Yil fasllarining almashinishi


Download 28.11 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1438670
Bog'liq
Yil fasllari


Yil fasllari — bahor, yoz, kuz, qish.
Yil fasllarining almashinishi. Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33’) sabab boʻladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda. Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli yer quyosh atrofida aylanar ekan bir shimoliy qutb, bir janubiy qutb quyoshga qarab qoladi. Shimoliy qutb quyoshga roʻpara boʻlganda Shimoliy yarim shar koʻproq isiydi, janubiy qutb quyoshga roʻpara kelganda esa janubiy yarim shar koʻproq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi. Shimoliy yarim sharda bahor faslining boshlanishi deb — quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan oʻtish vaqti (21—22 mart); yoz faslining boshlanishi deb quyoshning yozgi turish nuqtasidan oʻtishi (21 —22 iyun); kuz faslining boshlanishi deb — quyoshning kuzgi teng kunlik nuqtasidan oʻtishi (23 sentabr) va qishning boshlanishi deb — quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi (21—22 dek.) kunlari qabul qilingan. Janubiy yarim sharda bularning aksi boʻladi.
Yil fasllari bir-biridan yer yuzining hamma joyida ham farq qila bermaydi. Masalan, ekvator yaqinida havo doim bir xil boʻladi. Bu oʻlkalarga ikki tomondan tutashgan joylarda (ekvator yoni oʻlkalarda) yil 2 faslga boʻlinadi: qurgʻoqchil va seryomgʻir fasl. Oʻzbekiston joylashgan kengliklarda esa bahor va kuz fasllari qisqaroq (2 oy atrofida), yoz fasli uzun (5 oy chamasi) boʻladi. Qutbiy oʻlkalarda, aksin-cha, yoz juda qisqa, qish uzoq davom etadi.
Yil fasllarining astronomik uzunligi: bahorniki 92,8 sutka, yozniki 93,6 sutka, kuzniki 89,8 sutka va qishniki 89,0 sutka, biroq turli zonalarda Yil fasllarining uzunligi turlicha boʻladi.
Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling