Yo’l avtomobillari harakatini tashkil etish
Marshrutda ishlash grafiklari
Download 38.5 Kb.
|
Yo’l avtomobillari harakatini tashkil etish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Haydovchilarning ish rejimlari.
5. Marshrutda ishlash grafiklari.
Ma’lum vaqt yoki butun smena davomida transport vositalari aniq ishlashi uchun marshrutda ishlash grafigi tuziladi. Buning uchun avtomobillarning eng qulay yurish marshruti aniqlanadi, transport vositalari samarali ishlashini va marshrut ishini tashkil etishni nazarda tutib yuk tashish uchun zarur bo‘lgan vaqt hisoblab chiqiladi. Grafikni tuzishda harakat tezligi meyori, orti-tushirish ishlarida bo‘lish, agar zaruratga ko‘ra yo‘llarda to‘xtalsa, unga sarflanuvchi vaqtlar hisobga olinishi kerak. Puxta ishlab chiqilgan grafiklar yuklarni tez va o‘z vaqtida yetkazib berish, transport vositalari ishining ma’lum ritmda bo‘lishi va mijozlardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Eng asosiysi, transport jarayonidagi barcha qatnashchilar (transport xodimlari, orti-tushirish punktlari ishchilari va mijozlar)ning intizomli bo‘lishini ta’minlaydi. Shahar sharoitlarida yuk avtomobillarining harakat grafigini tuzish ancha murakkab, chunki ko‘pincha orti-tushirish punktlari bir va ikki smena davomida bir yoki bir necha qatnovlarnigina amalga oshiradi. Odatda, aksariyat mijozlar uchun yuk tashish grafiklari oldindan ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Bunday grafiklarning tashkiliy-tezkor ahamiyati katta. Aniq ishlab chiqilgan harakat garfigi vtomobillarning yuk oqimi o‘zgarmas tashishlarda ortish-tushirish punktlararo qatnov jadvali tuzish uchun asos bo‘ladi. Grafikka nisbatan jadvalning farqi shundaki, jadvalda har bir transport vositasining aniq harakat vaqtlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ayni marshrutda ishlovchi keyingi avtomobillar uchun ish grafigi, undan oldingisiday bo‘lib, faqat boshlanish vaqti avtomobillarni ishga chiqarish interval miqdorida suriladi. 6. Haydovchilarning ish rejimlari. Haydovchining ish vaqti uning avtomobilni boshqarish, ishga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish va ish nihoyasidagi operatsiyalarga sarf qilingan (avtomobilni qabul etish va topshirish, yonilgi quyish, xujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa), sogliqni tibbiy tekshirish vaqtlari yigindisidan iborat. Avtomobilni boshqarishdan tashqari keltirilgan vaqt sarflari ularning marshrutda bo‘lish vaqtni qisqartirishi sababli, ayni ishlarni bajarishga sarflanuvchi vaqtlarni iloji boricha qisqartirish yoki minimumga keltirish zarur. Haydovchi marshrutda smena davomida bir o‘zi yoki boshqa haydovchilar bilan almashib ishlashi mumkin. Haydovchilar almashuvi usulida ular belgilangan grafik bo‘yicha kun davomida almashishib ishlaydilar. Haydovchilar almashuvi marshrut ichida yoki avtomobil saroyida amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holda nolinchi qatnov masofasi oshadi. Transport ishi xafta davomida uzluksiz bo‘lishini hisobga olganda 5 kunlik ish rejimiga binoan har 5 avtomobilga 7 haydovchi, agar avtomobil ikki smena ishlaydigan bo‘lsa 14 nafar haydovchi zarur bo‘ladi. Bunda haydovchilar almashib ishlashlari sababli avtomobillar holatiga qarovga javobgarlik hissi pasayadi. Lekin, aytilganga qaramay, ishni uzuluksiz almashuvchi haydovchilar bilan tashkil etish ilgor (prossiv) bo‘lib, avtomobillardan uzluksiz (xaftaning 7 kunida) foydalanish imkoni yaratiladi. Aytilgan (haydovchilar almashuvi usuli) usul bo‘yicha temir yo‘l, suv va havo transportlarida qo‘llaniladi. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling