Yo‘ldagi tirbandlik


Download 13.32 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi13.32 Kb.
#1681676
Bog'liq
2 5334873792843884059




Yo‘ldagi tirbandlik
Bugungi kunda ko‘pchilik odamlar yo‘ldagi tirbandlikdan aziyat chekishyapti. Ushbu esseda transport tirbandligi keltirib chiqaradigan muammolar va bu vaziyatga tavsiya etiladigan yechimlar yoritiladi.
Transportlarning tirbandlashuvi bir nechta ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Birinchidan, yo‘ldagi tirbandlik nafaqat haydovchilarni, balki ish yoki o‘qishga shoshilayotgan yo‘lovchilardagi stressni oshiradi va bu jarayon ish va shaxsiy hayotdagi munosabatlarning salbiylashuviga olib keladi. Masalan, tirbandlik sabab ishga kechikkan xodim boshlig‘i tomonidan ishga mas’uliyatsizlikda ayblanishi mumkin va bu vaziyatda ishchi xodim butun kun davomida diqqatini jamlashda qiynaladi. Bunday kishilarning ham shaxsiy hayotida ham ish yuzasidan aloqa qilishi kerak bo‘lgan jamiyatdagi shaxslar bilan munosabatida salbiy holatlar kuzatiladi. Bundan tashqari iqtisodiy muammolarni ham qo‘shimcha qilish mumkin. Jamoat transportlari harakatlanish tizimi talab darajasida emas, shu sababli odamlarning ko‘pchiligi vaqtidan unumli foydalanish uchun shaxsiy transport vositalari bilan harakatlanishni afzal ko‘rishadi. Tirbandlikda qolgan haydovchi bu vaqtni na ish, na dam olish uchun ishlatadi va bu ishdagi unumdorlikning pasayib, iqtisodiy muammolarning o‘sishiga olib keladi. Yo‘qotilgan vaqtga qo‘shimcha ravishda, tirbandlik yoqilg‘i, energiyaning isrof qilinishiga va ortib borayotgan ekologik ifloslanishga olib keladi.
O‘ylaymanki, yo‘llarda tirbandlikni kamaytirish uchun bir nechta samarali yechimlar mavjud. Birinchidan, jamoat transportlarining harakatlanish tizimida o‘zgartirish kiritilishi kerak. Agar faqat jamoat transportlari foydalanadigan maxsus yo‘llar qurilsa va jamoat transportlarining soni ko‘paytirilsa, bu turdagi transport
vositalarida harakatlanayotgan yo‘lovchilar shaxsiy mashinasida tirbandlikda qolgan yo‘lovchiga qaraganda qisqa vaqtda o‘z manzillariga yetib borishadi. Bu odamlarni shaxsiy mashinadan ko‘ra jamoat transportidan foydalanishga undaydi. Mashinalar qatnovining kamayishi yo‘ldagi tirbandlikning oldini olish bilan birga, ekologik ifloslanishni pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Bunga qo‘shimcha tarzda, vilosepeddan foydalanish uchun maxsus yo‘laklar tashkillashtirish kerak. Xavfsiz yo‘laklarning qurilishi odamlarni kundalik zaruriyatlarda vilosepedlardan foydalanishga ruhlantiradi va ularning sog‘lom turmush tarzida yashashlari uchun muhim omil hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, yo‘llardagi tirbandlik kishilarning shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi salbiy munosabatlar va moddiy kamchiliklarga sabab bo‘lish bilan birga ekologik zararlanish ko‘rsatkichining oshishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Mening fikrimcha, jamoat transport tizimiga o‘zgartirish kiritilishi va vilosepedlar harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar qurilishi bu muammo sababli yuzaga kelayotgan noqulayliklarni kamaytiradi.
(316 ta so‘z)
Download 13.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling