Konstitutsiyamizning 28- moddasi “O„zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko„chish, O„zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir” 1 . ko‟rsatganligini ko‟rishimiz mumkin. Konstitutsiyamizning ushbu normasida ko‟rsatilgan jihatlar bir qarashda o‟rinlidek. To‟g‟ri fuqarolar respublika hududda erkin yurishi va o‟z huquq va imtiyozlaridan foydalanishi, respublika hududiga kirishi yoki undan chiqib ketishi huquqlari mavjud. Ammo Konstitsiyamizning ushbu normasi ikkinchi qismiga to‟xtalsak qonun bilan belgilangan cheklashlar bundan mustasno ekanligi ya‟ni vaziyat taqozo etganida biror qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlar o‟rnatgan qoida va me‟yorlarni asosiy qonunimiz istisno etmaydi. Shu jihatdan olib qarasak fuqaroning talablari o‟rinsiz va mutlaqo asosga ega emas Download 216.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling