Yog‘ sifatini saqlash va yog‘-moy sanoatida savdo madaniyatini


Download 60.34 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi60.34 Kb.
#142954
Bog'liq
Презентация1


Yog‘ sifatini saqlash va yog‘-moy sanoatida savdo madaniyatini

oshirish uchun so‘nggi yillarda iste’mol uchun mayda idishlarga

qadoqlangan yog‘ assortimentlari ko‘paymoqda. Yog‘lar 0,5—2,0

litr hajmli shisha idishlarga va asosan, polimer material —polivinilxloriddan tayyorlangan, polietelen qopqoqli idishlarga qadoqlanmoqda.

Mayda idishlarga qadoqlaydigan zamonaviy liniyalar ishlab

chiqaradigan firmalar qatorida «Krupp-Kauteks» (Germaniya),



«Reno-pak» (Shveysariya) va « Steka» (Fransiya) firmalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Yog‘larni «Steka» (Fransiya) firmasining uskunalarida qadoqlash Past bosimli kompressor 1 dan chiqayotgan 0,75 MPa bosimdagi siqilgan havo ressiver 2 orqali yuqori bosimli kompressor 3 ga keladi. U yerdan ressiver 4 orqali 3,5 MPa bosim ostida siqilgan havo puflovchi avtomat 5 ga beriladi. PET preformalar 6 korobkada yig‘iladi va butilka puflash avtomati 5 ga uzatiladi. Bu yerda soatiga 1500 donagacha hajmi 1 litr bo‘lgan butilkalar yasaladi va monoblok-butilkaga yog‘ quyish avtomati 7 ga uzatiladi. Monoblokka bir vaqtning o‘zida rafinatsiyalangan yog‘ kelib tushadi va butilkalar yog‘ bilan to‘ldiriladi.

Monoblok butilkalarni chayqash, yog‘ bilan to‘ldirish va tiqinlarni mahkamlash moslamalari bilan jihozlangan. To‘ldirilgan va tiqinlari yopilgan PET butilkalar yorliq yopishtiruvchi mashina 8 orqali o‘rovchi moslama 9 ga uzatiladi. Bu yerda butilkalar 6 donadan qilib, polietilen plyonkaga o‘ralib, paketlar hosil qilinadi. Paketlar qizdirish tunneli 10 orqali o‘tib, 11 qurilmada poddonlarga taxlanadi va folga bilan o‘raladi. So‘ngra bloklar 14 ara- vacha 13 yordamida tayyor mahsulot omboriga jo‘natiladi. Bo‘sh va yog‘ bilan to‘ldirilgan PET butilkalarni uzatish transportyor 12 yordamida amalga oshiriladi. Qadoqlash liniyasining unumdorligi kuniga 40 tonnaga teng.
Download 60.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling