Yirik masshtabli topografik xaritalar mazmunini o‘rganish va tahlil qilish


Topografik xaritalarda kartografik generalizatsiya jarayonini o‘rganish


Download 97.05 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi97.05 Kb.
#1534665
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 (Восстановлен)

Topografik xaritalarda kartografik generalizatsiya jarayonini o‘rganish

Bizning variantimizda aholi yashash punktlari generalizatsiya jarayoniga qanday uchraganligini ko’rib chiqamiz. 1:50 000 lik topografik kartamizda aholi yashash punktlari shartli belgilari (turar joy binolari) 1:100 000 lik topografik kartamizga nisbatan ancha batafsil yani aholi punktlari ko’proq tasvirlangan. 1:000 000 topografik kartamiz esa aholi punktlari shartli belgilari miqdor jihatdan yirikroq va kamroq tasvirlangan. 1:50 000 1:100 000 Bizning topografik kartamiz asosan qumli cho’l xududida joylashganligi sababli barxanlar bilan tasvirlangan. Bunda barxanlar asosiylari yani baland katta barxanlar olinib generalizatsiya jarayoni tasvirlangan. 50 000 lik topografik kartamizda relyef batafsil tasvirlangan. Balandlik otmetkalari ham 50 000 lik topografik kartamizda balandlik otmetkalari ko’p va batafsil berilgan 100 000 lik topografik kartamizda esa eng balandlari saralab olingan. 1:50 000 1:100 000 Suv obyeklari bizning topografik kartalarimizda o’zgarmasdan tasvirlangan chunki bizning joy qumli cho’l bo’lganligi sababli bunday hududlargan quduqlar, suv omborlari va xar xil suv inshoatlari ko’rsatilishi zarur faqat suv inshoatlari juda ko’p bo’lgan taqdirda ularni qisqartirish yani generalizatsiya jarayonini olib boorish mumkin. 1:50 000 1:100 000 Bizning topografik kartamizda yo’l tarmoqlari qumli cho’l hududi bo’lganligi sababli yo’llar kam bundan kelib chiqadiki masshtab o’zgarishi bunday joylarga kam tasir qiladi lekin albatta generalizatsiya jarayoniga uchiraydi. Bizning 1:50 000 lik topografik kartamizda tuproq yo’llari tasvirlangan generalizatsiyaga uchragan. 1:50 000 1:100 000 O’simliklar ham topografik kartamizda tasvirlangan va generalizatsiyaga uchiragan o’simliklar 1:50 000 lik masshtabimizda keng tasvirlangan lekin 1:100 000 lik masshtabda ancha qisqartirilgan va umumlashtirilgan. 1:50 000 1:100 000

1.3 Aholi punkti misolida yirik masshtabli xaritani tuzish uchun taxririy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va xarita fragmentini tuzish
Xududning o‘ziga xos xususiystlarini geografik jihatdan o’rganish, manba-topografik xarita bo’yicha aholi punktlariga alohida e’tirborni qaratish; tuzatilayotgan xarita masshtabiga mos shartli belgilar va taxririy ko’rsatmalar bilan tanishish; xaritasi tuzilayotgan hudud uchun taxririy plan yozib chiqish, bunda xar bir tasviriy elementni tasvirlash bo’yicha ko’rsatmalar berib o’tish; xarita fragmentini tuzib chiqish.
Birinchi navbatda aholi punktidagi yirik orientirlar tasvirlanadi: baland tutun quvurlariga ega bo’lgan zavod inshootlari, ibodatxonalar, minoralar va h.k. Agar yong’inga bardoshli yirik inshootlar aholi punktlaridan tashqarida yoki ularda joylashgan bo’lsa hamda ular yirik orientir sifatida xizmat qilsa, u holda alohida shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Aholi punktidagi asosiy orientirlar o’rnini siljitishga ruxsat berilmaydi. Ularni joylashtirish geodezik koordinatalar bo’yicha qat'iy tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda, aholi punktidagi yirik orientirlar tasvirlanadi: baland tutun quvurlariga ega bo’lgan zavod inshootlari, ibodatxonalar, minoralar va h.k. Agar yong’inga bardoshli yirik inshootlar aholi punktlaridan tashqarida yoki ularda joylashgan bo’lsa hamda ular yirik orientir sifatida xizmat qilsa, u holda alohida shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Aholi punktidagi asosiy orientirlar o’rnini siljitishga ruxsat berilmaydi. Ularni joylashtirish geodezik koordinatalar bo’yicha qat'iy tartibda amalga oshiriladi. Ikkilamchi darajadagi ko’chalar va tor ko’chalarni tanlashga va tasvirlashga o’tiladi. Bunda asosiy ko’chalarni kengaytirish natijasida yuzaga kelgan kvartallarni siljish qiymati hisobga olinishi kerak. Kvartallarni siljish qiymati umumiy shahar planiga ta'sir ko’rsatmasligi uchun, u atrofda joylashgan boshqa kvartallarga taqsimlab yuboriladi. Kvartallar siljishi aholi punktining umumiy maydonining ortib ketishiga olib kelmasligi kerak. Masalan, bir yo’nalishda joylashgan ayrim ko’chalar va o’tish joylarini tashlab yuborish, boshqa yo’nalishda esa barcha ko’chalarning saqlab qolinishi aholi punktini umumiy 16 planida xatolikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi, ya'ni kvartallar boshqa shaklni va orientirovkani olganligini ko’rish mumkin.
Asosiy va tor ko’chalar tasvirlanganidan keyin, kvartallarning ichki tuzilmasini tasvirlash ishlari bajariladi. Bunda planli imorat qurilgan va qurilish bo’lmagan uchastkalar o’rtasidagi nisbatni saqlanishiga hamda imorat qurilishining nisbiy zichligini tasvirlashga e'tibor berish muhim hisoblanadi. Topografik xaritaning boshqa elementlari tanlangan fragmentda odatdagi tartibda, taxririy ko’rsatmalarga muvofiq tuzib chiqiladi
Aholi punktlari asosan quyidagi tiplarga ajraladi:
Kvartal - o'zaro perpendikulyar ko'chalar bilan ajratilgan to'g'ri choraklarni ifodalaydi. Kvartalning qurilgan qismi ko'chalar bo'ylab o'tadi.
Uchastka - aholi punkti egallagan butun maydonda tartibsiz joylashtirilgan hovlilar guruhi.
Qishloq tipidagi aholi punktlarining erdagi joylashuv xarakteri geografik landshaftga bog'liq. Ular daryo vodiylari bo'ylab, jarliklar bo'ylab, ko'llar va dengizlar qirg'oqlari bo'ylab, chorrahalarda va hokazolarda joylashtirilishi mumkin.


1-rasm.1:100 000 masshtabda aholisi 50 000 (a) va aholisi 50 000 kam (b) bo’lgan aholi punktlari
Qishloq tipidagi aholi punktlarining tizimsiz rivojlanishi alohida binolarning odatiy belgilari bilan namoyon bo'ladi. Ko'p sonli binolar bilan ular tanlanadi, sanoat korxonalari, jamoat binolari (maktablar, kasalxonalar) va eng yirik binolar birinchi bo'lib ko'rsatiladi. Bunday aholi punktini umumlashtirishda ushbu aholi punkti egallagan hududni ajratib ko'rsatish uchun barcha tashqi binolarni, ularning kattaligidan qat'i nazar, saqlab qolish kerak.




  1. b) c)

2-rasm. Tizimsiz binolarga ega qishloq tipidagi aholi punkti tasviriga misol: a - 1:25 000 masshtabdagi xaritada; b - 1:50 000 masshtabdagi xaritada; v - 1:100 000 masshtabdagi xaritada
Topografik xaritalarda, qoida tariqasida, barcha aholi punktlari ko'rsatilishi kerak. Yakka tartibdagi hovlilar ko‘p bo‘lgan aholi zich joylashgan hududlar uchun 1:50 000 va 1: 100 000 masshtabli xaritalar tuzilayotganda ba’zi hovlilar ko‘rsatilmasligi mumkin. Yashashsiz va kam aholi punktlari uchun yaratilgan xaritalarda barcha binolar, shu jumladan noturar joylar ham ko'rsatilgan.
1:25 000 va 1: 50 000 masshtabli xaritalarda yong'inga chidamli konstruktsiyalar (tosh, g'isht, temir-beton) to'q sariq rangli plomba bilan, yong'inga chidamli bo'lmagan (yog'och, taxta va boshqalar) - sariq plomba bilan ko'rsatilgan. 1:100 000 masshtabdagi xaritalarda binolarning yong'inga chidamliligi xarakteri ko'rsatilmagan.

Download 97.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling