Yillar adabiyotining asosiy yutug‘i nimalardan iborat?
60-90-yillar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Download 53.5 Kb.
|
30-50-yillar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. Hozirgi adabiy jarayon haqida nimalar deya olasiz
14. 60-90-yillar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Bu davrda mamlakat hayotida, moddiy va ma’naviy turmushda jiddiy o'zgarishlar va yangiliklar boMdi. Bular stalinizmning qulashi bilan bevosita bog'liqdir. Eng muhimi shuki, bu davrda mamlakat m a'naviy hayotining barcha sohalarida keskin burilish yuz bera boshladi. 1956-yilda istibdod qurbonlari: Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Usmon Nosir, Botu singari yozuvchilar oqlandi. Bu davrda she’riyat, proza, dramaturgiya tez sur’atda rivojlandi. She’riyatning asosiy e ’tibori hayot va kishilar ongidagi o'zgarishlam i tasvirlashga qaratildi. Jahonda 10 tinchlik uchun kurash, xalqlar do'stiigi, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi abadiy mavzular milliy she'riyatim izning asosiy markazida turdi. G ‘.G 'ulom , Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya, A. Muxtor, Shuhrat, Shukrullo, E.Vohidov, A.Oripov, Rauf Parfi. O. Hojiyeva, O.Matjon kabi shoirlar barakali ijod qildilar. Nasrda Oybek, G .G'ulom, A.Qahhor, M. Ismoiliy, Said Ahmad, A.Muxtor. P.Qodirov, Odil Yoqubov, Shuhrat, S. Zunnunova, M. Qoriyev, Mirmuhsin, O '.U m arbekov, O'.Usmonov, O '.H oshim ov, Sh.Xolmirzayev, M urod Muhammad D o'st, T og'ay Murod, Xayriddin Sultonov; dramaturgiyada Komil Yashin, U yg'un, Shayxzoda, Izzat Sulton, Hamid G 'ulom , Turob T o'la, Said Ahmad, Shukrullo, O '. Umarbekov, F.. Vohidov, Sh. Boshbekov, A. Ibrohimov, H. M uhammad kabi ijodkorlar badiiy lihatdan yuksak asarlar yaratib, adabiyotimiz dovrug'ini yuqori pog'onaga ko'tardilar. 15. Hozirgi adabiy jarayon haqida nimalar deya olasiz? Hozirgi adabiy jarayon, ya’ni istiqlol davri o'zbek adabiyoti bir qator o'ziga xos jihatlarga ega bo'lgan alohida badiiy-estetik hodisadir. Bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam nihiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlaming mahsuli bo'lgan adabiyotdir. Adabiyot ijodkom ing ko'ngil ishiga aylandi va aylanmoqda. Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko'nglini, ruhiyatini tasvirlashga e ’tibor qaratmoqda. Natijada, inson asosiy badiiy qadriyatga aylanib bormoqda. Bu davr she’riyatida o'tk ir gap aytish, o'quvchiga aql o'rgatish emas, balki inson ruliining murakkab manzaralarini aks ettirishga e ’tibor kuchaydi. Zamonaviy nasr va dramaturgiya ham bugungi o'zbek adabiyoti mavqeini yuqori pog'onaga ko'tarishda yetakchilik qildi. She’riyatda Abdulla Oripov, R auf Parfi, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Ikrom Otamurod, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Sirojiddin Sayyid, Salim Ashur, Iqbol Mirzo; nasrda Shukur Xolmirzayev, O 'tkir Hoshimov, Omon Muxtor, Tohir Malik, Murod Muhammad D o'st, Xayriddin Sultonov, Xurshid Do'stmuham mad, Nazar Eshonqul, U lug'bek Abdulvahob; dramaturgiyada Odil Yoqubov, Erkin Samandar, Usmon Azimov asarlari yutuqlarga boy bo'ldi. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling