Yog’och-polimer kompozitsion qurilish materiallari


Download 389.46 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi389.46 Kb.
#1200584
Bog'liq
yog`och polimer kompozitsion materiallar (1)(1)


Yog’och-polimer kompozitsion qurilish materiallari.

Yog’och-polimer kompozitsion qurilish materiallari tarkibiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:


1.Yirik strukturalikompozitlar-yog’ochdan tayyorlangan yirik o’lchamli taxtalar,bruslar,shponlarni bir-biriga yopishtirish orqali tayyorlanadi.
2.Kichik strukturalikompozitlar-yog’och qirindili plitalar(DSP),yog’och tolali plitalar(DVP),o’rta zichlikdagi plitalar(MDF).
3.Kombinatsion yog’och-polimer kompozitlar-tarkibi yog’ochning yirik vamayda qismlaridan tashkil topgan kompozitlar.
4.Gibrid yog’och-polimer kompozitlar-tarkibida yog’och elementlaridan tashqari plenka,folga,shisha tolasi,basalt tolasi,mineral kukunlar mavjud bo’lgan kompozitlar.
Geometrik shakliga ko’ra yog’och-polimer kompozitlar varaqlar,profil,plita,taxta,brus va murakkab shaklli kompozitlar bo’lishi mumkin.
Yog’och-polimer kompozitlarda bog’lovchi ya’ni matritsa sifatida tabiiy,sintetik,termoreaktiv va termoplastik smolalar,kombinatsion bog’lovchilar ishtirok etishi mumkin.
Keyingi yillarda kimyo sanoatining rivojlanishi va shuning asnosida polimerlarning xilma-xil turlarining yaratilishi o’z navbatida ular asosida tayyorlanadigan mahsulotlar,jumladan yog’och-polimer kompozitsion materiallarning ham turli navlarini yaratish imkonini berdi.Yuqorida ta’kidlaganimizdek Yog’ch-polimer kompozitlar yaratishda tabiiy va sintetik polimerlar qo’llaniladi.Polimerlar kursidan ma’lumki ular termoreaktiv yoki termoplast polimerlar bo’lishi mumkin.Termoreaktiv polimerlar smolalar qizdirilib ishlov berish natijasida ma’lum shaklni oladi va soviganda erimaydigan,yumshamaydigan,ya’ni qayta ishlashga moyilligi bo’lmagan holatga keladi.Termoplastik smola,polimerlar qizdirilganda yumshab keyin qotishi va bu jarayon ko’p marta takrorlanishi mumkin bo’lgan xususiyatga ega va ularni qo’llaganda aynan shu xossalarini e’tiborga olish kerak bo’ladi.
Odatda bog’lovchilar (matritsa) tarkibiga turli texnologik qo’shimchalar:qotish jarayonini tezlashtiruvchi katalizatorlar,yoki sekinlashtiruvchi stabilizatorlar,erituvchilar,plastifikatorlar,ko’pik hosil qiluvchi qo’shimchalar qo’shiladi.Yog’och-polimer kompozit materiallar ishlab chiqarishda qizdirib ishlov berishga asoslangan:
karbomidformaldegid-(KF-MT;KF-MT(BT);KF-MT-PS), fenolformaldegid-(SFJ-3011;SFJ3013) kabi termoreaktiv polimerlar keng qo’llanilmoqda.Chunki bu smolalarda yog’ochga nisbatan adgezionlik xususiyati yuqori,ya’ni yaxshi ypishadi.yuqori temperature va bosim ostida qotish xususiyati mavjud.
Yog’och-polimer kompozitsion materiallar turiga kiruvchi materiallardan biri qurilish fanerasidir.Qurilish fanerasi yog’och-polimer kompozitsion materiallarning hozirgi sharoitda ham o’z aktualligini yo’qotmagan namunasi hisoblanadi.
Qurilish fanerasi yog’och shponlaridan tayyorlanib,unga qo’yiladigan asosiy shartlardan biri fanera varag’ining ikki perpendikulyar yo’nalishida ham bir xil mustahkamlikni ta’minlashdir.Bu qoidaga amal qilinganda faneraning deformatsiyalanishini oldi olinadi.Lekin bu qoidaga amal qilish yig’och shponlarining namligiga ham bog’liq bo’ladi.Namlik yuq’ori bo’lganda fanera varaqlari deformatsiyalanadi.
Fanera ishlab chiqarishda simmetriya qoidalariga amal qilish kerak.Simmetriyaning asosiy qoidalari quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Simmetriyaning birinchi qoidasi-fanera varag’ining simmetriyasi uning markaziy qatlami simmetriyasiga mos bo’lishi kerak,ya’ni oddiy qilib aytgan da faneraning simmetriya chizig’I markaziy qatlam ning o’rtasidan o’tishi kerak.
Simmetriyaning ikkinchi qoidasi-Simmetriya tekisligining har ikkala tomonida bir xil masofada,tolalari yo’nalishi bir xil,bir xil qalinlikdagi,bir xil yog’ch naviga mansub shponlar qo’llanilishi kerak.Aynan shu qoidalarga asoslanganda fanera qatlamlari soni toq sonlardan iborat bo’ladi va fanera tashqi qatlamlari sponlari tolalari yo’nalishi bir xil bo’ladi.Agar fanerada qatlamlar soni juft bo’lsa tashqi qatlamlar yo’nalishi bir xil bo’lishi mumkin,lekin fanera simmetrik tekisligi o’rta qatlamga to’g’ri kelmaydi va sponlar orasidagi kley qatlamiga to’g’ri keladi.Bunday holatlarda fanera egilganda asosiy zo’riqish kley qatlamiga to’g’ri keladi,kley qatlami mustahkamligi esa ko’pgina hollarda yog’ch mustahkamligidan past bo’ladi va bu holat fanerning mustahkamligini kamaytirishi mumkin.



1-rasm.Faneraning simmetriya prinsipiga asosan tuzilishi:a-uch qatlamli fanera;b-to’rtqatlamli fanera;1-fanera varag’iningsimmetriya tekisligi;2-markaziy qatlamning simmetriya tekisligi;3-tashqi qatlamlarning simmetriya tekisligi;4-to’rtqatlamli faneraning simmetriya tekisligi.

Keyingi yillarda qurilish sanoatida zamonaviy kompozitsion qurilish materiallari kirib kelmoqda .Fanera ishlab chiqarish texnologiyasiga asoslangan holda ishlab chiqariladigan LVL plitalar va bruslar(to’sinlar) shular jumlasidandir.LVL(inglizcha-Laminated Veneer Lumber) faneraga o’xshab yog’och shponlarni bir-biriga yopishtirish orqali tayyorlanadi va mustahkamlik jihatdan oddiy yog’och materiallardan ancha yuqori turadi.




Ko’p qatlamli LVL balkaning ko’rinishi.

Yog’och-polimer kompozitsion materiallarining yana bir keng tarqalgan turi yog’och qirindisi va polimer smolalar yordamida tayyorlanadigan plita(DSP)dir.DSP plitalar qalinligi 0,1-1,5mm,uzunligi 5-40mm,eni 1-10mm yog’och qirindilari va bog’lovchi sifatida ishtirok etadigan smolalarni issiq holda presslash texnologiyasi orqali ishlab chiqariladigan qurilish materialidir.


DSP plitalar zichligiga ko’ra quyidagi sinflarga bo’linadi:
-yengil plitalar,zichligi 550kg/m3 gacha;
-o’rtacha zichlikdagi plitalar,550-750kg/m3 gacha;
-yuqori zichlikdagi plitalar,zichligi 750kg/m3dan yuqori;
Bog’lovchi(matritsa) sifatida ishtirok etadigan formaldegid miqdori(absolyut quruq holatida hisoblaganda)ga ko’ra:
-E1markali-8gr gacha;
E2markali-8-30gr sinflarga bo’linadi.
Bog’lovchi sifatida fenolformaldegid(СФЖ-3066,СФЖ-3014) va karbamidoformaldegid(КФ-МТ-БП,КФ-НП,КФ-МТ-15,КФ-0,15) kabi polimer smolalar ishlatiladi.
DSP ishlab chiqarish quyidagi texnologik jarayonlar orqali amalga oshiriladi:
-xom-ashyoni tayyorlash,
-maxsus uskunalar yordamida yog’och qirindisini tayyorlash;
-yog’och qirindisini quritish va sortirovka qilish;
-Yog’och qirindisi va bog’lovchilarni qorishtirish;
-qorishmani qoliplash,presslash,sovitish,kesish;
-plitalarni sayqallash(shlifovka),sifat nazoratidan o’tqazish va navlarga ajratish.

3-rasm.DSP ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.

Download 389.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling