VIbob. SODDALASHTIRILGAN SOLIQ TIZIMI (yagona soliq)
l-§. Soddalashtirilgan soliq tizimi haqida tushuncha va uning iqtisodiy
ahamiyati
O`zbekiston Respublikasi oldida turgan qator iqtisodiy-ijtimoiy
masalalarni
yechishda, shu jumladan, bozorlarni tovarlar va xizmatlar bilan ta'minlashda,
aholini ish bilan bandligini tashkil etishda bozor iqtisodiyoti
sharoitida xojalik
tizimining muhim tarkibiy qismi bo`lmish kichik biznesning ahamiyati beqiyosdir.
Hozirga kelib, kichik korxonalar yalpi ichki mahsulotning to`rtdan bir qismini
bermoqdalar.
O`zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda davlatning
kafolatlari va
yordami tufayli iqtisodiyotda katta imkoniyatlarni ishga solish mumkin. Ularga
davlat
yordamini berish, kafolatlardan tashqari ixchamlashgan soliq tizimiga
o`tishga ruxsat berishlik ularni tashkil qilish va moliya xo`jalik
faoliyatini
boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Ixchamlashgan soliq tizimining ahamiyati kattadir.
Bular
birinchidan, bozorni tezda tovarlar va xizmatlar bilan boyitish imkonini
beradi,
ikkinchidan, ishsizlikni
kamaytirish, yangi ish o`rinlari ochishga yordam
beradi,
uchinchidan, ular faoliyatini tashkil
qilishni ixchamlashtiradi,
Do'stlaringiz bilan baham: