Yog'larning kislota sonini aniqlash
Download 100.5 Kb.
|
Lipidlar. Moylarning yod va kislota sonini aniqlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi.
MURAKKAB OQSILLAR
Gidrolizlanganda aminokislotalar bilan bir qatorda prostetik gruppa deb ataluvchi turli ximiyaviy tarkibli moddalar hosil qiluvchi yuqori molekulyar biologik polimerlar murakkab oqsillar deb ataladi. Prostetik gruppaning ximiyaviy tarkibiga qarab murakkab oqsillar xromoproteinlar, nukleoproteinlar, lipoproteinlar, glikoproteinlar, fosfoproteinlar va metallopooteinlarga bo'linadi. Prostetik gruppa sifatida tarkibida oqsil xarakteriga ega bo'lmagan turli xil rangli birikmalar bo'ladigan murakkab oqsillar xromoproteinlar deb ataladi. Xromoproteinlar hayvonot va o'simlik olamida keng tarqalgan bo'lib, organizmda ketadigan turli bioximik, metabolitik prosesslarda muhim rol o'ynaydi. Tabiatda tarkibida gem va shunga o'xshash birikmalar bor xromoproteinlar keng tarqalgan. Bularga qon gemoglobini, muskul to'qimasining mioglobini, o'simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan fermentlar — katalaza, peroksidaza, sitoxromlar, tarkibida xlorofill bor plastid oqsillari misol bo'la oladi. Gem yadrosidagi temir birinchidan o'zgaruvchan valentli bo'lganligi, ikkinchidan koordinasion bog' hosil qila olish qobiliyati bo'lganligi uchun tarkibida gem bo'ladigan murakkab oqsillarning tirik organizmda ishtirok etadigan moddalar almashinuv prosesslari miqyosi juda keng. Gemoglobin oqsil qismi globindan va pigment qismi gemdan tashkil topgan. Odam va hayvonlar gemoglobinining turaro o'ziga xosligi uning oqsil qismi globin strukturasiga bog'liq. Gemning tuzilishi gemin tabiatli barcha murakkab oqsillarda bir xil. Ikki valentli temir bilan bog'langan protoporfirin gemning asosini tashkil etadi. a) XROMOPROTEIDLARGA XOS REAKSIYALAR OKSIGEMOGLOBIN KRISTALINI AJRATIB OLISH Kerakli asbob va reaktivlar: stakan (50 ml li), pipetkalar, shisha tayoqcha, mikroskop, buyum va qoplagich oynalar, sentrifuga, filtr qog'oz, voronka, og'zi berk idish. Quyon, it yoki qoramol qoni, suv bilan efir aralashmasi (1:1 nisbatda), (NH4)2SO4 nint to'yingan eritmasi. Organizm sharoitida odam qonidagi gemoglobinning 60—65% oksigemoglobin ko'rinishida bo'ladi. Agar qon tipotonik eritmalar, distillangan suv bilan ishlanganda eritrositlar gemolizga uchraydi. Organik erituvchilar efir, toluol qo'shilsa ham qizil qon tanachalari devori erib, undagi oqsillar eritmaga o'tadi. Hosil bo'lgan gemolizatdan oksigemoglobinni ammoniy sulfat yordamida cho'ktirish orqali ajratib olish mumkin. Ishning bajarilishi. Gemoliz qilish uchun 10 ml qonga (quyon, it, ot, koramol yoki donor qoni) suv bilan efir (1:1) ning 2 ml aralashmasi quyiladi va aralashtiriladi. Gemoliz ketishini mikroskop yordamida kuzatib turish mumkin. Gemolizlangan qonga teng miqdorda (12 ml) ammoniy sulfatning to'yingan eritmasi quyilib aralashtirilgach, darhol sentrifugalanadi yoki filtrlanadi. Filtratni og'zi berk idishga quyib sovuq joyda bir sutka qoldiriladi, keyin mikroskop ostida prizmatik yoki plastinkasimon qizil rangli oksigemoglobin kristallari kuzatiladi. Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling