Yog'och mustahkamlagichlar kon lahimi uchun mustahkamlagich materiallari


Download 6.28 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi6.28 Kb.
#1708176
Bog'liq
mustaqil ish 1111111


Yog'och mustahkamlagichlar
KON LAHIMI UCHUN MUSTAHKAMLAGICH MATERIALLARI.
Kon lahimi atrofmi o'rab turgan kon jinslarining lahim ichiga qulab tushmasligi, uning ko'ndalang kesim yuzasini va ishlash qobiliyatini saqlashni ta'minlash maqsadida o'rnatiladigan sun'iy inshootlami kon mustahkamlagichi deb ataladi. Kon mustahkamlagichi yog'ochdan, metalldan, monolit beton va temir betondan tashkil etilishi mumkin. Ruda konlari lahimlarini mustahkamlashda, ayrim hollarda anker mustahkamlagichlardan ham foydalaniladi.
Yog'och mustahkamlagichlar asosan ishlash muddati qisqa (2-3 yil) va kon bosimi mo'tadillashgan asosan gorizontal, qisman qiya lahimlarda qo'llaniladi. Yog'och mustahkamlagichlar to 'g 'ri to'rtburchak, aksariyat hollarda esa trapetsiyasimon shakldagi to'la bo'lmagan mustahkamlagich romlardan tashkil topadi. Romlar lahimning uzunlik o'qiga tik ravishda bir-biriga tirband yoki bir-biridan biroz masofada o'rnatilishi mumkin (0,5-1,0 m). Agar romlar orasida ma’ lum masofa qoldirilgan bo'lsa, u holda romlar oralig'iga ikki yoni va tepasi bo‘ylab toqilar teriladi. Toqilar lahim shifti va yon tomonlaridagi jins bo'laklarini lahim ichiga qulab tushishidan saqlaydi. Yog'och mustahkamlagich romlar diametri 20- 25 mm g'o'lalardan barpo etiladi. Mustahkamlagich ustunlaming ostki zaminga o'rnatiladi. Uchi qoziqsimon qilib tayyorlanadi va ular 10-20 sm chuqurcha hosil qilib o'rnatiladi. Ustun uchining qoziqsimon bo'lishi mustahkamlagichni biroz eziluvchan bo'lib, kon bosimiga moslashishini ta'minlaydi.Yog’och mustahkamlagich materiallari sifatida g’o’la, brus, taxta, garbil va shu kabilardan foydalaniladi.
G’o’la – uzunligi 5 dan 9 m gacha bo’lgan, yuqori uchining diametri 12 m va undan katta bo’lgan daraxt tanasining bo’lagi.
Brus - ko'ndalang kesim yuzasi to'gri to'rtburchak, keng-ligi qalinligiga teng yoki undan ikki barobar katta bolgan arralangan yog'och.
Taxta - kengligi qalinligidan kamida ikki barobar katta bo'lgan, arralangan uzun yog'och.
Garbil - daraxt tanasini arralab taxta yoki brus olinganda uning (daraxt tanasining) chetidan chiqqan bir tomoni tekis, ikkinchi tomoni sferik shakldagi yog'och.
Bo’yi 0,5 m dan 5 metracha, yugori chining diametri 7 dan 30 sm gacha bolgan g'o'la shaklidagi yog'och shaxta (rudnik) ustuni deyiladi.

Ustun uchining qoziqsimon bo’lishi mustahkamlagichning biroz eziluvchan bo'lib, kon bosimiga moslashishini ta'minlaydi.Trapetsiyasimon romlarning ustunlari gorizontga nisbatan80-85° burchak ostida o'ratiladi. Agar lahim osti (yer) qaba-rish xususiyatiga ega bo'lsa, u holda ustunlar tagsinchga o'rnatiladi. Bunday romar to'la rom deb yuritiladi. Agar lahim yon devorlari mustahkam bo'lsa, ustunsiz mustahkamlagichdan foydalaniladi. Bunda lahim yon devorlari tepasida, shift ostida har ikki tomonda chuqurcha hosil qilinadi va to'sin chuqur-chalarga kiritib ornatiladi.Lahimning qiyaligi 30 darajadan ortiq bo'lsa, uni to'la mustahkamlagich romari bilan mustahkamlanadi va qo'shni to'sin hamda tagsinchlar o'rtasiga tiralmalar o'rnatiladi. Bu esa romlarning surilib ketishining oldini oladi. Metall mustahkamlagichlar uzoq mudlat ishlashi, mustahkamligi va ta'mirlash xarajatlari kamligi tufayli konchilik amaliyotida keng qo'llanilmogda. Metall mustahkamlagichlar trapetsiyasimon, arkali va aylanma shaklida, shuningdek, eziluvchan yoki qat'iy (ezilmaydigan) bo'lishi mumkin. Qat'iy trapetsiyasimon mustahkamlagich romi, asosan, dvutavr balkasi yoki relsdan yasaladi. Bunday mustah-kamlagichga biroz eziluvchanlik xususiyatini berish maqsadida ustunlar g'o'la yog'och tagliklar ustiga o'rnatiladi.



Download 6.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling