Yo'llarni tamirlashda mehnat muhofazasi bo'yicha ishlarni tashkil qilish
-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Download 52.78 Kb.
|
Referat
15-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
87. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga bo‘lgan talablar 1-§. Texnologiya jarayonlariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari 88. Texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 89. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi: uskunalarga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash; ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qo‘llash (ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda texnologik jarayonning xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish orqali); shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash; uskunalarni to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish; xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash; ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash. 90. Texnologik jarayonlar atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart. 91. Texnologik jarayonlar soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim. 92. Texnologik jarayon qat’iy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim. Download 52.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling