Yillarda fransiya
Download 0.51 Mb.
|
Lotin amerikasi1918-1939-yilla
Argentina. Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshlandi. Bu hodisa, o’z navbatida, mamlakat eksportining o’sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug’doy eksport qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’ringa ( Kanadadan so’ng ), go’sht mahsulotlari eksporti bo’yicha esa birinchi o’ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi.Xususan,1920–yilda Buyuk Britaniya va Argentina o’rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln.pesoni, AQSH bilan esa 726 mln.pesoni tashkil etdi.
Biroq Braziliyada bo’lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o’sish ham uzoq davom etmadi. 1920 – 1921 – yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talofat yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to’xtab qoldi. Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta’sir ko’rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi.Bu hodisa 1920 – 1921 – yillardagi iqtisodiy inqirozning o’ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal – fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I.Irigoyen hukumati (1916 – 1922) islohotlar yo’li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi. Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi. I.Irigoyen hukumati o’tkazgan islohotlarda izchillik ta’minlanmagan bo’lsa –da,islohotlar ko’lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo’ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashvi – qotni kuchaytirdilar. 1922 – yilda o’tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshq bir vakili M.Alveor (1922 – 1928)g’alaba qozondi.U yangi tuzgan hukumati tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi.1923– yilda Argentina iqtisodiyotida yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Buning sababi mamlakat qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining jahon bozoriga qaramligi edi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi MUSTAQIL ISH Mavzu: 1918-1939 yillarda Lotin Amerikasi Bajardi: Nazarova D. 116-guruh Tekshirdi: Ro’ziyeva G. Toshkent-2008 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling