Yillar adabiyotining asosiy yutug‘i nimalardan iborat?


 Abdulla Avloniyning dramaturglik faoliyati haqida nimalar bilasiz?


Download 53.5 Kb.
bet9/9
Sana14.02.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1198259
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
30-50-yillar adabiyoti

28. Abdulla Avloniyning dramaturglik faoliyati haqida nimalar bilasiz?
Abdulla Avloniy 1913-yili teatr to'garagi tashkil etib, unga "Turon” deb nom 
berdi. To'garakda ko'plab ijodkorlarning pyesalarini sahnalashtirdi. O 'zi ham bir 
qator sahna asarlarini yaratdi. “ Advokatlik osonmi?”, “ Pinak”, ’’Ikki sevgi”, 
“Portugaliya inqilobi”,”Biz va Siz” kabi dramalari o'zbek dramaturgiyasining 
shakllanishida munosib o'rin tutadi.
29. Abdulla Avloniy maktablar uchun qanday darsliklar yozdi?
Abdulla Avloniy 
m aktab-maorif ishlariga alohida e ’tibor berdi. 1904-yili 
Mirobodda “usuli savtiya” maktabini ochadi. 1912-1917-yillar mobaynida shu tipdagi 
maktablar uchun “Birinchi muallim”,” Ikkinci muallim”,’’Turkiy Guliston yoxud 
axloq”,’’Maktab gulistoni” singari darsliklarini bir necha marta qayta nashr etadi.
30. Avloniy darsliklarining tuzilishi qanday tartibda bo'lgan?
Avloniyning “Birinchi muallim” 
asari l-sin f o'quvchilariga mo'ljallangan. 
Yozuvchi uni yozishda Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” nomli birinchi o'zbek 
alitbe darsligiga suyangan. Darslik ikki qismdan iborat. Yozuvchi birinchi qismda 
harflar va ularning yozilishi bilan tanishtirsa, ikkinchi qismda yaxshilik bilan
15

yomonlikni farqlashga o'rgatuvchi didaktik hikoyatlar beradi. Keyingi darsliklari 


ham shu tartibda ketgan. Darslikdagi hikoya va she’rlar soni 40 ga yaqin bo'lgan, uni 
xalq og'zaki ijodi, S a’diy, Alisher Navoiy, Poshshaxo'ja, L. Tolstoy, I. Krilov 
asarlaridan olingan she’r va hikoyalar bilan to'ldirib borgan.
31. Avloniyning qaysi sahna asari ko‘p jihatdan Hamzaning "Zaharli hayot” 
pyesasini eslatadi?
Abdulla Avloniyning “ Biz va Siz “ nomli sahna asari k o 'p jihatdan Hamzaning 
“Zaharli hayot” pyesasini eslatadi. Fojia ildizi ham, qahramonlarining hayot yo'li va 
taqdiri ham, hatto ayol qahramonning ismi ham bir xil. Chamasi. asar yozilgan 1923- 
yili Hamzaning bu asari teatr ahli yodidan ko'tarilgan. lekin hayotda ro'y berayotgan 
voqealar Avloniyni bu mavzuga yana bir bor qaytishga majbur etgan.
Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling