Yog’ochning fizikaviy xossalari, xususiyatlari,ishlatiladigan elimlar va bo’yoqlar


Download 1.52 Mb.
bet1/4
Sana13.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1091848
  1   2   3   4
Bog'liq
fIZIK XOSSALAR


MAVZU: “Yog’ochning fizikaviy xossalari, xususiyatlari,ishlatiladigan elimlar va bo’yoqlar” mavzusini o’qitish metodikasi
REJA:

  1. Yog’ochning fizikaviy xossalari, xususiyatlari

  2. Ishlatiladigan elimlar va bo’yoqlar

Materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o’zgartirmaydigan xossalar yog’ochning fizik xossalari deb ataladi.
Yog’ochning fizik xossalariga uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli, xidi, namligi, nam ta’sirida bo’kilishi, quruvchanligi, zichligi, nam o’tkazuvchanligi, issiqliq o’tkazuvchanligi, tovush o’tkazuvchanligi, elektr
o’tkazuvchanligidan iborat.
Rang yog’och materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga
imkon beradigan muhim xossalaridan biri. Yog’ochning rangi avvalo uning turiga va o’sish sharoitiga bog’liq. Yog’ochning hidi. Yog’och undagi smolalar, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog’lik holda har xil hidli bo’ladi.
Yog’ochning o’zak qismi o’tkir hidli bo’lib, unda yuqoridagi moddalar ko’p bo’ladi. Yog’ochning namligi. Namlik daraxtning xayoti va uning o’sishi uchun kerak bo’lgan asosiy omillardan biridir.
Namlik daraxtning o’sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski kesilganligiga quritilgan yoki quritilmaganligiga qarab oz yoki ko’p bo’ladi.
Yog’ochning namligi quyidagi formula yordamida topiladi;
V= f /G’100%
bu yerda f- nam va quruq yog’och og’irliklarining ayirmasi
F- absolyut quruq yog’ochning og’irligi,
Yog’ochning namligi ikki usul bilan aniqlanadi.
1) Laboratoriya usuli bilan aniqlanadi.
2) Sun’iy yo’l bilan aniqlanadi.
Laboratoriya sharoitida nam va quritilgan yog’ochlarning og’irligini tortish yo’li bilan, formula yordamida va namlikni ulchaydigan asbob – elektrovlagomer yordamida.
Laboratoriya holatida namlikni aniqlash uchun taxta yoki brusokning uchidan 0,5 m gacha qirqib tashlab qolgan qismidan 10-15 mm qalinlikda butoqsiz biror-bir nuqsonsiz namuna arralab olinadi . Namuna tozalab tortiladi va quritgich shkaflarda 100-105° temperaturada quritiladi. Quritish vaqtida namunani birinchi bor 6 soatdan keyin tortib ko’riladi, ikkinchi va undan keyingi tortishlar xar ikki soatdan so’ng takrorlana boradi. Quritish so’nggi tortishlar bir-biridan farq qilmay qolgunga qadar davom ettiriladi.
Namunalar ixtiyoriy bir usul bilan quritiladi (yoz kunlari ochiq havoda
quyosh issiqligida, qish kunlari isitish batareyalariga qo’yib va x.k.)
Topilgan qiymatlar

formulaga qo’yilib, xar bir namunaning namligi aniqlanadi.
Yog’ochlarni namligiga qarab; xo’l, chala quruq, ochiqda qurigan, uyda
qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan farq qilinadi.Yangi kesilgan daraxtning namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab 40% va undan ortiq bo’ladi. Xo’l yog’ochning namligi 23% va undan ortiq. Chala quruq yog’ochning namligi 18% dan 23% gacha. Ochiq havoda qurigan yog’ochning namligi 12% dan 18% gacha. Uy ichida qurigan yog’ochning namligi 8% dan 12% gacha.
Absolyut quruq yog’ochning namligi 0% bo’lib, bu laboratoriya sharoitidagina olinadi.
Duradgorlik ishlari va mebelsozlikda namligi 8-12% o’rtasida bo’lgan uyda qurigan va namligi bundan kam bo’lgan yog’ochlarni ishlatishga ruxsat etiladi.
Yog’ochlarning qurishi natijasida o’lchamlarini qisqartirishi, yorilishi, nam tortib bukilishi, tob tashlab qiyshayishi kabi xollar yog’ochning namligiga bog’liq.
Yog’ochlarning qurishi natijasida yog’och materiallar o’lchamlarini qisqartiradi. Qurish natijasida yog’ochning o’lchamlari turli yo’nalishda turlichaqisqaradi. Yog’och bo’yicha ya’ni tolalar yo’nalishi bo’yicha 0,1 dan 0,3 gacha; ko’ndalang qirqim radiusi, ya’ni o’zak nurlari bo’yicha 3 dan 5% gacha. Agar quruq yog’ochni zax xonalarda yoki ochiq havoda saqlansa, u nim tortib bukiladi va o’lchamlari, xajmi, og’irligi ortadi, shakli o’zgaradi. Yog’ochlarning nam tortib buzilishi, ishdan chiqishining oldini olish maqsadida ularni ishlatish sohasiga qarab tug’ri tanlash, xizmat sharoitiga mos namlikdagilardan foydalanish kerak.
Tob tashlab qiyshayish yog’ochlarning turli yo’nalishda turlicha qurishiga bog’lik. Taxtaning o’zakka yaqin tomoni sekin qurib, tashqi pustloq osti tomoni nisbatan tez quriydi. Tashqi tomon tez qurib, tortishib taxtaning o’zak tomonini tortadi. Buning natijasida taxtaning bir tomoni dung (qovariq), ikkinchi tomoni nov (botiq) shaklga keladi.
Tob tashlash faqat yog’ochning ko’ndalang qirqimida sodir bo’lib qolmasdan, balki bo’ylama tob tashlash ham ro’y beradi. U yog’ochning bo’yiga egilishi shuningdek vintsimon tob tashlash yoki eshilish ko’rinishida ro’y berishi mumkin. Yog’ochning og’irligi uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog’liq.
Yog’ochning solishtirma va xajmiy og’irligi bo’ladi. Solishtirma og’irlik xech qanday g’ovakligi, namligi bo’lmagan absolyut zich yog’ochning og’irligi, solishtirma og’irlik g/sm 3 larda ifodalanadi.
Tovush o’tkazuvchanlik deb, yog’och materiallarning tovushini o’tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog’ochning tovush o’tkazish qobiliyati yuqori. Yog’och tolalari yo’nalishi bo’yicha tovushni havoga nisbatan 15-18 marta, eni bo’yicha 3-6 marta tez o’tkazadi.
Yog’ochlarning issiqlik o’tkazish qobiliyatiga issiqlik o’tkazuvchanlik deyiladi. Yog’och boshqa materiallarga qaraganda issiqlikni yomon o’tkazadi. Issiqlik o’tkazuvchanlik yog’ochning xajmiy og’irligiga, namligiga, temperaturasi va tolalarning yo’nalishiga bog’liq.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling