Yillarga mO’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloҳ qilish strategiyasi tO’grisida


Download 414.13 Kb.
bet36/37
Sana18.06.2023
Hajmi414.13 Kb.
#1595666
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
ХИСОБОТ Банкиши

KO’rsatkichlar

Kuchga kirish sanasi

01.09.2015

2016

2017

2018

2019

Regulyativ kapital, (K1)*

10%

11,5%

12,5%

13,5%

14,5%

I darajali kapital, (K2)*

7,5%

8,5%

9,5%

10,5%

11%

I darajali asosiy kapital

6%

7%

7,5%

8,5%

9,5%

Leveraj koeffitsienti, (K3)

6%

6%

6%

6%

6%

Joriy likvidlik koeffitsienti, (JLK)

30%

30%

30%

30%

30%

Likvidlilikni qoplash mehyori koeffitsienti, (LQMK)


80%

90%

100%

100%

Sof barqaror moliyalashtirish mehyori koeffitsienti, (SBMMK)




100%

100%



* kapitalni konservatsiya qilish buferini ҳisobga olgan ҳolda.


3. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bO’yicha eҳtimoliy yO’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish ҳamda ulardan foydalanish tartibi tO’grisida”gi Nizom Markaziy bank Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-son qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 14 iyulda 2696-son bilan rO’yxatdan O’tkazilgan.


Mazkur nizomda aktivlarni tasniflash toifalarining nomlari jumladan, “yaxshi” kreditlar – “standart” kreditlarga, “standart” kreditlar – “substandart” kreditlarga, “substandart” kreditlar – “qoniqarsiz” kreditlarga O’zgartirilgan.


Banklar soliqlar va boshqa majburiy tO’lovlar tO’langandan sO’ng qolgan foyda ҳisobidan ushbu nizom kuchga kirgan sanadan ehtiboran ajratilib, ҳisobot sanasiga “standart” sifatida tasniflangan kreditlar (aktivlar) qoldigiga 1 % miqdorida zaxiralar tashkil qilinishi joriy qilindi.


Mazkur zaxira bank kapitali tarkibida yaratiladi va bu bankning moliyaviy barqarorligini tahminlashga xizmat qiladi.
 
Nizomda tijorat banklari tomonidan korxonalarning qimmatli qogozlariga qilingan investitsiyalarini tasniflashning aniq omillari kO’rsatilgan. Jumladan,
 

  • oxirgi bir yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya – “qoniqarsiz” sifatida;

  • oxirgi ikki yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya – “shubҳali” sifatida;

  • oxirgi uch yil davomida daromad olinmagan investitsiya–“umidsiz” sifatida tasniflanadi.

 
Yuqorida keltirilgan qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari tomonidan muddati O’tgan, sud jarayonidagi kreditlarni undirish va bank balansiga olingan mol-mulklarni sotish bO’yicha choralarni yanada kuchaytiradi va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatini yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada ҳimoya qilinishi tahminlanadi.


SHu bilan birga PQ-2344-son Qaror doirasida Markaziy bankning “Tijorat banklarining korporativ boshqaruvi tO’grisida”gi Nizomiga tegishli O’zgartirish va qO’shimchalar kiritildi.


Qayd etish lozimki, Bazelg’ qO’mitasi tijorat banklarini nazorat qilishning samarali yO’nalishlarini belgilovchi boshqa mehyorlarni ҳam ishlab chiquvchi xalqaro tashkilot ҳisoblanadi.


Xususan, bank auditini takomillashtirish va uni bank menejmenti ҳamda nazoratidagi rolini oshirish maqsadida xalqaro amaliyotni O’rgangan ҳolda banklar uchun tavsiya aҳamiyatiga ega bO’lgan ҳujjatlarni chop etadi.


Jumladan, Bazelg’ qO’mitasi tomonidan 1998 yildan buyon bank ichki auditi bO’yicha yangi standartlar joriy qilinib, ularni zamon talablariga mos ravishda yangilab kelinmoqda.


Xususan, Bazelg’ qO’mitasining Audit kichik guruҳi tomonidan 1998 yil sentyabrg’ oyida “Ichki nazorat tizimining standartlari”, 2001 yil avgust oyida “Banklarda ichki audit va bank nazorati organining audit bilan aloqalari”, 2011 yil dekabrg’ oyida “Banklarda ichki audit xizmati” Konsulg’tativ ҳujjati chop qilingan.


Audit kichik guruҳi tomonidan 2011 yil dekabrg’ oyida “Banklarda ichki audit xizmati” Konsultativ ҳujjati ҳamda unga Bazelg’ qO’mitasiga ahzo davlatlar Markaziy banklari va yirik banklari tomonidan bildirilgan taklif va muloҳazalar asosida 2012 yil iyung’ oyida “Banklarda ichki audit xizmati” deb nomlangan yakuniy ҳujjatni chop etdi.
 
Mazkur ҳujjat quyidagi uch qismga bO’lingan 20 ta printsipdan tashkil topgan. Birinchi qism “Ichki audit xizmatiga taalluqli nazorat alomatlari”, ikkinchi qism “Bank nazorat organi va ichki audit xizmati O’rtasidagi munosabatlar” ҳamda uchinchi qism “Ichki auditni bank nazorat organi tomonidan baҳolanishi”. Bunday talqin bank muassasalarida kuchli ichki audit xizmatini tashkil etishga xizmat qiladi. SHuningdek, ҳujjat bank ichki auditorlarini milliy va xalqaro professional standartlarga rioya qilish va ularni rivojiga O’z ҳissasini qO’shishni ragbatlantirib, pirovardida chuqur O’ylangan ichki audit standartlarini va tartiblarini ishlab chiqishga yordam beradi.
 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yuqorida keltirilgan mehyoriy ҳujjatlarni qabul qilinishi bilan respublikamiz bank tizimida kapital monandliligi va likvidlilik kO’rsatkichlari ҳisob-kitobi va ularga qO’yilgan eng kam talablar bank nazorati bO’yicha Bazelg’ qO’mitasi talablariga muvofiqlashtirildi.
 
SHuningdek, bank korporativ boshqaruv tizimi ҳam Bazelg’ qO’mitasi talablari asosida takomillashtirilishi O’zbekiston Respublikasi bank tizimida korporativ boshqaruvning samarasining oshishiga xizmat qiladi.
 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 22 noyabrg’ kuni bank tizimini isloҳ qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustaҳkamlash, ҳududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bO’lib O’tdi.
Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qO’llab-quvvatlashda zarur manba ҳisoblanadi. BO’sh mablaglarni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy jarayonlarda muҳim O’rin tutadi.
Bu borada kO’rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyiҳalarini kreditlash kO’lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli ҳajmi 3,2 barobar oshdi. Ҳududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiҳa uchun 27 trillion sO’mlik kredit ajratildi.
Yigilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ҳam borligi qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank soҳasi bO’yicha 24 mingdan ziyod murojaat bO’lgani shundan dalolat beradi.
Videoselektorda muammoli kreditlar masalasi muҳokama qilindi. Bunday kreditlar jami kreditlarning 1,8 foizidan kam bO’lsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd qilindi. Ҳududlar kesimida muammoli kreditlarning 76 foizi Toshkent shaҳriga, 5 foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga tO’gri keladi.
SHuningdek, ҳokimliklar va tarmoqlar tomonidan ayrim loyiҳalar puxta ishlab chiqilmagani oqibatida bir qator obhektlar O’z vaqtida ishga tushmagani va kreditlar qaytishi chO’zilayotgani kO’rsatib O’tildi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpogiston Respublikasida kredit mablaglari ajratilgan ayrim investitsiya loyiҳalari ҳaligacha boshlanmagani tanqid qilindi.
Uy-joy fondini tahmirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish manbalari va imkoniyatlari tO’liq O’rganilmasdan kredit ajratilishi natijasida umidsiz qarzlar kO’paymoqda. Masalan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kO’p qavatli uy-joylar qurilishi bO’yicha katta miqdorda muammoli kreditlar mavjud. Ulardan eng kO’pi – Toshkent shaҳrida 32 milliard sO’m, Qashqadaryo viloyatida 27 milliard sO’m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard sO’m va Buxoro viloyatida 14 milliard sO’mdir.
Davlatimiz raҳbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bO’yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, ҳududlar raҳbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini tahkidladi.
Banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi ҳam yetarli emas. Aҳoli va yuridik shaxslarning bO’sh mablaglarini bank depozitlariga, birinchi navbatda, muddatli va jamgarib boriladigan depozitlarga jalb qilish banklarning moliyaviy barqarorligini mustaҳkamlash imkonini beradi.
Prezidentimiz tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini yanada kO’proq jalb etish va ularni tO’liq O’zlashtirishni faollashtirish lozimligini qayd etdi.
Tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi ҳisobiga oshirilib, xususiy sektor mablaglari deyarli yO’naltirilmagani jiddiy tanqid qilindi.
O’tgan ikki yilda davlat tomonidan banklarning kapitaliga qariyb 1 milliard dollar miqdorida mablaglar ajratilgan. KO’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan davlat ulushiga ega deyarli barcha banklar, jumladan, "Qishloq qurilish bank", "O’zsanoatqurilishbank", "Asaka" bank, "Agrobank", "Mikrokreditbank", "Aloqabank" va "Ipoteka-bank" ustav kapitalida jismoniy va yuridik shaxslarning aktsiyalari ulushi keskin kamaygan. SHuning uchun xususiy sektor mablaglarini banklarning ustav kapitaliga faol jalb etish kerakligi tahkidlandi.
Yigilishda tijorat banklarining kuzatuv kengashlari banklarning strategik rivojlanish yO’nalishlarini belgilash va faoliyatini yaxshilash bO’yicha kutilganidek ishlamayotganiga ehtibor qaratilib, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi davlat tasarrufidagi banklarning kuzatuv kengashlari faoliyatini tanqidiy O’rgangan ҳolda, ular tarkibini tubdan qayta kO’rib chiqishi va samaradorligini oshirishi bO’yicha kO’rsatma berildi. Mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi qO’yildi.
Davlatimiz raҳbari tadbirkorlikni rivojlantirish, aҳolini ish bilan tahminlash maqsadida mikrokreditlar ҳajmini keskin oshirish, ularni ajratish tartibini soddalashtirish zarurligini tahkidladi.

Download 414.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling