Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish - Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
- Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilish muddatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilish muddatini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish litsenziyalovchi organning arizasiga ko‘ra sud tomonidan amalga oshiriladi.
- Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan (chiqarilgan) kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay, litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etish muddati ko‘rsatilgan holda yetkaziladi.
Litsenziyalar reyestri - Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
- jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) — yuk tashishni amalga oshirish bo‘yicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
- litsenziya va litsenziya varaqasining berilgan sanasi va tartib raqami;
- litsenziya varaqasining amal qilish muddati;
- avtotransport vositasining rusumi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami;
- faoliyat turiga berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
- litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
- litsenziya/litsenziya varaqalarning bekor qilishning asoslari va sanasi.
adabiyotlar - Xojayev B A . Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari. -Toshkent : O'zbekiston , 2002
- Mun V S Passajiskie avtomobilnbie pervozki Toshkent : Oqituvchi 1991 .
- https://lex.uz
- https://advice.uz
- https://spb-spr.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |