Yillarda qurolli kuchlar ichki ishlar va davlat xavfsizlik favqulodda vaziyatlar tizimidagi islohotlar reja Kirish
Download 138.23 Kb.
|
2017-2021 YILLARDA QUROLLI KUCHLAR ICHKI ISHLAR VA DAVLAT XAVFSIZLIK FAVQULODDA VAZIYATLAR TIZIMIDAGI
Sabab?..
Yana deyarli xuddi shu mazmundagi soʻzlar yangragan Samarqanddagi maxsus videoselektorda qilgan chiqishidan avval esa, Oʻzbekiston prezidenti Janubiy-gʻarbiy maxsus harbiy boʻlinmaning "Kattaqoʻrgʻon" poligoniga borgan. U yerda boʻlinmalarning qoʻshma operativ-taktik mashqlarini kuzatgan, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi qoʻllayotgan harbiy texnika va qurol-yarogʻlar bilan tanishgani ham xabar berilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga soʻnggi tashrifi chogʻida nega bu poligonga borgani, buning ortidan barcha masʼul idoralar rahbarlari, hukumat mulozimlari, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari bilan videoselektor yigʻin uyushtirgani sababi maʼlum emas. Ammo bularning barchasi Oʻzbekistonning janubiy qoʻshnisi Afgʻonistonda xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat jiddiy izdan chiqib borayotgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda. Yaqinda Afgʻoniston birinchi vitse-prezidenti, general Abdulrashid Doʻstum ham mamlakatning aksariyat Markaziy Osiyo davlatlariga bevosita chegaradosh shimoliy va shimoliy-sharqiy mintaqalarining xavfsizligi yuzasidan oʻzining jiddiy xavotirlarini izhor etgan. Yaqin Sharqdagi IShID guruhi Markaziy Osiyo davlatlarini koʻzda tutib, bu yerlarga oʻn mingga yaqin jangarisini sizdirish harakatida ekani bilan ogohlantirgan. Shundoqqina biqinlarida toliblar qatorida IShID jangarilarining ham faollashib borayotganiga oid xabarlar esa, oʻtgan uch yil ichida Oʻzbekiston doxil barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya va Xitoyning jiddiy xavotirlariga sabab boʻlib keladi. Soʻnggi yillarda AQSh bilan oʻzaro aloqalariga jiddiy putur yetgan Rossiya esa, allaqachon Afgʻonistonda faollashish "harakatiga tushib qolgan". Rasman rad etib kelayotgan esa-da, Afgʻoniston Tolibon harakati bilan yaqinlashishga urinayotganiga oid xabarlar olinmoqda. Rossiya, bundan tashqari, afgʻon mojarosiga tinchlik yoʻli bilan yechim topish uchun yangi diplomatik vositachi sifatida ham oʻrtaga chiqqan. Mintaqaning barcha yirik oʻyinchi davlatlari ishtirokidagi tinchlik muzokaralariga ham mezbonlik qilib ulgurgan, ammo AQSh ularda ishtirok etishdan bosh tortgandi. Download 138.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling