Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda gaykalarga ichki rezbalarni kesish maxsus avtomatlarida to‘g‘ri yoki egilgan quyruq qismli metchiklar yordamida bajariladi


Download 13.02 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi13.02 Kb.
#1022803
Bog'liq
Xulosa


Xulosa

Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda gaykalarga ichki rezbalarni kesish maxsus avtomatlarida to‘g‘ri yoki egilgan quyruq qismli metchiklar yordamida bajariladi.


Bunda rezbalarni kesish gaykalarning kanal bo‘ylab metchikga bo‘ylama yo‘nalishda egilgan quyruqda harakatlanishi orqali amalga oshiriladi. Rezba kesish avtomati staninalar va shpindelli uzellar va larga ta‘sir ko‘rsatuvchi yuritma mexanizm lardan tashkil topgan bo‘lib, zagotovkalar uchun bunker bilan jihozlangan. Shpindelli uzellarni ishga tushirish qo‘ltutqich bilan amalga oshiriladi. Har bir shpindelli uzellaridagi metchikga patron bilan birgalikda elektr dvigateldan tishli uzatma orqali aylanma harakat uzatiladi.
Gaykaning zagotovkasi bunkerdan egilgan nov bo‘ylab aylanuvchi metchikka o‘tadi va turtqich tomonidan unga qisiladi. Turtqich chervyakli uzatma tomonidan aylantirilayotgan kulachokdan o‘q bo‘ylama surish harakatini oladi. Ishlov berish jaryonida gaykalar metchik tomonga yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlanadi va egilgan quyruq tomonidan novga tushadi. Ushbu avtomatlarda faqat bir o‘lchamdagi rezbalarni kesish imkoni mavjud xolos.
Download 13.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling