Yo’lovchi tashish vokzallari va stansiyalarining vazifalari, turlari texnologik hisobi va rejalashtirishga qo`yiladigan talablar Reja


Yo’lovchi tashish vokzalini loyihalashda qo’yiladigan talablar


Download 94.48 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi94.48 Kb.
#1389480
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 Yo’lovchi tashish vokzallari va stansiyalarining vazifalari, turlari texnologik hisobi

Yo’lovchi tashish vokzalini loyihalashda qo’yiladigan talablar:
Yo’lovchi tashish vokzalini loyihalashda ma’lum bir funksional sxemalarga amal qilinishi kerak, quyida shu sxemalardan birini keltirib o’tamiz, yo’lovchilarga qulaylik yaratish uchun zarur bo’lgan asosiy omillar:
-Xonalar majmuini bir bino ichida joylashtirish;
-Jo’nash va tushirish perronlarini shunday joylashtishtirish kerakki, yo’lovchilar eng ko’p muxtoj bo’lgan xonalar unga yaqin joylashgan bo’lishi lozim;
-Yo’lovchi olish va tushirish postlari ularning soniga qarab qulay joylashishi lozim.
-Avtovakzal hududida avtobuslarning bir tomonlama aylanma harakatini tashkil qilish kerak.
-Binoning joylashuvi unga eng yaqin yo’lning perspektivasiga qarab va uni hisobga olib qulay joylashishi lozim;
Yo’lovchi tashish vokzalining asosiy elementlaridan biri xonalar majmui bo’lgan bino va perronlardir.
Perronlarni loyihalashda asosiy talablar:
- yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi;
- avtobuslarning qulay va tezkor harakatlanishga moil bo’lishi;
- avtobuslarning mustaqil bir-biriga xalaqit bermasdan kirib chiqishini ta’minlashi;
- avtobuslarning iloji boricha orqaga xarakatlanmasdan chiqib ketishiga yo’l ochib berishi;
- perronlar atrofi chegaralangan bo’lishi;
- perronlar eni 2 metrdan kam bo’lmasligi;
- perronlar ustki qismi yopiq bo’lishi;


Yo’lovchi tashish vokzalining rejalashtirish tartibi.
Yo’lovchi tashish vokzalini loyihalash hisoblash natijalariga ko’ra belgilangan masshtabda bajariladi.
Reja qurilish me’yorlariga rioya qilingan holda devor qalinligi, deraza va eshik o’rnatish uchun joylar ko’rsatilgan holda bajariladi.
Rejada avtobuslar uchun turish joylari, pasajirlar kutish joylari, pasajirlar zali, va h. k. lar o’lchamlari bilan ko’rsatilishi lozim. Rejada shartli belgilar bilan keltirilishi lozim bo’lgan suv, elektr energiyasi, kanalizatsiya va boshqalar ko’rsatiladi.


Download 94.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling