25. Behbudiyning publisistik ijodi haqida nimalar bilasiz?
M ahmudxo'ja Behbudiy pubisist sifatida ham mashhur bo'lgan. U ijodi
davomida 300 dan ortiq publisistik maqolalar yozgan. Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi bu
maqolalaming aksariyati o'zbek xalqining yangi yo'nalishdagi milliy tafakkuri
shakilanishida, hayotga, turmushga yangicha qarashlari, talablari tug'iiishida katta
ahamiyatga ega bo'ldi. “Turkiston idorasi”, “Turkistonda maktab jarida”, “Buxoro
14
xonligiga sayohat’V'Buxoroda usuli jadid”,“Yoshlarga murojaat” , “Ehtiyoji millat”
“Ikki emas. to 'rt til kerqk” singari publisistik maqolalari ana shunday qimmatga ega.
26. Behbudiy maqolalarining asosiy g'oyasi nimalardan iborat edi?
Behbudiy maqoialarida tezda xalq ko‘zini ochish, el-yurt kamolotini o'ylash,
madrasalarda ta ’limning zamon taiablaridan orqada qolayotganligini tanqid qilib, bu
sohani xalq turmushini yuksaliirishga xizmat qiladigan darajaga ko'tarish uchun
da’vat; millat ravnaqi; ishlab chiqarish va bevosita jam iyatning iqtisodiy ahvoliga
faol ta ’sir ko'rsatadigan ilmiy bilimlami o'qitishga e ’tibomi kuchaytirish hamda ayni
vaqtda, halollik va pokizalikka undovchi diniy ilmlardan ham voz kechmaslik, dinni
mustahkamlash; turkiy tillardan tashqari, arab va fors tillari qatori rus tilini ham bilish
zaruriyati singari davming muhim muammolari ko'tariladi.
Yoshlami Rusiya, Yevropaning markaziy shaharlariga va Arabistonning mashhur
oily o'quv yurtlariga yuborib o'qitish kerak. deydi Behbudiy. Shundagina Turkiston
qoloqHkdan qutula oladi. Behbudiy fikrlari bugungi kunga hamohangdir.
Mavzu: ABDULLA AVLONIY
27. Abdulla Avloniy 1907-yilda qanday gazeta chiqardi?
Abdulla Avloniy 1907-yildan boshlab, o'zida niatbuot ishlariga rag'bai sezib,
“ Shuhrat “ gazetasini chiqardi. Bu gazetaning 10-soni chiqqach, chor hukumati
m a'm urlari Avloniyning uyi va idorasida tintuv o'tkazib, gazetani chiqarmaslikka
tilxat oldilar. Buning boisi Avloniyning tem iryo'l ishchilari yashirin inqilobiy
qo'nutasi bilan yaqin aloqadaligida edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |