Yo'l xo'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish
Masala turtta kichik masalalarga bolinadi
Download 70.5 Kb.
|
Yo\'l xo\'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish
Masala turtta kichik masalalarga bolinadi:
Rejalashtirilayotgan davrning oxirgi yiliga yo’l xojaligi korxonalarining rivojlanishi va joylashuvini rejalashtirish. Natijada korxonalar rivojlanishining maqsadi – rejaning bajarilishi orqali erishiladigan oxirgi yakun kozga tashlanib qoladi. Ushbu masalani yechimi jarayonida qanday quvvatlarni qaysi punktlarga rejalashtirish davrining oxirgi yiliga borib joylashtirish samaraliroq bolishligi aniqlanadi. Undan tashqari, korsatilayotgan yil uchun korxonalarni ularning mahsulotlari iste’molchilar bilan optimal sxemada biriktirish hisob-kitoblari hal etiladi. Natijada kozlanayotgan maqsad, ishlab chiqarish va tarnsport xarajatlaridan tashkil topgan minimal solishtirma xarajatlarga togri keladigan joylashtirish amalga oshadi. Rejaga kirgan barcha korxonalar boyicha ishlab chiqarish hajmlarini hisoblab chiqish. Bunday hisob rejalashtirilayotgan davrning oxirgi yiliga va butun korib chiqilayotgan davrga korxonalarning iste’molchilar bilan biriktirilishi optimal degan nuqtai nazardan bajariladi. Bunday nuqtai nazarning asosi korxonalar ortasidagi aloqalarning uzoq muddatli bolishi ratsionalligidir. Har bir korxonadagi talab etilayotgan ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda ishlab chiqarish quvvatlarini ostirib borishni rejalashtirish. Bunday rejani ishlab chiqish oziga mustaqil alohida masala, chunki ishlab chiqarish quvvatlarini kop marta kichik-kichik bosqichlar bilan ostirib borish kapital mablaglar sarfning osishiga olib keladi, ishlab chiqarish quvvatlarini birdaniga keskin ravishda kotarish esa ulardan tolaqonli foydalanishni qiyinlashtirib, ekspluatatsion xarajatlarning kopayib ketishiga olib keladi. Rejalashtirish jarayonida ishlab chiqarish quvvatlarini ostirishning shunday varianti aniqlanadiki, unda (barcha yillar boyicha) ishlab chiqarish solishtirma xarajatlarining umumiy miqdori iloji boricha minimal bolsin. Har bitta korxona uchun ishlab chiqarish quvvatlarini ostirish boyicha optimal reja ishlab chiqarishning natijasi birinchi kichik masala (podzadacha) yechimi boyicha belgilangan, yo’l xojaligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan dasturdir. Rejalashtirilayotgan davr ichida korxonalarni mahsulot iste’molchilariga biriktirish sxemalarini aniqlashtirish. Yo’l xojaligi korxonalarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirishning va joylashtirishning barcha kichik masalalari (podzadacha), ikkinchisi bundan mustasno, optimal masalalar bolib, iqtisodiy matematik uslublar va elektron-hisoblash texnikasi qollanishini talab qiladi. Birinchi va tortinchi masalalarni hal etishda chiziqli, uchinchisida esa dinamik dasturlashtirish uslublaridan foydalaniladi. Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo'l xo'jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida: 1. Tugatilayotgan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tashkil etilsin. 2. Belgilansinki, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi: majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro shartnomalar bo'yicha Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ("O'zavtoyo'l" DAK) huquqiy vorisi hisoblanadi; avtomobil yo'llari sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. 3. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib belgilansin: avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish; avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish; xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo'lishini ta'minlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. 4. Belgilab qo'yilsinki, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashkil etilsin. Adabiyotlar: Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling