Yillarda amerika qo‘shma shtatlari


Download 1.71 Mb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1423331
1   2   3
Bog'liq
Mavzu AQSH

Franklin Delano Ruzvelt.
F.Ruzvelt AQShning o‘ttiz ikkinchi prezidenti hamda Amerika tarixidagi eng mashhur prezidentlardan biri edi. U 1932 yildan 1944 yilgacha prezidentlikka to‘rt marta saylangan yagona prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko‘ra, prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin. Ruzvelt prezident bo‘lgach, Amerika iqtisodiyotida «yangi yo‘nalish» sifatida shuhrat qozongan keng miqyosli islohotlarni boshladi. Bu yo‘lning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik to‘liq saqlangan holda davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishdan iborat edi. Ruzvelt hamda uni quvvatlovchi siyosiy arboblar dadil qadam tashlay olishdi - mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning davlat dastaklarini qo‘llash ko‘zda tutilar, mehnat huquqini jiddiy qayta ko‘rish, ishsizlikka qarshi kurashga katta mablag‘lar ajratish va ijtimoiy sug‘urta asoslarini yaratish (pensiyalar, kasallik bo‘yicha nafaqalar, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi tizimini takomillashtirish) rejalashtirilgandi.
Ruzvelt amerikalik fermerlarni qutqarishga alohida e’tibor qaratdi. Inqiroz AQSH qishloq xo‘jaligiga ulkan ziyon yetkazdi. An’anaviy bozorlaridan mahrum bo‘lgan, bank kreditlarini yo‘qotgan ko‘plab fermer xo‘jaliklari halokatga uchradi. Jorjiya, Alabama, Oklaxoma, Texas fermerlari o‘z fermalarini tark etib, boshqa shtatlarga ish va yer topish uchun jo‘nab ketishdi.
1933 yil 12 mayda «Fermerlarga yordam haqidagi qonun» qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga bo‘lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor maydonini va chorva sonini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kreditlar berdi.
«Yangi yo‘nalish» AQShdagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirdi. 1935 yili AQSH Kongressi «Vagner qonuni»ni qabul qildi, mazkur qonun bo‘yicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega bo‘lishdi. Bundan buyon ish tashlashda qatnashganligi uchun ta’qib qilish man qilindi. Xuddi shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug‘urtalash haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonunda keksalarni ta’minlash va ishsizlik bo‘yicha kompensatsiya to‘lash, ko‘zi ojizlarga, majruhlarga, yolg‘iz onalarga va yetimlarga yordam berish ko‘zda tutildi.
AQSH kongressi 1933 yilda 3,5 oy ichida 70 ta qonun qabul qildi. Bular orasida ayniqsa «Milliy sanoatni tiklash to‘g‘risida akt», «Qishloq xo‘jaligini tartibga solish to‘g‘risida akt» («Fermerlarga yordam berish to‘g‘risida qonun») muxim qonunlar edi. Ruzvelt hukumati sanoat, savdo va transport kompaniyalarini, banklarni, sug‘urta jamiyatlarini halokatdan qutqarishga urindi va shu maqsadda ssuda (qarz)lar berildi. Hukumat qishloq xo‘jalik mahsuloti narxlarini oshirishni ko‘zda tutdi.
Ruzvelt prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq bo‘lib qoldi. Yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi - 1933 yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganligidir. Ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar meyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirdi. 1935 va 1937 yillarda AQSH bilan SSSR o‘rtasida ikki mamlakatning o‘zaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari tuzildi.
1933 yili AQSH hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan «yaxshi qo‘shnichilik» siyosatini e’lon qildi. F.Ruzvelt Gaitidan Amerika qo‘shinlarini chaqirib oldi. Kuba bilan shartnoma tuzilib, AQShning intervensiya huquqi bekor qilindi. Lotin Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. Siyosatining yangi usullari tufayli AQSH Janubiy Amerikadagi asosiy raqiblar – Angliya va Germaniyani tezda qisib qo‘yishga erishdi.
Ruzvelt 1937 yil 5 oktabr kuni Chikagoda so‘zlagan nutqida agressorlar atrofida «karantin» o‘rnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. Shunday bo‘lsada, AQSH davlat departamenti rahbarlari Myunxen bitimidan mamnun bo‘lib, u «yangi xalqaro tartib» o‘rnatadi, dedilar. Yirik monopolist Nudsen Gitlerni tabriklab telegramma yubordi. Reaksion diplomat Bullit o‘zining bir maktubida Sharqda Germaniya bilan Rossiya tezroq harbiy to‘qnashuvini istayotganligini bildirdi. Myunxen bitimidan keyin Germaniya agressiyasining kengayishi va Yaponiya agressiyasini Xitoyning janubiy tomonlariga qaratilishi AQSH hukmron doiralarini ancha tashvishga solib qo‘ydi.
1936 yil 26 iyul kuni AQSH Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939 yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so‘ng betaraflik haqidagi qonun qayta ko‘rib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan qurol-yarog‘ sotib olish imkonini berdi. AQSH demokratik davlatlar tomonidagi o‘z holatini qat’iy belgiladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling