Yodgorliklarini


Download 5.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/80
Sana03.12.2023
Hajmi5.46 Mb.
#1798397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Yodgorliklarini

hasham atni tiklash» zarur deb bilishdi. Sobor shpili tiklandi. Le- 
kin bitm ay qolib ketgan m inoralarning tepalarini qurishga ruxsat 
etilm aganligi uchun qurilm adi. V iolle-le-D yuk «tiklash — bino 
aslida hech qachon boMmagan qismi bilan — bitkazilgan holatiga 
kelt irishdir»2 degan edi. Ta'm irlash jarayonida keyingi q o ‘shim - 
c h a la r olib tashlanar, stilistik yaxlitlikka intilinar edi. Bunday 
t a ’m irlash n in g ikkinchi kam chiligi: d iq q a t-e ’tib o rn i m avjud
1 C .C . П о д ъ я п о л ь с к и й и д р . Р е с т а в р а ц и я п а м я т н и к о в ар х и т е к т у р ы . 
С. 19.
2 0 ‘shaasar. 16-bet.


yodgorlikdan uning ideal (mavhum) qiyofasiga olib o ‘tish bo'lgan. 
Pirovardida tarixiy bo ‘lgan, lekin dastlabki qurilishdan keyingi 
q o ‘shim chalar sokzsiz olib tashlanar edi. Binoni qurgan birinchi 
m e’m o r rejalagan, lekin amalga oshmay qolgan b in o n in g qismi- 
ni ta ’m irlayotgan m e ’m o r tugatib qo‘yishi kerak edi. Shuning 
u ch u n ham , bu usul «stilistik yo ki romantik ta \mirlash»  nom ini 
oldi va u XIX asr o lrtasida keng tarqaldi. Ryoskin ay tg an pessi- 
m istik gaplar am alda haqiqatga aylanar edi. Buning u stiga o ‘sha 
davrda eklektizm ham tarqalardi. Shu bilan birga, xatolam i to ‘laroq 
tushunish uch u n ta ’m irlash hali alohida sohaga ajralm aganligini 
ham nazarda tutish kerak. XIX asr oxirida stilistik ta ’m irlashdan 
norozilik paydo bo‘ldi. Bu ta 'm ir natijasida yodgorlik o‘m ig a tash- 
qi jih a td a n o ‘xshash b o klgan, aslida boshqa bino vujudga kelib 
qolar edi. Zamonaviy m e’mo m i o'tmishdagi uslubiyatga to ‘la yetak- 
lay olish m um kinligi shubha ostiga olindi. Pirovardida shunday 
xulosaga kelindiki, rejalangan holatni emas, balki u n in g amalga 
oshganini ta ’mirlash zarur.
T a ’m irlashning yangi prinsiplarining sh ak llan ish id a Ryos- 
k in nin g izdoshi U ilyam M oris faoliyati katta rol o ky n ad i. Yan- 
gicha qarash italiyalik K am illo Boytoning «Latif san 'a tlarn in g
am aliy m asalalari» asarida o ‘z aksini topdi. K .Bayto fikricha, 
yodgorlikning aslliligi tarixiy hujjatning aslliligi bilan barobardir. 
U Ryoskinga o ‘xshab t a ’m irlashni butunlay inkor e tm a d i. Boy- 
to ta ’m irga q o kyiladigan sh artlarin i qattiq q o ‘ydi. S hartlarning 
m uhim lari: dastlabki va keyingi qismlarni stilistik jih a tid a n farq- 
lash, ularni turli ashyoda qilish, yangi kiritilgan q ism lard a may- 
da detallarni, chunonchi, naqshlam i bermaslik (Valadye T it zafar 
darvozasida shunday qilgan edi), yangi kiritilgan q ism larn i (ki- 
ritm alarn i) maxsus belgi va yozuvlar bilan ajratib q o ‘yish, to - 
pilgan qism larni yodgorlik old id a nam oyish qilish, o ‘tkazilgan 
ta ’m ir t o ‘g‘risida maxsus lavh (taxta) o ‘rnatib q o 'y ish , bayon- 
n o m a tuzish, o ‘tkazilgan tadqiqiy va ta ’m ir ishlarini su ratg a olib 
q o ‘yish, ularni chop etish yoki yodgorliklarning o ‘z id a saqlash, 
qabul qilingan yechim lam i jamoatchilikka keng ovoza qilish. Boy- 
to bularni dogm aga aylantirmay, “sharoitga qarab” qo‘llash zarur- 
ligini uqtirgan.


Boyto ta'm im ing uch xilini ajratadi:
1. Arxeologik ta ’mir (antik yodgorlik uchun, o ‘ta aniqlik talab 
etildi).
2. Erkin ta ’mir {o ‘rta asr yodgorliklari uchun, qismlari m ut- 
laqo saqlanmagan bo ‘lsa ham , bo'lm aganligi begum on bo‘lsa, 
tiklanadi).
3. Arxitekturaviy ta \mir (Uyg'onish va undan keyingi davrlarda- 
gi yodgorliklar uchun, obidalardagi tartiblilik, m untazam lilik 
yo'qolgan holda qismlari yetarli miqdordagi aniqlik bilan tiklanadi).
O bidalar qiym atining qirralari tobora ko kpaya borgan tad - 
qiqotchilarning izlanishlari davom ida avstriyalik Aloiz Riglyu 
yodgorliklarning ijtimoiy qim m atini ochib berdi. U yodgorliklam- 
ing estetik va utilitar qiym atlaridan tashqari tarixiy qiymatiga alo- 
hida e ’tibor berdi. Uning e ’tirofiga ko ‘ra, yodgorlikda faqatgina 
eng qadimgisi emas, balki un d an keyingi qism lari ham qim m at- 
lidir. Chunki qadimgisi keyingilari bilan birgalikda tarixni to ‘la 
aks ettiradi. Ta’mirchilikda «vaqtgardi» tushunchasi paydo bo‘ldi. 
Yodgorlikdagi keyingi o ‘zgarish qoldiqlarini saqlab qolish zaru- 
rligi tug‘ildi. Konservatsiya choralarining ustuvorligi ham ana shun- 
day tushunchalar asosida kelib chiqadi. XX asr boshlarida m az- 
kur qarashni o ‘zida aks ettirgan ta ’m irlash uslubi qaysi davr 
yodgorligiga tatbiq qilinishidan qatiy nazar arxeologik uslub deb 
ataldi. 0 ‘sha davrda arxeologiya fani aniq ilm iy tizim ga aylangan 
e d i. K o ‘pgina h o lla rd a a rx ite k to rla r u c h u n arx eo lo g iy an i 
o ‘zlashtirish zarurati tug‘ildi. Ba’zan esa arxeologlar ta'm irlash 
ishlarini olib bordiiar.
T a ’mirlash ishidagi bu jarayonning paydo bo'lish om illari- 
dan biri arxitekturadagi o ‘zgarishlar edi. A w algi uslublardan foy- 
dalanish o ‘rnini yangi shakllar ishlab chiqish harakati egalladi. 
1933-yil Afinada o ‘tkazilgan xalqaro arxitektorlar kongressida Le 
K orbyuze va D obinilar tayyorlashgan xartiyada ushbu jum lalar 
m avjud; “estetik talablarga ergashib, o 'tm ish stillardan foydala- 
n ish xatarli oqibatlarga olib keladi” 1.
1 C .C . П одъяпольский и другие. Р еставрац и я п а м я т н и к о в архитектуры. 
С. 27.


Arxeologik ta'm irlashning asosiy prinsiplarini esa italiyalik 

Download 5.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling