Yillarda o'zbekiston respublikasi ijtimoiy siyosiy hayot
Download 37.16 Kb.
|
1991-2000 YILLARDA O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY SIYOSIY HAYOT
1991-2000 YILLARDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY SIYOSIY HAYOT Mamlakatimizni 1991-2000 yillar davomida isloh qilish va yangilash borasida qo‘lga kiritilgan natijalarni sarhisob qilar ekanmiz, bugun ushbu bosqich milliy davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustahkam zamin bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirildi. Eng muhimi, aholining ongu tafakkurida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ularning uzoq yillar mobaynida kommunistik va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlarning o‘zi o‘zgardi. Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarni ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir. Muxtasar aytganda, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o‘rin tutgan ushbu davrda tom ma’noda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib va mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan – O‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Ushbu bosqichning muhim dasturiy vazifalari – siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir. O‘tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida obyektiv zarurat bo‘lgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o‘tishga erishish ushbu davrda davlat tizimini isloh etishning asosiy va hal qiluvchi vazifasi bo‘lishi darkor. Bu davrda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi. Bu boradagi asosiy vazifa quyi palata – Qonunchilik palatasini muntazam faoliyat ko‘rsatadigan professional organga aylantirish, yuqori palata – Senatni hududlar manfaatlarini ifoda qiladigan vakillik organi sifatida shakllantirishdan iborat edi. Shu tariqa qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli bo‘lishiga erishish bilan bir qatorda, o‘zaro mutanosiblik va muvozanatni saqlash bo‘yicha samarali tizim yaratilmoqda, umumdavlat va hududlar manfaatlarining o‘zaro muvozanati ta’minlanmoqda, aholining mamlakatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lamini yanada kengaytirish imkoni tug‘ilmoqda. Ikki palatali parlamentimizning huquq va vakolatlarini kengaytirish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi vakolatlarning yanada muvofiqlashuvini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda Prezident vakolatlarining bir qismini yuqori palata – Senatga o‘tkazish, shuningdek, Bosh vazir huquq va vakolatlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning o‘zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining o‘zaro uyg‘un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi. “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi. Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrini ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani hal etish maqsadida parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat maqomini qonuniy tarzda belgilash, siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi. Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi. Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishining qat’iy belgilangan tartib va mexanizmining joriy etilgani davlat qurilishi sohasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy kengashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi. Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha yangi konsepsiya hayotga tatbiq qilindi. Sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi, sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi. Jinoiy jazo tizimini erkinlashtirishga doir chora-tadbirlar ham ulkan sotsial va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarning 75 foizga yaqini ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi. Jinoyat kodeksidagi jinoyat sodir etgan shaxs yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplagan taqdirda, sud tomonidan unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasida jazo tayinlashga yo‘l qo‘ymaydigan normalar ancha kengaytirildi. Mazkur o‘zgarishlar qabul qilinganidan so‘ng sudlarning ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni tayinlashi 2006 yilda 2000 yilga nisbatan qariyb 20 foizga kamaydi. Shuningdek, yarashuv instituti joriy etilgani ham bu borada muhim rol o‘ynamoqda. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 1 yanvardan mamlakatda o‘lim jazosini bekor qilish, shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qonunlari xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy kutib olindi va butun dunyoda katta aks-sado berdi. O‘lim jazosi bundan buyon umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtiriladi va u faqat ikki turdagi jinoyat, ya’ni, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Bunda jazoning mazkur turi xotin-qizlarga, 18 yoshga yetmagan va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanmaydi. O‘zbekistonda yuqorida qayd etilgan jinoiy jazo choralarining joriy etilishi bilan dunyoda jinoiy jazolashning eng insonparvar, huquqiy tizimlaridan biri tashkil etildi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va Polsha kabi davlatlarda 5 turdagi, Belgiya va Rossiya Federatsiyasida 6, Fransiyada 18, Gollandiyada esa 19 turdagi jinoyat uchun tayinlanadi. Download 37.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling