Yil Oʻrta Osiyoda
Download 104.01 Kb.
|
Ulusning barham topishi[tahrir
Mo‘g‘ul hukmdorlari va mulk dorlari o‘rtasida bosib olingan yerlarga nisbatan ikki xil qarash mavjud edi. Ba’zilari mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlan tirish, Islom dinini qabul qilish tarafdori edi. Boshqalari esa o‘troqlik va shahar hayotiga qarshi bo‘lib, shaharlarni bu zib tashlash, bog‘ va ekinzorlarni o‘tloqlarga aylantirishni istar dilar. Asta-sekin Chig‘atoy ulusining bir qator xonlari o‘z urug‘qabilalari bilan Movarounnahrga ko‘chib kelib, mahalliy aholi bilan qo‘shilib, o‘troqlashib bordilar. Yettisuvda yashayotgan mo‘ g‘ullar Movarounnahrga ko‘chib kelganlarni “qoraunas” (duragay), Movarounnahrda yashayotgan mo‘g‘ullar esa ularni “jete” (qaroqchi, talonchi) deb atay boshladilar. Bu amalda bir-birini haqorat qilish edi. Ular o‘rtasida ziddiyat, nafrat kuchayib bordi. Oqibatda Chig‘atoy ulusi XIV asrning 40-yillarida ikkiga bo‘linib ketdi. Chig‘atoy ulusining Sharqiy Turkiston va Yettisuv qismi Mo‘g‘uliston deb atala boshlandi. 1348-yilda Chig‘atoy naslidan bo‘lgan Tug‘luq Temur Mo‘g‘uliston xoni etib ko‘tarildi. Ulusning g‘arbiy qismi – Movarounnahr mustaqil idora qilinadigan bo‘ldi. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, 1241-yildan 1370-yilda Dogʻoʻlon Temur hokimiyat tepasiga kelgunga qadar Chigʻatoy ulusida jami 25 ta xon almashgan Ba’zi tadqiqotchilar Tugʻluq Temurni Chigʻatoy ulusi xoni deb hisoblamaydilar, chunki uning Chigʻatoy ulusi xoni boʻlganligi juda shubhali. Ayrim olimlar Qozonxonni Chigʻatoy ulusining soʻnggi xoni deb hisoblaydilar. Shunday qilib, 1370-yil Oʻrta Osiyoda Amir Temur saltanatining oʻrnatilishi chigʻatoylar hokimiyatiga barham berdi. Biroq bu hududda bir muddat ulus qoldiqlari hisoblanmish bir qancha koʻchmanchilar uyushmasi saqlanib qoldi.Download 104.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling