Yogʻochli sardoba xakimov Sardor


Download 0.89 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1345520
Bog'liq
Xakimov Sardor YOGʻOCHLI SARDO

YOGʻOCHLI SARDOBA

Xakimov Sardor

  • Yogʻochli sardoba (Ogʻoch sardoba, Xudoysera sardobasi) — Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Gumbaz qishlogʻida, Toshkent—Samarqand—Buxoro shaharlarini bog‘lovchi M39 avtomagistral yo‘li yoqasida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. U shuningdek Mirzachoʻlda mavjud boʻlgan 3 ta sardobadan biri va viloyatda shu turdagi yagona inshootdir[⇨].

  • Yogʻochli sardoba oʻrta asrlarda „Xudoysera“ deb ham atalgan. Hozirda unga nisbatan „Ogʻoch“ nomi ham qoʻllaniladi[⇨].
  • Sardoba XVI asrda oʻzbek hukmdori Abdullaxon (1557—1598) davrida bunyod etilgan boʻlib[⇨], uning Amir Temur (1370—1405) davrida qurilishi bilan bogʻliq rivoyat bizgacha yetib kelgan[⇨].

  • Yog‘ochli sardoba haqidagi ilk maʼlumotlar Hofiz Tanish al-Buxoriyning „Abdullanoma“ asarida keltirilgan. Unga koʻra oʻzbek xoni Abdullaxon (1557—1598) „Toshkentga harbiy yurishi chog‘ida shu hududda hordiq chiqarish uchun to‘xtab, suvsizlikdan qiynalgan askarlari uchun sardoba va karvonsaroy qurishni buyuradi“[4].
  • Manbalarga koʻra Yog‘ochli sardoba XVI asrning 2-yarmida (1580-yilda[5] yoki 1585—1590-yillarda[6]) bunyod etilgan. Taxminlarga koʻra, uning gʻishtlari Samarqand shahrida[7] yoki hozirgi Gʻallaorol tumani hududida quyilib, pishirilib, olib kelingan[8].

  • Tarixiy yodgorlik Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan. U Sirdaryo viloyatidagi 4 ta ekoturizm obyektlaridan biri hamdir[⇨].
  • Sardobaning atrofida sizoq suvlar koʻtarilib ketishi oqibatida hovuz suvi hozirda istemolga yaroqsiz holatga kelib qolgan[⇨]

  • Yogʻochli sardoba tarixiy yodgorligi tomonlari 75 metrdan kvadrat holida toʻsilgan va umumiy maydoni 5625 kvadrat metrni tashkil qiladi. Ikki yon tomoni va orqa qismi 3 mertlik balandlikdagi beton toʻsiqlar bilan oʻralgan, oldi qismi choʻyan bezakli toʻsiqlar bilan oʻralgan[7].
  • Oʻralgan umumiy maydonning oʻrtasida Yogʻochli sardoba tarixiy yodgorligi joylashgan. Tarixiy yodgorlik diametri 27 metr aylana holda qurilgan, balandligi 8 metr va oldi kirish qismiga 5 metr uzunlikda, 3 metr balandlikda ayvon qurilgan[7].
  • Sardobaga kirish qismi inshootning shimolida joylashgan. Kirish darvozasining eni 3 metr, balandligi 2,8 metr[8]. Kirish arksimon bo‘lib, undan g‘ishtli zinapoyalar orqali sardoba ichkarisiga kiriladi[4].

  • Oʻzbekiston va uning atrofida 44 ta sardoba boʻlib, ularning 29 tasi Qarshi choʻlida, 3 tasi Mirzachoʻlda, yana 3 tasi Toshkent — Fargʻona oʻrtasidagi qadimgi savdo yoʻlida hamda bittasi Karmana yaqinida Malikchoʻlda joylashgan[2].
  • Tarixda Mirzachoʻlni kesib oʻtuvchi bir nechta karvon yoʻllari boʻlgan. Yogoʻchli sardoba shu yoʻllardan birining yoqasida joylashgan boʻlib, Mirzasardobadan 30 km janubda, Jizzaxdan 35 km shimolda oʻrnashgan. Hozirda bu joy Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Gumbaz qishlogʻi hududiga toʻgʻri keladi[1].

  • 2019-yilda sardoba xarobaga aylanib, achinarli holatga kelib qolgan. Obidaning atrofi temir panjara bilan to‘silgan, darvozasi esa bir parcha mato bilan bog‘lab qo‘yilgan. Tevarak-atrofi chiqindilar bilan to‘la, yonidagi ikkita binoning qurilishi ham yakuniga yetmagan. Yog‘ochli sardoba joylashgan hududda sayyohlar uchun deyarli sharoit yo‘q edi[4]. Sardoba 2019-yil tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling