Yog‘lar va moyli xom ashyolar kimyosi fani. Ma’ruza № Mavzu: Glitseridlar. Glitseridlarning sinflanishi
Download 34 Kb.
|
maruza 4
Yog‘lar va moyli xom ashyolar kimyosi fani. MA’RUZA № 4. Mavzu: Glitseridlar. Glitseridlarning sinflanishi. Uch atomli spirt-glitserin yog‘ kislotalarning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan efirlarini hosil qilishi mumkin. Bu efirlar glitseridlar deyiladi. Eterifikatsiyalangan yog‘ kislotalarning soniga ko‘ra glitseridlar triglitseridlar, diglitseridlar va monoglitseridlarga bo‘linadi. Yog‘ va moylarning fizik xususiyatlarini o‘zgartirishda uchglitseridlarning izomerlanish reaksiyalaridan foydalaniladi. Uchglitseridlar tarkibidagi yog‘ kislotalarining tarkibiga ko‘ra uchto‘yingan, ikkito‘yingan, birto‘yingan va uchto‘yinmagan uchglitseridlarga bo‘linadi. Uchglitseridlarning fraksiya tarkibini aniqlash–bu ularni gruppalarga ajratishdir. Buning uchun glitserinlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarkibi oldindan uning yog‘ kislota tarkibi asosida xisoblanadi. Agar moy tarkibidagi yog‘ kislotalari soni (n) ga teng bo‘lsa, undagi turli strukturaga ega bo‘lgan glitseridlarning soni W ta bo‘lishi mumkin: SHu uchglitseridlar ichida faqat bir xil yog‘ kislotalardan xosil bo‘lganlarining soni : W2=n(n-1) Uch xil yog‘ kislotalardan xosil bo‘lgan uchglitseridlar soni: Moyning yog‘ kislota va bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchglitseridlari soni barcha uchglitseridlar turlari tuzilib chiqiladi. Glitseridlar strukturasi ko‘proq xona haroratida qattiq holatda bo‘lgan turlarida o‘rganilgan. Rentgen-struktura tahlili ko‘rsatishicha, bir xil to‘yingan yog‘ kislotali glitserid molekulasi ikki bo‘y yog‘ kislota uzunligidagi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan kabi «kamerton» yoki ikki tishli «vilka» ko‘rinishiga ega: Uchglitserid molekulasi. Qora doiralar – uglerod atomlari; katta oq doiralar–kislorod atomlari; kichik oq doiralar – vodorod atomlari. Kristallarida bu molekulalar juftliklari parallel joylashgan qatorlar tashkil qilib, yog‘ kislotalar metil guruhlari umumiy tashqi tesistliklarda joylashadi. Bunda bir xil to‘yingan kislotali molekulalar krislallari metil guruhlari tekistliklari orasidagi masofa ikkita yog‘ kislota uzunligiga teng bo‘lib, yog‘ kislotalar metil guruhlari tesistligiga nisbatan vertikal joylashadi. Agar glitserid molekulalari ikki xil kislotali, boshqa polimorf modifikatsiyada yoki molekulyar massaga bog‘liq holda yog‘ kislotalar, metil guruhlari tesistligiga nisbatan, ma’lum burchak ostida, qiya joylashadi. Turli molekulyar massaga ega bo‘lgan xar xil to‘yigan yog‘ kislotalardan tashkil topgan uchglitseridlar kristall strukturasi, uchglitserid molekulalarining bir-biriga nisbatan joylashishiga qo‘ra yog‘ kislota zanjirli ko‘rinishida bo‘ladi. Glitseridlar gidrogenizatsiyasi ular tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalarga vodorodning birikish reaksiyasidir. Buning natijasida suyuq moylardan ma’lum erish haroratiga ega bo‘lgan qattiq yog‘lar (salolmaslar) hosil bo‘ladi. Bu jarayon sanoat miqyosida kukunsimon nikel yoki misli-nikel katalizatori ishtirokida, 160-1700S haroratda va 3-5 atmosfera bosimi ostida amalga oshiriladi. Gidrogenizatsiya natijasida glitseridlarning takibi va xossalarini xarakterlovchi yod soni, rodan soni kabi ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. Gidrogenizatsiya vaqtida glitseridlar tarkibidagi linol kislota to‘yinib, avval olein kislotaga aylanadi va so‘ngra olein kislota to‘yinib stearin kislotaga aylanadi. Bunday gidrogenlanish absolyut selektiv gidrogenizatsiya hisoblanadi. Amaliyotda absolyut gidrogenizatsiya odatda kuzatilmaydi. Absolyut selektiv gidrogenizatsiya, birlamchi, linol kislotasining olein kislotasiga nisbatan katalizator yuzasiga kuchliroq sorbsiyalanishi bilan tushintiriladi. Bunday gidrogenizatsiyaning ikkinchi sababi ishtirok etayotgan katalizatorning turi. Masalan, nikel katalizatorlariga nisbatan palladiy katalizatorlari ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarni ancha selektiv sorbsiyalash xususiyatiga ega. Gidrogenizatsiya selektivligiga ta’sir qiluvchi uchinchi omil vodorodning katalizator yuzasiga diffuziyalanishi. Agar vodorod katalizatorga intensiv ravishda etib kelsa, reaksiyaning selektivligi pasayadi. Demak jarayonning intensiv aralashtirish va bosim ostida olib borilishi, vodorodning moydagi erishini oshirib, reaksiya selektiv bormasligiga sabab bo‘ladi. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling