Yo`l qoidasi -umr foydasi


Download 292.98 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi292.98 Kb.
#194903
Bog'liq
yol qoidasi umr foydasi


YO`L QOIDASI -UMR FOYDASI”
(Maktab faollar xonasi mavzuga oid jihozlar bilan bezatilgan)
O`rmondan hayvonlar shaharga sayohatga kelishdi.(Bori, tulki,quyon)
Ular katta shaharga kelib mashinalar ko`pligini ko`rib, yo`ldan o`tishga qiynalishibdi. Mashinalar y`olidan chopib o`tib ketishibdi.

Mashinalarning chiyillab, haydovchilar baqirib qolishibdi. Bir mahal Davlat yo `l harakati xavfsizligi xizmati xodimi (Bu militsiyaning maxsus qismi) hushtagini chalib darhol yetib keldi. Qo`lini chakkasiga qo`yib o`zini tanishtirdi. Hayvonlar xayron. Nima qilishlarini bilmay qo`rqib,qarab qolishdi.


Mashinalar gurillar,
Hushtagim chur-churlar,
Hujjat berib, qo`l berdim,
To`gri ekan yo`l berdim.
Marhamat, marhamat!

Haydovchilar shoshilmang,


Tezligingiz oshirmang!
Qoidani buzmanglar,
Bir-birovdan o`zmanglar,
Iltimos,iltimos!

Haydovchi va piyoda,


Ahil bo`lsin dunyoda.
Qoidani bilishsin,
Unga amal qilishsin,
Vassalom, vassalom!
Militsionar:Qani nama uchun yo`l harakati qoidasini buzdinglar? Men yo`ll harakati xavfsizligi xizmati xodimi bo`laman serjant Abdullayeva.Nima uchun maxsusu piyodalar o`tadigan, svetofor o`rnatilgan joydan o`tmadinglar?
Hayvonlar: Qanday qoidani? Svetofor nima? Biz o`rmondan shahrga sayohatga kelgan edik.Shaharda yurish juda qiyin ekan. Mashinalar bizga yo`l berishmayapti.Qayerga borishni ham, kimdan so`rashni ham bilmay qoldik.
Svetofor : Svetofor yetib keladi va tanishtiradi.
-Men svetoforman, yo`l harakatini tartibga solib turish uchun xizmat qilaman.Meni siz chorrahalarda, piyodalar o`tish joylarida va boshqa serqatnov joylarda ko`rishingiz mumkin.Mening ishoralarimga rioya qilgan intizomli piyodalar ko`cha va chorrahalarni xavf-xatarsiz kesib o`tadilar.

Svetofor Safo Ochil


Uch og`ayni botirmiz,
Uch xil rangda nodirmiz.
Qizil, yashil, sariqmiz,
Kuch –qudratga qodirmiz.

Hamjihatmiz doim biz,


Chorrahalar joyimiz.
Vaqti bilan nur sochar,
Uchta to`lin oyimiz.
Qizil yonsa, tik turing,
Yashil yonsa, tez yuring.
Sariq yonsa, ehtiyot-
Chorasini ham ko`ring.

Gapimiz shu sizlarga:


Barcha o`g`il-qizlarga-
Duch kelmaysiz xatarga,
Quloq soling bizlarga
Militsioner: Hali sizlar mehmonmisizlar. Albatta, yo`lharkati qoidalarini bilmasangiz kerak? Biz sizlarni 13-umumiy o`rta ta`lim maktabining 2-“D” sinfida o`qiyotgan o`quvchilar bilan tanishtirib qo`yaman. Ular sizlarga yo`l harakati qoidalarini o`rgatadi va shahrimizning obod, chiroyli joylari bilan tanishtiradi.
Ular maktabga yetib keladilar. O`quvchilar Vatanjonim-Vatanim ashulasini kuylayotgan ekanlar.
Militsionar: Assalomu –alaykum aziz bolajonlar. Sizlarga mehmon olib keldim. Bu do`stlaringiz uzoq o`rmondan shahrimizni tomosha qilish uchun kelishgan ekan. Ular y`ol harakati qoidalarini bilmaganlari uchun shaharda yurish, ko`chalardan o`tish va shaharni tomosha qilishga qiynalishdi. Sizlar bu do`stlaringizga yo`l harkati qoidalarini o`rgating va shahrimiz bilan tanishtiring.

-Biz shu maktabning 3-“B” sinfida o`qiymiz. Biz maktabda mehribon ustozlarimizdan ta`lim-tarbiya olamiz. Bizga davlatimiz shunday sharoitlar yaratib qoyibdi. Biz katta va toza-ozoda chiroyli maktabda ta`lim olayapmiz.Bosh vaqtlarimizda turli to`garaklarga qatnashamiz.Biz uchun qurilgan turli sport zalarida sharoitlar yaratilgan (Bolalar qatnashadigan to`garaklar nomini aytishadi.)Bilasizlarmi bu yilni Yurtboshimiz tashabbusi bilan “2016-yil-Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilishdi

SOG'LOM BO'LSIN O'ZBEKISTON BOLASI
Yurt taqdiri bolalarning qo'lida,
Imkoniyat bering taqdir yo'lida,
Biling, neni orzu qilar ko'nglida
Murg'ak qalbda bo'lmas aslo olasi,
Sog'lom bo'lsin O'zbekiston bolasi.

"Vatan ostonadan boshlanar",-deydi,


Bola g'amin yetti mahalla yeydi,
Barcha ota-ona buni bilsaydi
Bo'lmas edi bola armon nolasi,
Sog'lom bo'lsin O'zbekiston bolasi. Davlat boshi qildi katta e'tibor
Dunyolarga chiqishga imkoni bor,
Alpomishu To'marislar qoni bor,
Jahon ichra bo'ling kuchli, sarasi,
Sog'lom bo'lsin O'zbekiston bolasi.

Bilimlarning sarhadlarin zabt qiling,


O'sib-unib, cho'qqilarga intiling,
Butun xalqning umidi sizda, biling,
Kamolini ko'rsin ota-onasi,
Sog'lom bo'lsin O'zbekiston bolasi.
Tulkixon: Sizlarning ashula aytayotganlaringizni eshitdim biram chiroyli aytasizlar ekan. Shu deyman raqsga tushisahni ham bilasizlarmi? Menga raqsga tushishni o`rgatinglar . O`rmonga borib dugonalarimga bir maqtanay, bir maqtanay.

Yo`l harakatiga oid tushunchalar haqida ma`lumot beradilar. O`rmon hayvonlari ularni diqqat bilan tinglaydilar.


1-o`quvchi: Ko`cha deb ikki chetida turli binolar qurilgan,odamlar, avtomobillar, avtobus va boshqa transport vositalari harakatlanishi uchun mo`ljallangan joyga aytiladi. Bunday ko`chalar shahar va qishloqlarda juda ko`p. Bu ko`chalarni bir-biridan adashtirmaslik uchun ularning har qaysisiga nom qo`yilgan.
2-o`quvchi: Ko`chalarning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo`l deb ataladi.Yo`lning piyodalar qatnaydigan qismi esa yo`lka deb ataladi
Yo`llarda bexavotir harakatlanish uchun yo`l harakati qoidalariga rioya qilish kerak.
3-o`quvchi: Transport serqatnov bo`lgan yo`llarda piyodalar uchun maxsus svetoforlar o`rnatiladi.
Svetoforning qizil ishorasi xavfli vaziyatni bildiradi va piyodaga: “To`xta!”- deydi.
Svetoforning sariq ishorasi: “Diqqat! Tayyorlaning, hozir ko`chadan o`tishga ruxsat beriladi!”- deydi.
Svetoforning yashil ishorasi esa : “Yo`l ochiq! O`tish mumkin!”- deydi.
4-o`quvchi: :”Yo`lovchilar vazifasi”
Avtobus,taksilar yo`lovchilarni manzillariga tez yetkazadi.. Transportlarni- maxsus ajratilgan transportlar to`xtash joyi ko`rsatkichlari o`rnatilgan joylarda kutish kerak. Avtobusga navbat bilan boshqa yo`lovchilarga xalaqit bermay chiqish kerak.Avtobusning orqa eshigidan chiqib, old eshigidan tushish kerak!
5-o`quvchi: Belgilangan yo`nalishda yuradigan transport vositalarida kattalarga, nogiron kishilarga, bolali ayollarga joy berishni lozim. Salonga chiqqanda eshik yonida turmasdan o`rtaga borib turish kerak, shovqin qilish mumkin emas, haydovchiga xalaqit bermaslik kerak.Avtobusning orqa eshigidan chiqib oldi eshigidan tushish kerak
6-o`quvchi:Yo`llarning kesishgan joyi chorraha deyiladi.
Agar bir yo`l ikkinchisini kesib o`tsa-bu to`rt tomonlama chorraha deyiladi. Agar bir yo`lga ikkinchisi kelib qo`shilsa-yu, kesib o`tmasa bu uch tomonlama chorraha deyiladi.
7-o`quvchi: Harakat tartibga solinadigan ko`chani kesib o`tishda avval chap tomonga qara. Agar yo`l bo`sh bo`lsa, yura boshla.Yo`lning o`rtasiga borib to`xta. Agar transport harkati boshlangan bo`lsa “xavfsizlik orolchasi” da kutib tur.Endi o`ng tomonga qara. Agar ko`cha bo`sh bo`lsa, ko`chaning qolgan qismini kesib o`t.
Bo`rivoy: Men yo`l harakati qoidalarini o`rganyapman, lekin menga ashula aytishni ham o`rgatingalar. (”Binafshaxon” ashulasini sinf jamoasi kuylaydi.)

1-o`quvchi: Yo'l belgilarininig hammasi yetti guruhni tashkil etadi.Har qaysi guruh bir-biridan shakli bilan ham, rangii bilan ham farqlanadi.Yo`l belgilariga yo`lovchiham, haydovchi ham, piyoda ham, podachi ba otliqlar ham rioya qilishi kerak!


Birinchi guruhga ogohlantiruvchi belgilar kiradi.Ular haydovchilar va piyodalarni xavf haqida ogohlantiradi.Oqohlantiruvchi belgilar yaxshi ko'rinib turadigan joyga va xafli joydan ma'lum masofaga o'rnatiladi.Bu belgilarning ko'pchiligi oq rangli va qizil hoshiyali uchburcha shaklida bo'ladi.
2-o`quvchi: Ikkinchi guruhga imtiyoz belgilari kiradi.Ular chorrahalardan yoki ko'chalar va yo'llarninig tor joylaridan o'tish navbatini belgilaydi.Bu belgilarning ba'zilari ham oq rangli va qizil hoshiyali uchburchak shaklida bo'ladi.

3-o`quvchi: Uchinchi guruhga taqiqlovchi belgilar kiradi.Ular haydovchilar va piyodalarga ba'zi harakatlarni taqiqlaydi.Bu belgilarning ko'pchilligi oq rangli va qizil hoshiyali doira shaklida bo'ladi.Lekin qizil yoki ko'k rangli taqiqlovchi belgilar ham bor.


4-o`quvchi: To`rtinchi guruhga buyuruvchi belgilar kiradi.Ular faqat ma'lum yo'nalishlarda, ma'lum tezlikda hamda ma'lum transport vositalariga harakatlanish uchun ruxsat beradi.
5-o`quvchi: Beshinchi guruh axborot-ishora belgilari deb ataladi.Ular alohida harakat tartibi, yo'lda piyodalar o'tish joylarining joylashishi,Transport bekatlari, aholi turish joylari va boshqa ob'ektlar to'g'risidagi axborotlar bo'ladi.Axborot-ishora belgilari yashil, yoki moviy fondagi rasmlar va tushirilgan kvadrat yoki to'gri tortburchak shaklida bo'ladi.
6-o`quvchi: Oltinchi guruhga servis belgilari kiradi.Ular haydovchilar va piyodalarga servis(har xil xizmat) joylari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish joyi, ovqatlanish joyi to`g`risida axborot beradi.Servis belgilari moviy fonga rasmlar va yozuvlar tushurilgan to'g`ri to`rtburchak shaklida bo'ladi.
7-o`quvchi: Yettinchi guruhga qo'shimcha axborot belgilari (jadvallar)kiradi.Ular har doim boshqa belgilar bilan birga belgining ta'siri doirasini aniqlash yoki cheklash uchun qo'llaniladi.Masalan taqiqlovchi belgi tagiga o'rnatilgan "Amal qilish vaqti" jadvali yoki bu belgi kunning qaysi vaqtida amal qilishini ko'rsatadi.
8-o`quvchi: Qoida bo'yicha barcha yo'l belgilarini ko'cha yoki yo`lning o'ng tomoniga, haydovchilar va piyodalarga yaxshi ko'rinadigan qilib o'rnatiladi.Kunning qorong'I paytlarida yaxshi ko'rinib turish uchun belgilar maxsus bo'yoqlar bilan bo'yaladi.Ularning sirtiga yaqinlashib kelayot avtomobil chiroqlarining nuri tushganda yaltirab, qorong'ida yaxshi ko'rinib turadi.
Yo`l harakati qoidalariga oid she`rlar aytiladi:
1-o`quvchi: Yo`lchiroq- shamchiroq Tohir Millaboyev

Chorrahalar ko`rkiga,


Chiriy qo`shgan yo`lchiroq.
Yo`l ustida yo`lboshchi,
Barchamizga shamchiroq.

Chaqnab turar uch ko`zi,


Qizil, sariq, yam-yashil.
Donolardek har so`zi:
To`xta! Kutgin! Tez o`ting!

Qizil ko`zi chaqnasa,


“To`xtab turgin !”degan-
Sarig`I yaraqlasa,
“Biroz kutgin!” degani-
Ko`k chirog`I nur sochsa,
“Tezroq o`tgin !” degani.

Yur yo`lchiroq bor joydan,


Shoshib o`tma har joydan.
Yo`l berk bo`lsa biroz kut,
Shu o`gitga quloq tut.

Har so`zi qoidali,


Hayot uchun foydali.
Yo`lchirog`-u yo`lchiroq,
Barchamizga shamchiroq.
2-o`quvchi:
Shovqin solib, yugurib,
Qarsak urib deya: “gol!”
Katta yo`lning ustida
Bolalar o`ynar futbol.

Bolalar bu qanday hol!


Yo`ldan chiqingiz darhol!
Siz uchun maydoncha bor,
O`ynang unda, bemalol.

Mana sizlarga maydon,


Hovli, bog` ham xiyobon
“Keling, o`ynang!”-deb, ular
Sizni kutmoqda har on . 3-o`quvchi:

O`tar bo`lsang keng yo`ldan,


Ogoh bo`l o`ngu-so`ldan.
Ehtiyot bo`l, yugurma,
Hech ikkilanib turma.

Chapga qarab ol mo`ljal,


O`rtalikda to`xta sal.
U yerda bor “Orolcha”,
“Orol”da rostlan picha.

Endi o`ngga qarab boq,


Bo`sh bo`lsa yo`l, o`t tezroq,
Bilsang agar- o`tar joy-
“O`tish belgisi” bor joy.
4-o`quvchi:
Ko`chaga chiqdim bunday qilib
Yo`ldosh Sulaymon
Ko`chaga chiqdim bunday qilib
(Qo`lini beliga tiraydi)
Chorrahadan o`tdim bunday qilib
(Qo`llari belida , gerdaygan bo`ladi)
Mashinalar chiyilladi
Hushtak qattiq chirilladi,
Nazoratchi keldi bunday qilib
(Qo`lini chakkasiga qo`yadi)
Haydovchilar baqirishdi,
Dadamni chaqirishdi.
Dadam meni meni koyidi bunday qilib
(Ko`rsatkich barmoqni silkitadi)
Men yig`ladim bunday qilib
(Ko`zini uqalaydi)
“Endi tartib buzmayman !”-deb,
_ Svetofordan ko`z uzmayman!-deb,
Va`da berdim bunday qilib
(Qo`lini ko`ksiga qo`yib ta`zim qiladi).
Bo`rivoy:Men yo`l harakati qoidalarini o`rganyapman, lekin menga ashula aytishni ham o`rgatingalr. Iltimos sizlardan(”Binafshaxon” ashulasini sinf jamoasi kuylaydi.)
Yo`l belgilari haqida ma`lumot:
"Velosipedlarda harakatlanish man etiladi" belgisi
"Piyodalaming harakatlanishi man etiladi" belgisi
"Avtobus yoki trolleybus to'xtash joyi" belgisi
"Taksi to'xtash joyi" belgisi
Tramvay to'xtash joyi belgisi

"Yer usti piyodalar o'tish joyi" belgisi

"Yer osti piyodalar o'tish joyi" belgisi
"Svetofor orqali yo'lda harakatlanishni tartibga solish" belgisi
"Velosipedlarda harakatlanish man etiladi" belgisi
"Harakatlanish taqiqlanadi" belgisi
"Velosipedlarda harakat qilish" belgisi
Yo'lovchilar harakati" belgisi
Quyoncha : Madinaxon mehga ham Tulkixonga o`rgatgan raqsni o`rgating. O`rmonga borib o`rtoqlarimga raqsga tushib beraman (Raqsni Nurmuhammedova Madina ijro etadi.)

O`quvchilarning Bo`rivoy, Tulkixon,Aayiqpolvon va Quyonlarning bilmini sinab ko`rish maqsadida savol va topishmoqlar beriladi. o`quvchilar bittadan kartochka olib savollarga javob beradilar:


O`qituvchi:Hurmatli o`quvchilar va o`rmondan kelgan mehmonlar . Mana siz yo`l harkati qoidalariga oid ko`pgina m`alumotlarni eshitdingiz. Endi sizlarning olgan bilimlaringizni Davlat yo `l harakati xavfsizligi xizmati xodimi, svetofor bilan birgalikda sinab ko`rmoqchimiz.Siz navbat bilan savollarga javob berasiz.
1.Gulnora bekatda avtobusdan tushdida, tezlik bilan uning orqasidan o`tib ketdi. U to`gri qildimi? Nima uchun?(Gulnora bekatda avtobusdan tushgach, uning orqa tomonidan o`tib to`g`ri qildi. Ammo, Gulnoraning tezlik bilan yo`lni kesib o`tishi to`g`ri emas. U avtobusning orqa tomonidan piyodalar uchun ajratilgan o`tish joyidan shoshilmay, svetoforning ishoralariga amal qilgan holda o`tishi kerak edi)
2.Ko`zi yaltiraydi, yursa qaltiraydi (Avtomobil)
3.Chorrahada turgan yo`l harakatini tartibga soluvchi qo`lini ko`targan edi, Zarifa yo`lni kesib o`ta boshladi. U to`gri qildimi? Yo`l harakatini tartibga soluvchining bu holati svetoforning qaysi rangi ishorasiga mos keladi?(Zarifa hoto`g`ri harakat qildi, chunki yo`l harakatinitartibga soluvchining qo`lini yuqori ko`targan holatisvetoforning qizil ishorasiga moskeladi)
4.Erta tongdan, el uchun xizmat qilar,
Barchani o`z vaqtida manziliga yetkazar (Haydovchi)
5.Akbar yurib ketayotgan tramvayga osilib chiqmoqchibo`ldi, ammo tutqichdan ushlayolmay yiqildi va qattiq shikastlandi.. Ayting-chi nima uchun shunday voqea sodir bo`ldi? (Tramvay va boshqa transport vositalari yurib ketayotgan vaqtda unga chiqish va tushish mumkin emas)
6.Qizil chiroq-to`xta der, sho`xlikka qo`y nuqta ,der,
Sariq chiroq-ogoh bo`l, yashil chiroq-ochiq yo`l (Svetofor)
7.Avtobus bekatga kelib to`xradi.Haydovchi eshikni ochishi bilan yo`lovchilar orqa va oldi eshikdan tusha boshladilar. Bu to`g`rimi? (Yo`lovchilar transportning oldi eshigidan tushishi kerak edi)
8. Harakatlanayotganda doimo qaysi tomondan harakatlanish kerak? (o`ng tomondan)
9.O`quvchilar tramvay , trolleybus, avtobuslarda ketayotganlarida kattalarga nisbatan qanday munosabatda bo`lish kerak? (Transportda ketayotganda nogiron, keksa, bolali ayollarga, o`zidan kattalarga joy berishi kerak, xushmuomali bo`lishlari kerak)
10.Kimlarga velosipedda yurish ruxsat etiladi?(14 yoshdan oshganlarga.14 yoshga to`lmaganlar faqat yopiq maydonda haydash mumkin)
Savollar yozilgan kartochkaning orqa tomonini ko`rsatib bir qatorga turishganda “Yo`l qoidasi- umr foydasi” degan yozuv hosil bo`ladi.

Militsioner: Men sizlarni shu maktabga olib kelib adashmabman. Qisqa vaqtda ko`p narsalarni bilib olibsiz. Endi sizlar bemalol shahar ko`chalarida yo`l harakati qoidalarini buzmasdan harkatlana olasiz.Buning uchun 2-“D” sinf o`quvchilariga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.Tulkixonga , Bo`rivoyga, Ayiqpolvonga va Quyonchaga “Yo`l harkati qoidalari” haqida eslatma beramiz.Siz o`rmonga borib boshqa hayvonlarga ham yo`l harkati qoidalarini o`rgatasizlar.


Svetofor: Endi biz bemalol o`rmondan kelgan mehmonlarni shahrimizni tomosha qilishga sayohatga olib chiqa olamiz. Hammamiz birgalikda sayohatga boramiz!
Download 292.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling