O‘rta ta’lim
|
Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
|
В1
|
Tarixfaninio‘rganishningtayanchdarajasidavomettiriladi (XXasrboshlaridanhozirgikungachabo‘lgandavr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.
|
Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
|
В1+
|
Tarix faninio‘rganishning kuchaytirilganumumiy darajasi.
|
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning
asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:
O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi
A1
tarixda yil hisobini biladi; tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |