18.“Arabiy til din uchun ne darajada lozim bo'lsa, rusiy ham tiriklik va
dunyo uchun lozimdir. Arabiy bilmasang din, ruscha bilmasang, dunyo qo'ldan
ketar”. Ushbu fikrlami kim qaysi asarida aytgan?
M ahmudxo'ja Behbudiy yuqoridagi fikrlami ” Ikki emas, to'rt til lozim “
(1913 ) nomli maqolasida aytgan. Allomaning o 'zi arab va fors tillarini yaxshi bilgan,
rus tilini tushungan, gaplasha olgan. Behbudiyning qiziqish va bilim doirasi shu qadar
keng ediki, u Turkistonning hamma jihatiga - siyosiy va ijtimoiy ahvoli, iqtisodiy va
madaniy holati, buguni va ertasiga g'oyat qiziqib qaradi, o'zini shu xalq, shu yurtning
taqdiriga javobgar shaxslardan biri deb his qildi.
19. Jadid dramaturgiyasi va teatrining boshlovchisi kim?
M ahmudxo'ja Behbudiy 1911-yilda “Padarkush” (yoki “O'qim agan bolaning
holi”) dramasini yozish bilan adabiyotda o'ziga xos yangilik yaratdi. Shuni aytish
kerakki, “Padarkush” dramasida inqilobiy g'oyalar emas, m a’rifat-chilik, komillik
qarashlari olg'a surilgan. Pyesada chorizm mustamlakachilik siyosatini fosh etuvchi
va qoralovchi fikr-mulohazalar yo'q bo'lishiga qaramay, 1913-yilgacha
asarni
sahnalashtirish yoki nashr etishga ruxsat berilmadi.
“Padarkush” 1913-yilda o'zbek va tojik tilida chop etildi. K o'p o'tm ay,
Samarqand, Toshkent, Buxoro, Andijon, Namangan, Qarshi, Q o'qon shaharlaridagi
teatrlarda sahnalashtirildi. Hamma joyda tomoshabinlar pyesani olqishlar bilan kutib
oldilar. Buning ikkita sababi bor: birinchidan, o'sha vaqtlarda xalq millat ahli uchun
tamomila yangilik bo'lm ish teatr san’atiga g'oyat tashna edi. Ikkinchidan, asarda
12
o'sha davr hayoti uchun xos voqea ko'rsatilib, ko'pchilikni qiziqtiradigan ezgu
g'oyalar, ibratli fikrlar aks ettirilgan edi.
20. O'zbek dramaturgiyasining shakllanishiga va
unda m a’rifatchilik
an’analarining qaror topishiga samarali ta’sir etgan asar qaysi?
M ahmudxo'ja Behbudiyning “Padarkush” asari o'zbek dramaturgiyasining
shakllanishiga, unda ma’rifatchilik an’analarining qaror topishiga samarali ta’sir etdi.
Natijada, Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Hoji Muin
Shukrullo, Badriy, Tavallo kabi ijodkorlarning m a’rifatparvarlik ruhida yozilgan
asarlari birin-ketin yuzaga kela boshladi. Behbudiy ta ’sirida Hamza “Yangi saodat”,
Abdulla Qodiriy “Baxtsiz kuyov” Hoji Muin Shukrullo “T o 'y ”, “Mazluma xotin” ,
“ Eski maktab - yangi maktab” kabi sahna asarlarini yaratishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |