“YO‘l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish”


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana04.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1158010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6 Мавзу. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar.

3. Tashqi yoritqichlar 
3.1. Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport 
vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa. 
Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va 
rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi. 
3.2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa. 
3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda 
ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa. 
3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo‘lmasa yoxud tegishli yorug‘lik 
asboblari turiga mos bo‘lmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan bo‘lsa. 
3.5. Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchalarning o‘rnatilishi, ularning 
mahkamlanishi va yorug‘lik ishoraning ko‘rinishi belgilangan talablarga javob 
bermasa. 
3.6. Transport vositasida quyidagilar: 
old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar
sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilish ko‘rsatgichlari, oq rangdan 
boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa; 
orqa qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq 
rangdan boshqa ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar
sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilish ko‘rsatgichlari, qizil rangdan 
boshqa rangli boshqa tashqi yoritqichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur 
qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa; 
yon qismida — sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli yoritqichlar
sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa. 
4. Oyna tozalagich va oyna yuvgichlar 
4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan bo‘lsa. 



4.2. Transport vositasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan oyna yuvgich 
ishlamayotgan bo‘lsa. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling