Yillarda O`zbekistonda tug`ilganlar va o`lganlar soni


Download 17.46 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi17.46 Kb.
#1266905
Bog'liq
1940 – 1947 demogirafika

1940 – 1947 yillarda O`zbekistonda tug`ilganlar va o`lganlar soni

(ming kishi hisobiga)

Yillar


Tug`ilganlar soni

O`lganlar soni

1940

1941


1942

1943


1944

1945


1946

1947


224,3

185,8


141,7

70,0


69,0

103,3


147,8

184,9


48,4

103,3


129,8

82,8


72,3

52,3


40,9

42,6


O’lim 1941-1945 yillarda 2-3 barobarga ko’paydi, ba’zi yillar tug’ilganlar sonidan ham oshib ketdi. Uning asosiy sabablaridan biri urush bo’lsa, ikkinchisi, ana shu urush tufayli yuzaga kelgan ocharchilik, aholi iqtisodiy ahvolining yomonlashuvidir. Urush davrida barcha ittifoqdosh respublikalar qatori O’zbesistonda ham sanoatning deyarli hamma tarmoqlarida asosiy e’tibor qurol-yaroq, jangchilar uchun kiyim-kechak, oziq- ovqat ishlab chiqarishga qaratildi. Don, kartoshka, sabzavot, meva, paxta, tuxum, go’sht kabi qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish keskin kamayib ketdi. Bundan tashqari, aholiga tibbiy yordam, maishiy xizmat ko’rsatish ham anchagina qisqardi. Masalan, 1945-yil O’zbekistonda ayollar va bolalar poliklinikasi 13 taga kamaydi. Aholi moddiy va maishiy hayotidagi bu salbiy o’zgarishlar aholining tabiiy o’sishining kamayishiga olib keldi. Bu esa o’z o’rnida aholi soni o’sishining qisqarishiga sabab bo’ldi. 1940-yili O’zbekiston aholisi 6,551 mingni tashkil qilgan bo’lsa, 1945-yili 1,354 mingga kamaydi, ya’ni 5,197 mingni tashkil qildi.

O`zbekistonda aholi sonining 1865 – 1994 yillar davomida o`sib borishi

Yillar

Aholining soni (ming kishi hisobida)


Yillar


Aholining soni (ming kishi hisobida)

1865


1897

1913


1926

1939


1940

1945


1950

1959


3320

3730


4366

4660


6440

66645


5197

6264


8261

1970


1979

1989


1990

1991


1992

1993


1994

1995


11790

15391


19995

20322


20708

21207


21703

22097


22562

Shuni aytish kerakki, urush yillarida aholining umumiy sonida migratsiyaning ahamiyati ham kattadir. Ma’lumki, 1941-yilning ikkinchi yarmidan boshlab O’zbekistonga sobiq ittifoqning Yevropa qismidan yuzlab og’ir, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, o’nlab ilmiy-tekshirish tashkilotlari ko’chirib kelindi.

Minglab aholi, ayniqsa ayollar va bolalar evakuatsiya qilindi. Faqat 1941 – 1942 yillarning o`zidayoq, evakuatsiya qilingan aholining umumiy soni 786,9 ming kishiga ko`paydi. O`zbekistonda minglab ayollar va bolalarning ko`chib kelishi aholining yosh, milliy tarkibiga ta`sir qildi va ma`lum darajada respublikada tug`ilish ko`rsatkichining kamayishiga sabab bo`ldi.

Uchinchi davr. Ikkinchi jahon urushidan keyin barcha ittifoqdosh xalqlar qatori, o`zbek xalqi ham bor kuchini xalq xo`jaligini tiklashga va rivojlantirishga qaratdi. Xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish borasida O`zbekistonda qator yutuqlar qo`lga kiritildi. 1940 – 1960 yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4 barobar, paxta yetishtirish va qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarish esa 2 barobar oshdi.

O`lka xalq xo`jaligining rivojlanishidagi yutuqlar aholining moddiy va ma`naviy hayot darajasining ko`tarilishiga olib keldi. Bu borada respublikada xalq salomatligi yo`lida qilingan ishlar e`tiborga loyiqdir. 1950 yilda O`zbekistonda shifoxonalar soni 1940 yilga nisbatan 2 barobar, turli mutaxassisliklar bo`yicha shifokorlar soni esa 2,1 marta oshdi. 1940 yilda respublika bo`yicha jami 276 ta ayollar konsultatsiyasi va bolalar poliklinikasi mavjud edi. 1945 yili ularning soni 263 taga kamaydi. Urushdan keyingi davrda esa o`lkada ayollar va bolalar uchun qator yangi shifoxonalar qurildi va ularning soni 1950 yilda 389 taga yetgan. Shuningdek, homiladorlar ayollar uchun maxsus shifoxonalarda, tug`ruqxonalarda o`rinlar, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, sanatoriya va dam olish uylarining soni ham ko`paydi.

Erishilgan yutuqlar - bir tomondan, ikkinchi tomondan esa – urush tugab, minglab erkaklarning o`z oilalariga qaytishi munosabati bilan barcha ittifoqdosh xalqlar qatori o`zbek xalqi hayotida ham yangi demografik o`zgarishlar davri boshlandi. Ushbu davrdagi demografik o`zgarishlardan eng muhimi oilalarning tiklanishi, minglab yangi oilalarning paydo bo`lishi munosabati bilan tug`ilishning keskin ko`tarilishidir. O`zbekistonda 1945 – 1950 yillarda tug`ilgan bolalar soni 70,7 %ga ko`paydi, o`lim 7 %ga kamaydi. O`lkada tug`ilish ko`rsatkichlari 1952 yildayoq o`zining urushdan oldingi darajasiga yetdi. Tug`ilishning bunday tez o`sishi aholining ko`payishiga qulay sharoit yaratdi. Shuning uchun bu davrni aholishunos olimlar “kompensatsiya”, ya`ni “to`ldirish” davri deb atashgan.

Bu davr O`zbekistonda tug`ilish ko`rsatkichlarining eng yuqori davri bo`lib, tug`ilishning umumiy koeffitsenti 35 – 40 %ni tashkil etdi.

Ushbu davrda O`zbekiston aholisi yiliga 3,8 % dan ko`payib, urushdan olgingi miqdorga yetib oldi va ana shu tarzdagi sur`atli o`sish 1970 yillarga qadar davom etdi. Respublikada eng yuqori tug`ilish 1962 – 1968 yillarga to`g`ri kelib, unda har ming kishi hisobiga tug`ilgan bolalar soni 38 – 40 tani tashkil etgan. Chunki urushdan keyingi to`ldirish davrida, ya`ni 1945 – 1950 yillarda tug`ilgan minglab bolalar 1962 – 1968 yillarda kamolga yetib, oila qurgan va farzand ko`ra boshlagan.

1960 yillarda o`lkada har 1000 kishi hisobiga nikohga kirganlar soni 13 – 14 kishiga yetgan. Bu nikohga kirish bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichdir. 1960 – 1970 yillarda tug`ilishning yuqori bo`lganligi oila a`zolarining o`rtacha sonining oshganligida ham kuzatiladi. Masalan, 1939 yili O`zbekistonda har bir oilada o`rtacha 4,3 nafar kishi yashagan bo`lsa, 1959 yili bu ko`rsatkich 4,6, 1970 yili esa 5,3ga yetdi.

1960 – 1970 yillarda o`zbek oilalarida tug`ilishning yuqori bo`lganligi 5 va undan ortiq bolali – katta oilalar sonining ko`payib borishi bilan ham tasdiqlanadi. 1970 yili aholi ro`yxati ma`lumotlarining ko`rsatishicha, katta oilalar salmog`i sobiq ittifoq bo`yicha jami oilaning 4,2 foizini tashkil qilgan holda O`zbekistonda bu ko`rsatkich deyarli 25%ga yetgan. Bunday katta oilalarning salmog`i, ayniqsa, O`zbekiston qishloqlarida yuqori bo`lib, jami oilalarning 33%ini tashkil etgan.

1970 – 1990 yillar O`zbekistonda tug`ilish borasida alohida davr hisoblanadi. Chunki bu yillar mobaynida Respublikada tug`ilish darajasi anchagina kamaydi. Natijada Respublikada aholining tabiiy o`sish sur`ati ham sekinlashdi. Agar 1950 – 1970 yillarda respublika aholisi har yili o`rtacha 3,5 foizdan ko`paygan bo`lsa, 1970 – 1980 yillarda bu ko`rsatkich 2,9 foizni, 1980 – 1990 yillarda esa 2,6 foizni tashkil qildi. Buning asosiy sababi, yuqorida aytilganidek, O`zbekistonda aholi tug`ilish darajasining bir oz pasayganligidir.

O`zbekiston aholisining tug`ilishi, o`lishi va tabiiy ko`payishi

(har 1000 kishi hisobiga)

Yillar


Tug`ilish

O`lish


Tabiiy ko`payish

1920


1926

1930


1935

1940


1945

1950


1955

1960


1965

1970


1975

1980


1985

1990


1991

1992


1993

1994


44,8

41,5


38,7

36,6


33,6

18,1


30,9

34,3


39,8

34,7


33,6

44,2


33,8

37,2


33,7

34,5


33,1

31,5


29,4

33,8


22,6

17,1


15,8

13,2


9,3

8,8


9,2

6,0


5,9

5,5


7,2

7,4


7,2

6,1


6,2

6,5


6,6

6,6


11,0

18,9


21,6

20,8


20,4

8,8


22,1

26,1


33,8

28,8


28,1

27,0


26,4

30,0


27,6

28,3


26,2

24,9


22,8

Masalan, 1970 yili har 1000 ta farzand ko`rish yoshidagi ayolga nisbatan tug`ilgan bolalar soni 160 ta, 1980 yil – 149,6 ta va 1990 yil – 144,8 ta edi. Ayollarning 30 – 35 yoshdan keyin tug`ish hollari keskin kamaydi.

Tug`ilish darajasining kamayotganligi oilada beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va undan keyingi tug`ilgan bolalar salmog`ining qisqarib borishida ham kuzatiladi. Ular 1970 yili katta ko`rsatkichni, jami tug`ilgan bolalarning 43,1 foizini tashkil qilgan bo`lsa, 1990 yil 14,3 foizga tushib qoldi, ya`ni keskin qisqardi. Ushbu holatni olti, yetti va undan ortiq bolalar uchun davlat nafaqasini olayotgan onalar sonining kamayib borayotganligidan ham kuzatish mumkin. 1970 – 1990 yillar mobaynida respublikamizda olti bola uchun nafaqa olgan ayollar soni 135 mingdan 106 mingga, yetti va undan ortiq bola uchun davlat nafaqasini oluvchi ayollar soni esa 187 mingdan 157 mingga tushdi.

Tug`ilishning yosh guruhlari bo`yicha o`zgarishi

(har 1000 ta shu yosh guruhidagi ayolga nisbatan tug`ilganlarning o`rtacha soni)

1970 y


1980 y

1990 y


15 – 49 yoshdagi

ayollar, jumladan:

15 – 49

20 – 24


25 – 29

30 – 34


35 – 39

40 – 44


45 - 49

160,6

45,1

173,6


282,8

246,1


197,2

93,1


23,1

149,6

32,3

273,6


272,5

194,6


122,4

54,3


11,3

144,8

44,1

297,1


238,7

149,0


65,2

21,2


2,5

Respublikadagi oilalarda tug`ilish jarayonida bo`layotgan o`zgarishlarni batafsil o`rganish uchun Toshkent Davlat universiteti Aholishunoslik ilmiy – tadqiqot laboratoriyasi hodimlari tomonidan 1968, 1978, 1988, 1991 va 1996 yillarda joylarda maxsus demografik tadqiqotlar o`tkazildi. Tadqiqot natijalaridan o`zbek oilasida tug`ilangan bolalar soni katta avloddan yosh avlodga o`tib borgan sari kamayib borayotganligi ma`lum bo`ldi. Masalan, 1900 – 1910 yillarda tug`ilgan o`zbek ayollari o`zining farzand ko`rish davrida o`rtacha 9 – 10 tadan farzand ko`rishgan bo`lsa, 1911 – 1939 yillarda tug`ilgan ayollar esa 6 – 7 tadan farzand ko`rishgan. Shuningdek, 1935 – 1939 yillarda tug`ilgan qishloqda yashovchi ayollarning 38,2 foizi 7 – 10 va undan ortiq farzand ko`rgan bo`lsa, 1940 – 1944 yilda tug`ilgan ayollarda bu ko`rsatkich 28,6 foizni tashkil qilgan, qolgan 32,2 foizni 5 – 6 tadan va 39,2 foizi esa 5 taga farzand ko`rishgan.

Yuqorida bir qancha uslublar bilan tadqiqot natijalari qiyoslab chiqildi. Hamma holda ham o`lkamizda tug`ilish darajasi 1970 – 1990 yillar mobaynida bir muncha kaamyganligi kuzatiladi. Demak, jamiyat taraqqiy etishi bilan tug`ilishning kamayishi tarixiy jarayon bo`lib, O`zbekiston ham bundan mustasno emas ekan. Lekin tug`ilishning bunday kamayib borishi nisbiy tushunchadir. Mutaxassislarning hisoblashiga qaraganda, aholining me`yorida ko`payishi (har bir davlat o`z aholisini ma`lum miqdorda saqlab turishi) uchun har bir oilada 2 – 3 tadan farzand bo`lishi kerak ekan.Agar shu ko`rsatkich qaysi bir xalqda 2 tadan kamaysa, demak, shu xalq kelajakda o`zining hozirgi mavjud miqdoridan kamayib ketadi, agar ushbu ko`rsatkich 4,0 dan oshsa, demak, shu xalq soni juda tez o`sib boradi. O`zbekiston uchun bu ko`rsatkich hozir 4,1ga teng. Bu degani, respublikamizda tug’ilish darajasi hali yuqori. Bu holni yana ham mukammal tasavvur etish uchun O’zbekistonni dunyo davlatlari bilan taqqoslash lozimdir. Agar dunyodagi davlatlarda oilalarni va ulardagi farzandlar tug’ilishining bugungi holatiga qarab sharhlamoqchi bo’lsak, shartli ravishda uch guruhga ajratmog'imiz lozim bo'ladi.

Birinchi guruh – tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan davlatlar: Afrika davlatlari (deyarli hammasi), Osiyo va Janubiy Amerikadagi qator davlatlar, Avstraliya va Okeaniya hamda O’rta Osiyo davlatlari kiradi. Bu davlatlardagi oilalarda farzandlarning o’rtacha soni to’rttadan to sakkiztagacha, ba’zi hollarda esa undan yuqori bo’ladi. Ushbu davlatlardagi oilalarda tug’ilish darajasining bunday yuqori bo’lishiga olib keluvchi qator omillarning asosiylari quyidagilardir: yuqorida zikr etilgan davlatlar asosan iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlar bo’lib, aholisining, ayollarning ma’lumotlilik darajasi nisbatan past; ko’pbolalikni qo’lab – quvvatlovchi an’analar ko’proq saqlanib qolgan; ayollar ijtimoiy ishlab chiqarishda kam ishtirok etadi; shahar turmush tarzining shakillanishi sust; tug’ilishni cheklash haqidagi tushunchalarni va unga kerakli tabiiy vositalar keng tarqalmagandir.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, tug’ilish darajasining yuqoriligi ba’zi bir demografik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, aholi soni juda tez ko’payib boradi, ko’plab yangi oilalar vujudga keladi, aholi tarkibida bolalar salmog’i yuqori bo’ladi va hokazo. Bu demografik oqibatlar esa o’z o’rnida qator ijtimoiy – iqtisodiy muammolarga sabab bo’ladi.

Yuqorida qayd etilgan davlatlar aholisi keyingi 13 – 14 yil davomida yiliga o’rtacha 2,7 – 3,2 foizdan ko’payib keldi va dunyo aholisidagi salmog’i 23 foizdan oshdi.

Ikkinchi guruh – oilalarda tug’ilish darajasi o’rtacha bo’lgan davlatlar guruhidir. Ushbu guruhga dunyo bo’yicha jami 44 davlat kiradi. Ulardan 25 tasi Yevro – osiyoda, 2 tasi Afrikada, 16 tasi Amerikada va 1tasi Avstraliya va Okeaniyada. Ularning aholisi yer shari aholisining qariyib 40 foizini tashkil etadi. Ushbu davlatlardagi oilalarda o’rtacha ikkitadan, to’rttagacha farzandlar bor. Bu guruhga kirgan davlatlar aholisi har yili 1,9 foizdan ko’payib bormoqda. Mazkur davlatlarda oilaning bunday shakillanishi ularning tarixan tarkib topib kelgan ijtimoiy – iqtisodiy omillari bilan bog’liqdir.

Tug’ilish darajasi o’rtacha bo’lgan joylarda aholi o’zining mavjud sonini saqlab boradi. Ularda aholining keskin ko’payib ketish yoki kamayib ketish hollari kutilmaydi. Aholi taraqqiyotini boshqarish, iqtisodiyotni rejalashtirish borasidagi muammolarni hal etish bir muncha yengil kechadi.

Uchinchi guruh esa – tug’ilish darajasi kam bo’lgan davlatlardir. Jami 32 tadir. Shundan 24 tasi Yevro – osiyoda, 5 tasi Amerikada va 3 tasi sobiq ittifoqda joylashgani holda iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgandir. Ushbu guruhga mansub davlatlar dunyo aholisining 36,0 foizini yoki uchdan bir qismini tashkil etadi. Ularda aholi yiliga o’rtacha 0,9 foizdan ko’payib bormoqda. Oilalarning aksariyat qismida bittadan va ikkitadan bola bor, xolos. So’nggi guruh davlatlarida istiqomat etuvchi oilalarda tug’ilishning bunday kamayib ketishi birinchi navbatda kapitalistik munosabatlar keng tarqalishi bilan bog’liqdir. Eslatib o’tganimizdek, kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida sanoat rivojlanib, shaharlar soni o’sishi va shahar turmush tarzining keng tarqalishi uchinchi guruhga mansub davlatlarda tug’ilishning qisqarishiga olib keladi. Ayniqsa aholisining asosiy qismi shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug’ilish juda kamayib ketdi. Masalan, Angliyada 1850 – yillarda aholining 50 foizi shaharlarda yashagan va shu davrda har ming kishi hisobiga tug’ilgan bolalar soni o’rtacha 32 - 33 tani tashkil qilgan bo’lsa, hozirgi davrda aholining 80 foizi shaharlarda yashaydi va har ming kishiga nisbatan tug’ilgan bolalar soni 13 – 14 ni tashkil qilmoqda yoki Germaniyani olib qaraylik. Bu mamlakatda aholining 90 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyodagi tug’ilish eng kam davlat bo’lib, har ming kishiga nisbatan tug’ilgan bolalar 9 – 10 ni tashkil etadi. Ushbu guruh davlatlarida hozirgi davrda tug’ilish darajasining kamayib ketishiga olib kelgan novbatdagi omil ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, yollanma ishlarda nisbatan ko’proq qatnashishdir. Masalan, Kanadada ayollar 1931 – yili ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashgan aholining 17 foizini 1980 – 1990 yillarda esa 40 foizini tashkil etgan.

Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tug’ilishning kamayishiga olib kelgan omillardan yana biri – oilalarning buzilishi, ya’ni nikohdan chiqish hollarining nihoyatda ko’pligidir. Hozirgi davrda AQSH da har yili qayd etilgan nikohlarning 50 foizi yoki yarimi buzilayotganligi ma’lum. Boshqacha qilib aytganda oila qurayotgan yoshlarning deyarli yarimi ajralib ketmoqda. Tabiiy holki, nikohning qisqa davom etishi oilada bola sonining o’z – o’zidan kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar qatori, Shimoliy Amerikada ham fan – texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga kirib borishi natijasida aholining tarkibida ishsizlar miqdori tobora ko’payib bormoqda. Ishsiz, boshpanasiz aholining ertangi kunga ishonchi, oila qurish va farzand tarbiya qilishiga iqtisodiy imkoniyati bo’lmaydi. Ana shunday holatlar ham tug’ilishning kamayib ketishiga olib keladi. Umuman olganda, kapitalistik munosabatlarning keng tarqalishi va rivojlanishi oilaning farzandlarga bo’lgan ham iqtisodiy, ham ma’naviy ehtiyojini nihoyatda pasaytirib yubordi. Fikrimizning dalili sifatida eng taraqqiy etgan kapitalistik davlatlardan biri AQSH oilalaridagi tug’ilish ko’rsatkichlariga murojaat etaylik.Agar 1950 – yilda har bir Amerika oilalarida o’rtacha 3 – 4 dan bola tug’ilgan bo’lsa, 1970 – yili bu ko’rsatkich 2 – 3 ga, bunga kelib esa 1 – 2 gacha kamaydi. AQSH da farzandsiz oilalar salmog’i ko’payib bormoqda. Bu davlatlarda o’tkazilgan satsiologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’pchilik oilalarda faqat bittadan farzand bo’lib, ularning 44 foizi kutilmagan, 15 foizi esa xohlanmagan farzandlar ekan. Mutaxassislar ushbu ahvolni “ Amerika oilasida inqiroz ” deb atashmoqda. Bu inqiroz Amerika Qo’shma Shtatlari kelajagi uchun muammosi, yo’qmi? Uni ushbu davlat aholisining taraqqiyot tarixidan kelib chiqib aniqlamoq lozim.

Shunday qilib, biz yuqorida jahon mamlakatlari oilalarida tug’ilish jarayonidagi o’zgarishlar bilan tanishib chiqdik. Ma’lum bo’ldiki, hozirgi paytda yer shari xalqlari oilalarida farzandlarning tug’ilish jarayoni bir xil emas ekan. Bir guruh mamlakatlar oilalarida tug’ilish juda kamayib ketgan bo’lsa, ikkinchi bir guruhda esa, aksincha, juda yuqoridir. Boshqa bir guruh davlatlar mavjudki, ularda tug’ilish o’rtachadir. Bu hol, yuqorida aytganimizdek, turli ijtimoiy – iqtisodiy omillar bilan bog’liq.

O’zbekiston davlati Markaziy Osiyo davlatlari qatori o’zining hozirgi taraqqiyot bosqichidagi aholi ko’payishi oilada tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan davlatlar guruhiga kirishi ta’kidlanadi. O’zbekistonda tug’ilishning yuqori darajada saqlanib qolganligi qator omillarbilan bog’liq va ular yuqorida sanab o’tildi.O’sha omillardan bir nechtasi hozirgi davrda ham o’zbek oilalaridagi tug’ilish jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Ana shunday omillar haqida quyida batafsilroq to’xtab o’tmoqchimiz. Masalan, qishloq turmush tarzi.

Ma’lumki, qishloq turmush tarzining o’ziga xos xislatlari mavjuddir. Avvalo, qishloqda yashayotgan har bir oila ozmi – ko’pmi o’z tomorqasiga, chorvasiga ega. Ana shu tomorqa, chorva oilani ro’zg’or uchun zarur bo’lgan sabzavot, meva – cheva va sut – go’sht mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Demak, aksariyat qishloq oilalarida yuqorida aytilgan oziq – ovqat mahsulotlari o’zida yetishtiriladi, bozorda xarid qilinmaydi. Oziq – ovqat mahsulotlarini yetishtirishda esa farzandlar 7 – 8 yoshdan boshlab ota – onalariga yordam berishadi. Ya’ni ular tomorqalarida ishlashadi, chorvani boqib kelishadi va hokazo. Demak, qishloq oilalarida bolalar ma’lum darajada moddiy boylik yaratadi. Bundan oila iqtisodiy manfaatdor. Shuning uchun ham qishloq oilalarida bolalar sonining ko’payishi oila uchun, shahar sharoitidek keskin iqtisodiy tanglikni keltirmaydi.

Shaharlarda esa o’zgacharoq turmush tarzi hukumrondir. Ma’lumki, asosiy sanoat korxonalari ma’muriy, fan – madaniyat muassasalari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, savdo markazlari asosan shaharlarda joylashgandir. Bir tomondan yuqorida sanab o’tilgan juda ko’p madaniy – maishiy, ilmiy va sanoat muassasalari sonining shaharlarda ko’payib borishi, ikkinchi tomondan aholining ishlash, bilim olish, hunar o’rganish uchun qishloqdan shaharga kelishi, shaharda aholining nihoyatda zich joylashishiga olib keladi. Natijada, shaharlarda uy – joy, oziq – ovqat tanqisligi muammolarini yuzaga keltiradi.


Shaharlarda esa o’zgacharoq turmush tarzi hukumrondir. Ma’lumki, asosiy sanoat korxonalari ma’muriy, fan – madaniyat muassasalari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, savdo markazlari asosan shaharlarda joylashgandir. Bir tomondan yuqorida sanab o’tilgan juda ko’p madaniy – maishiy, ilmiy va sanoat muassasalari sonining shaharlarda ko’payib borishi, ikkinchi tomondan aholining ishlash, bilim olish, hunar o’rganish uchun qishloqdan shaharga kelishi, shaharda aholining nihoyatda zich joylashishiga olib keladi. Natijada, shaharlarda uy – joy, oziq – ovqat tanqisligi muammolarini yuzaga keltiradi.

Chunki shahar oilalarida minglab oziq – ovqat mahsulotlari bozordan, faqat oila boshliqlarining maoshi hisobiga xari etilardi. Farzandlarning mehnat yoshiga, ya’ni 16 yoshga to’lgach, ishlab maosh olib oilaga qisman yordam moddiy yordam berish mumkin. Ba’zilari esa 18 – 22 yoshdan boshlab biror bir hunar o’rganib, ma’lumot olgach, moddiy boylik yarata boshlaydi. Bu yoshda farzand balog’at yoshiga yetib, o’zi oila qurishi kerak bo’ladi. Farzandlarni turmushga berish, uylantirish, ularni oilali qilish uchun o’zbek oilalarida juda ko’p sarf – xarajat bo’lishi shart emas. Oilada farzandlar soni qancha ko’p bo’lsa, uning sarf – xarajatlari shuncha ko’p bo’ladi.

Ko’rinib turibdiki, aksariyat shahar oilalarida farzandlar sonining oshib borishi ota – ona uchun qishloq oilalariga nisbatan bir muncha ko’p iqtisodiy muammolarini keltirib chiqarar ekan. Tabiiyki, ushbu muammolar asta – sekin shahar oilalarida farzandlar tug’ilishining qisqarishiga olib kelmoqda va bu qisqarish qishloq oilalariga qaraganda yuqoriroq. Masalan, ming kishi hisobiga qishloqda 38 ta chaqaloq shaharda 26 ta chaqaloq tug’ilmoqda.

O’zbekistonda tug’ilishning nisbatan yuqori darajada saqlanishiga olib kelayotgan omillardan yana biri ayollar band bo’lgan ijtimoiy mehnatning xususiyatidir.

Maxsus demografik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan o’zbek ayollari oilada, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashmay, faqat uy – ro’zg’or ishlari, bola tarbiyasi bilan band bo’lgan ayollarga nisbatan kamroq farzand ko’rishgan. Buning o’z sabablari bor. Birinchidan, zavod – fabrikalarida, jamoat tashkilotlarida va turli davlat korxonalarida mehnat qilayotgan ayolning ko’p vaqti ijtimoiy ishlab chiqarishga ketadi. Uy – ro’zg’or ishlari, bola tarbiyasi bilan shug’ullanish ayoldan qo’shimcha vaqt, qo’shimcha harakat, kuch – quvvat talab etadi. Ayol ko’p hollarda dam olish salomatligini tiklash uchun sarf qilinishi kerak bo’lgan vaqt hisobiga oila yumushlarini bajaradi, farzandlarini tarbiyalash bilan shug’ullanadi. Shu tufayli, ijtimoiy mehnatni ko’proq vaqt, malaka talab etadigan sohada band bo’lgan ayollar oilada farzandlar sonini rejalashtiradilar.

O’zbekistonda xotin – qizlarning katta qismi qishloq – xo’jalik ishlarida band, biroq ularning aksariyati paxta chopig’i va terimi pillachilikda ishlab ma’lum bir mavsumdagina ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashadi. Bu hol qishloq ayollari uchun ko’proq uyda bo’lishga imkon yaratadi va tabiiyki, tug’ilishga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Tug’ilishga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan biri ko’p bolalikni qo’llab – quvvatlovchi an’analarning xalqimiz orasida ko’proq saqlanib qolganligida. Bularga yosh oilani ota – onalari bilan, ya’ni katta avlod bilan birga yashashi, opa – singil, aka – uka va qarindoshlar orasidagi hamjihatlik, oilada o’g’il bolalarning ko’proq tug’ilishiga intilish va ko’p bolali ayollarni jamiyat orasida alohida qadrlanishi kabi an’analardir.

Yosh oilalarning ota – onalari bilan yashashi demografiya tili bilan katta oila deyiladi. Katta oilada ota – onalar yosh oilaga har tomonlama tayanch bo’ladilar. Ota – onalar (katta avlod) yosh oilalarni (yosh avlodni), xalq iborasi bilan aytganda o’zini tutib olishda ham ma’naviy, ham moddiy yordam beradilar. Ayniqsa, ota – onalarning yosh oilaga bola tarbiyasiga bergan yordami bebahodir. Shuni ham aytish kerakki, yosh oilaga bola tarbiyasida (bolani o’ynatish, ovqatlantirish, bog’chaga olib borish, olib kelish va h.k.) va xo’jalik ishlarida ukalari, opa – singillari ham yordam berishadi. Ana shunday katta oilalar respublikamiz qishloqlarida ayniqsa, ko’plab uchraydi. Undan tashqari, o’zbek oilalarida qarindoshlik munosabatlari ham nisbatan mustahkamroq saqlanib kelmoqda. Bu munosabatlar ayniqsa, to’y – marosimlari o’tkazishda qarindoshlar bir – biriga to’yonalar atab iqtisodiy yordam ko’rsatishda namoyon bo’ladi. O’zbek oilalarining bunday hamjihatligi ham o’z o’rnida tug’ilishga ijobiy ta’sir etmoqda. Ma’lumki, qadimdan o’zbek oilalarida ota – onalar o’g’illari bilan birga yashashi an’ana hisoblanadi (bu yerda ushbu an’ana tarixiga to’xtab o’tirmaymiz, uning ko’p sabablari bo’lgan). Xalq orasida “Qiz bola birovning xasmi, turmushga chiqib ketadi, oilaga o’g’il kerak”, degan fikr hozirgi kunda ham o’z kuchini yo’qotgani yo’q. Shuning uchun ko’p o’zbek oilalarida o’g’il bolalar soni hech bo’lmasa 2 – 3 ta bo’lmaguncha tug’lish cheklanmaydi.

Ko’p bolali oilalar, yuqorida aytib o’tganimizdek, ko’p bolali onalar ham jamiyat tomonidan, ham davlat tomonidan qadrlanadilar.

Yuqorida qayd etilgan omillar bilan bir qatorda, O’zbekistonning qulay demografik vaziyati ham tug’ilishga ijobiy ta’sir etadi. Demografik vaziyatning qulayligi esa respublika aholisi tarkibida ayollar va erkaklar salmog’ining tengligi, nikohga kirish darajasining yuqoriligi hamda nikohdan chiqish yoki alralish hollarining kamligi bilan izohlanadi. O’zbekistonning qulay demografik vaziyati boshqa davlatlar bilan taqqoslanganda ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Masalan, sobiq ittifoq tarkibiga kirgan ba’zi davlatlar aholisining jinsiy tarkibiga nazar tashlaylik.

Tug’ilish darajasi past bo’lgan Boltiqbo’yi, Rossiya, Ukraina kabi respublikalarda ayollarning soni erkaklarga nisbatan ancha ortiq. 1989 – yilgi aholi ro’yhati bo’yicha sobiq ittifoq aholisining 47,3 foizi erkaklar, 52,7 foizi ayollar ekanligi ma’lum bo’ladi. Jumladan, Boltiqbo’yi respublikalarida esa ayollar 53 foiz, erkaklar 47 foiz, Rossiyada – ayollar 53,1 foiz, erkaklar 46,9 foiz, Ukrainada – ayollar 53,7 foiz, erkaklar 46,3 foizni tashkil qilgan. Sobiq ittifoqning Yevropa qismida joylashgan bu respublikalarda ayollar sonining yuqoriligiga birinchi novbatda Ikkinchi jahon urushining ta’siri katta bo’ldi. Malumki, Ikkinchi Jahon urushi yillarida sovet ittifoqi 20 million aholidan ajraldi. Tabiiyki, nobud bo’lganlarning asosiy qismini erkaklar tashkil etgan.

Ikkinchi Jahon urushining aholi jinsiy tarkibiga ta’siri O’zbekistonda ham kuzatiladi. Masalan, 1939 – yilgi aholi ro’yxati o’tkazilgan vaqtda O’zbekiston aholisining 50 foizi erkaklardan iborat edi. 1959 – yilgi aholi ro’yxatida esa bu ko’rsatkich 48 foizga tushib qoldi.



Biroq O’zbekistonda tug’ilishning yuqoriligi aholining jinsiy tarkibida hosil bo’lgan sun’iy nomutanosiblikni tezroq yo’qotishga va jinslar orasida tabiiy muvozanat shakillanishiga olib keldi. Fikrimiz quruq da’vo bo’lmasligi uchun manbaalarga murojaat etamiz. 1989 – yilgi aholi ro’yhati ma’lumotlariga qaraganda, O’zbekistonda aholining 49 foizi erkaklar va 51 foizini ayollar tashkil qilgan. O’zbekistonda nikohdan o’tish, oila qurish hollarining yuqorilagi ham oilalar sonining ko’payishiga , oilalarning ko’payishiesa o’z navbatida tug’ilishning o’sishiga sabab bo’lmoqda. Respublikamizda nikohdan ajralishning nisbatan kamligi ham tug’ilishga ijobiy ta’sir etmoqda. Masalan, 1990 – yilida sobiq ittifoqda nikohdan chiqqan aholilar soni ( har ming aholiga nisbatan ) 3,4 ta bo’lsa, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 1,5 ni tashkil qildi. Boshqacha aytganda, respublikamizda nikohdan chiqish – ajralish hollari Rossiya, Ukraina, Boltiqbo’yi kabi respublikalardan ikki barobar kamdir. Shunday qilib, O’zbekistonda tug’ilishga ijobiy ta’sir etuvchi omillarning nisbatan mavjudligi O’zbekistonda va uning hamma viloyatlarida aholi sonining uzluksiz ko’payib borishiga olib keldi va natijada oilaning takror barpo bo’lish jarayoniga demografik zamin yaratildi.
Download 17.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling