Yogoch material p65


Ayrim loklar asosida olingan parda qatlamlarda kirishish kuchlanishi


Download 1.11 Mb.
bet45/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Ayrim loklar asosida olingan parda qatlamlarda kirishish kuchlanishi

T/r

Loklar

Parda hosil bo‘lish usuli

Parda qatlamdagi normal ichki kuchlanish, MPa

1.

Nitrolok (НЦ-222)

Erituvchilari uchib (bug‘- lanib) ketishi hisobiga

3,2

2.

Karbamid-alkidli loklar

Kimyoviy reaksiya va eri­tuvchilari uchib ketishi hisobiga

2,0

3.

Poliefirli lok (ПЭ-246)

Kimyoviy reaksiyalar hisobiga

0,35


Ko‘pchilik sintetik polimerlaming chiziqli kengayish koeffi- tsiyenti tolalari ko‘ndalang joylashgan yog‘ochning chiziqli ken­gayish koeffitsiyentigajuda yaqin turadi. Tolalari yo‘nalishi uzu- nasiga joylashgan yog‘och namunalarida esa chiziqli kengayish koeffitsiyenti bir tartibga past bo‘ladi. Buni quyidagijadval ma’lu- motlaridan ko‘rish mumkin (15-jadval).
15-jadval
Ayrim yog‘och turlari va sintetik smolalarning chiziqli kengayish koeffitsiyenti

Yog‘och va smola

Yog‘och tolalari yo‘nalishi

Chiziqli kengayish termik koeffitsiyenti, 1 °C da

Qizil daraxt

Ko‘ndalangiga

4,04-10-5




Uzunasiga

3,61 • io-6

Eman daraxli

Ko‘ndalangiga

5,44 • 10-5




Uzunasiga

4,92-10-6

Karbamid-formal- degidli smola



4-6 • 10-5

Melamin-formal- degidli smola



4-6 • 10-5

Polivinilasetat



6,9-10-5

Polistirol



6-8 • 10-5

Shuning uchun shakllanib bo‘lgan parda qatlamlarda ular soviganidan keyin yog‘ochning uzunasigajoylashgan tolalari bo‘y- lab cho‘zuvchi termik kuchlanish paydo bo‘ladi. Normal termik kuchlanish miqdori kirishish kuchlanishidan birmuncha katta bo‘ladi. Termoreaktiv polimerlar asosida olingan qoplama ma­teriallar qizdirilganda ichki kuchlanish sezilarli ravishda ortib boradi, shu bilan bir vaqtda polimeming «tikilish» darajasi va parda qatlamining elastiklik moduli ham ortadi. Termik kuchlanishning to‘rsimon tuzilishli parda qatlamlarining elastiklik moduliga bog‘liqligi taxminan quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
^t=KE f Vlla-
bu yerda, E — parda qatlamning elastiklik moduli, MPa; tboshparda qatlam shakllanadigan harorat, °C; toxíi, parda qatlam so­viganidan keyingi harorat, °C; K — molekulasi to‘rsimon tuzilgan parda qatlamlar uchun empirik koeffitsiyent, u 3,76-10-5ga teng.
Havo haroratining tez sovishi natijasida paydo bo‘ladigan ter­mik kuchlanish (masalan, mebel buyumlami sovuq vaqtda ta- shish) juda xavflidir, chunki haroratning keskin pasayib ketishi elastiklik moduli va sovigan polimer qoplamada mo‘rtlikni keskin oshirib yuboradi. Termoplastik polimerlardan hosil bo‘lgan pardoz qatlamlarda qizdirish jarayoni har doim ichki kuchlanishga olib kelavermaydi, chunki bunday polimerlaming qizdirilganda yum- shashi kuchlanish relaksatsiyasini keltirib chiqaradi.
Normal kuchlanish kattaligi, u kirishish kuchlanishi bo‘la- dimi yoki termik kuchlanishmi, baribir, qoplama qalinligiga bog‘- liq bo‘lmaydi. Qoplama — asos chegarasida urinma kuchlanish kattaligi normal kuchlanish va parda qalinligiga to‘g‘ri propor- sionaldir. Parda qatlamlaridagi urinma va normal kirishish kuch­lanishi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik quyidagi formula orqali ifo- dalanishi mumkin:
Ts=^-T^-^
bu yerda, A — empirik koeffitsiyenti; h — parda qatlam qalinligi.
Kuchlanish parda qatlam yuzasi bo‘ylab bir tekisda tarqal- maydi. Normal kuchlanish miqdori parda qatlam yuzasining markazida maksimal qiymatga, chekkalarida esa nolga tengdir. Urinma kuchlanish parda qatlam markazida nolga yaqin boTib, uning chekka qismida maksimal qiymatga yetadi.

11-rasm. Parda qatlam uzunligi (eni) bo‘ylab normal va urinma ichki kuchlanishlarning taxminiy taqsimlanish epyuralari.
11-rasmda normal (o) va urinma (t) kuchlanishlarning taxminiy epyuralari ko‘rsatilgan.


bo‘lgan parda qatlam chekka qismlarida pardoz berilgan joy- larning yorilib ketishi kamdan kam uchraydigan holdir. Ak- sincha, ko‘chib ketish, agar u so- dir bo‘ladigan bo‘lsa, eng awalo,
Normal kuchlanish minimal
urinma kuchlanishi maksimal bo‘lgan detal chekka qirralaridan boshlanadi.
Namlik ta’siridan kuchlanish buyumlarni ekspluatatsiya qilishjarayonida asosning o‘ziga namni tortishi va bo‘kishi natija- sida yuzaga keladi. Ayniqsa, tolalari yo‘nalishi ko‘ndalangjoylash- gan yog‘ochda bo‘kish jarayoni jadal bo‘lib, u polimer parda qatlamlarining bo‘kishidan bir necha marta yuqori turadi.
Asosning bo‘kishi parda qatlamlarda cho‘zuvchi kuchlanishni keltirib chiqaradi va u kirishish kuchlanishi bilan qo‘shilishib ke- tadi. Yog‘och materiallarning ma’lum sharoitda bo‘kishi parda qatlamlarining yorilib, ko‘chib ketishiga sabab bo‘ladi.
Ichki kuchlanishni kamaytirish yo‘llari. Ichki kuchlanishning paydo bo‘lishi, umuman aytganda, ko‘ngilsiz hodisadir. Uni ka­maytirish yoki butunlay yo‘qotish uchun har xil choralar ko‘- riladi. Bunday tadbirlarga adgeziv tarkibiga plastifikator yoki boshqa qo‘shimchalar qo‘shish, ko‘p qatlamli parda qatlamlar hosil qilish va tashqi ta’sirlardan foydalanish kiradi.
Parda hosil qiluvchi moddalar tarkibiga plastifikatorlar qo‘- shilganda, ichki kuchlanish kamayadi va qoplama elastikligi oshadi. Shu bilan birga, plastiñkatorli parda qatlamlarda adgeziya va kogeziya mustahkamligi ham oshadi. Ichki kuchlanishning ka- mayishi, yuqorida eslatganimizdek, adgeziya mustahkamligini oshirishga yordam beradi. Plastifikatorlar qo‘shilganda kogezion mustahkamlik kamayadi. Buni polivinilbutiral plyonkasi misolida quyidagi raqamlardan ko‘rish mumkin:

Plastifikator miqdori, % (massa qism)

10

20

30

Kogezion mustahkamlik, Pa

l,5-10-7

l,72-10-7

1,6 • io-7

Adgezion mustahkamlik, J/m2

187

239

250

Plastifikator miqdori 10 dan 30 % gacha oshirilsa, kogezion mustahkamlik kamayadi, adgezion mustahkamlik esa ortadi. Adgezion va kogezion mustahkamlikning bunday o‘zgarishi ichki kuchlanishning kamayishi va parda qatlami elastikligining ortishi bilan tushuntiriladi.
Ichki kuchlanishni kamaytirishning ikkinchi yo‘li ko‘p qatlamli parda qatlamlami hosil qilishdan iboratdir. Ichki kuchlanishni kamaytirish va adgezion mustahkamlikni oshirish uchun substrat (yog‘och) yuzasiga birlamchi qatlam surkaladi. Bu qatlam grunt­lash qatlami hisoblanadi. Shunday qilib, ikki yoki ko‘p qatlamli parda qatlamlarini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunda xuddi plastifikatorlar qo‘shgandagi kabi, ichki kuchlanish kamayadi, adgezion mustahkamlik ortadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling