Yo‘nalish guruhi nomi: 21-22-guruh menejment yo‘nalishi


Download 0.71 Mb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1407873
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ish



Yo‘nalish guruhi nomi: 21-22-guruh menejment yo‘nalishi

iqtisodiyot nazariyasi fanidan



MUSTAQIL ISH



Bajardi: Jo‘rayev Behruz

Qabul qildi: ________________




Toshkent 2023




Reja:
1. Pandemiya barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'siri
2. Tashqi savdodagi holatlar dinamikasi
3. Ko'rsatkichlarni talqin qilish va tahlil qilish

Pandemiya barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan bir paytda qaysidir tarmoqlarda pastlash, boshqa birlarida esa inqiroz holatlarining kuzatilishi tabiiy. Yurtimizda bu borada ko'rilgan qat'iy chora-tadbirlar ana shunday jiddiy yo'qotishlarning oldini olishga xizmat qilyapti. 2021-yilning dastlabki uch oyida yalpi ichki mahsulotning 3 foizga oshishi buning amaliy tasdig'i hisoblanadi.


Bu haqda joriy yilning 12-may kuni Prezident ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash bo'yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi. Shuningdek, mazkur davrda sanoat — 3,8 foizga, qishloq xo'jaligi — 3,1 foizga o'sgani ham ta'kidlandi.




Birinchi chorakning makroiqtisodiy tahlillariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti kuchli o'sish traektoriyasiga qaytmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishi kuzatildi. Dastlabki uch oyda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlari ko'rsatkichlari 2020-yil birinchi choragiga nisbatan biroz pastlaganiga qaramay, 3,1 foiz o'sish bilan yakunlandi.

Bunda qayta ishlash sohasidagi 4,6 foiz yuqorilash, elektr energiyasi, gaz, bug' va konditsionerlik sohasidagi ishlab chiqarishning 2020-yilning birinchi choragidagi 7,9


foizdan joriy yilning mos davrida 10,1 foizni tashkil etganligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,8 foizga oshishiga xizmat qildi.


Mazkur davrda qurilish sektori 0,5, xizmat ko'rsatish sohasi 5,8, transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga o'sishi kuzatildi. Yilning dastlabki uch oyida chakana savdo hajmi ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3,8 foiz) biroz pasaygan holda, 2,8 foizga yuqoriladi.


Barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramay, ayrim tarmoqlarda yetarli ko'rsatkichga erishilmagani ham ko'zga tashlanmoqda. Xususan, birinchi chorakda “O'zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, “O'zbekneftgaz”da 4,7 foizga, charm mahsulotlari 10 foizga pasaygan. Davlatimiz rahbari yig'ilishda mutasaddilarga “so'nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshsa-da, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin?”, deya savol berdi. Vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, tarmoq va bank rahbarlariga may-iyun` oylarida birinchi navbatda asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha topshiriqlar berdi.




Hamkor mamlakatlarda ahvol qanday?


Bugun mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi uzoq-yaqindagi boshqa davlatlarning taraqqiyotiga ham bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Bu barcha sohalardagi hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatga kirib keladigan pul mablag'larida yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Pandemiya qo'shni mamlakatlar hamda yirik savdo sheriklarimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda. Xususan, Qozog'iston YAIM birinchi chorakda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga kamaygan bo'lsa, Qirg'iziston iqtisodiyotidagi turg'unlik davom etayapti. Rossiya YAIMda esa, mazkur davrda taxminan 1,8 foizga pasayish kuzatilgan. Bu borada Xitoy iqtisodiyotida rekord darajada o'sish sur'ati (18,3 foiz) qayd etildi. Mamlakatda 2020-yilning to'rtinchi choragida YAIM o'sishi 0,6 foizni tashkil etgan edi.


Dunyodagi vaziyat yurtimiz iqtisodiyotiga ham ta'sir ko'rsatmay qolmayapti. Pandemiya sababli xorijiy sarmoyalar kamayishda davom etmoqda. Biroq, bu pasayish o'tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada — 11,2 foizdan 3,5 foizgacha sekinlashdi. Bunda asosan markazlashtirilgan investitsiyalar kamayib bormoqda.


Aksincha, markazlashtirilmagan investitsiyalar ulushida 13,6 foiz o'sishga erishildi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 30,6 foizga, aholi hisobidan investitsiyalar 20 foizga oshdi.

Tashqi savdodagi holatlar dinamikasi


Jiddiy inqiroz tashqi savdoga ham ta'sir ko'rsatishda davom etyapti. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda birinchi chorakda tashqi savdo aylanmasi hajmi 11,6 foizga kamayib, 7,1 milliard dollarni, import esa 1,3 foizga pastlashib, 4,7 milliard dollarni tashkil etdi.


Ta'kidlash joizki, o'tgan yilning birinchi choragida oltin 1 milliard dollarga sotilib, eksport tarkibining qariyb 30 foizini tashkil etgan bo'lsa, joriy yil boshida oltinsiz eksport hajmi 2,4 millird dollarga etdi. Demak, oltinni hisobga olmaganda, tovar va xizmatlar eksporti birinchi chorakda 6 foizga oshgan.


Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmi 18,4 foiz, kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar 21 foiz, rangli metallar 58 foiz, mashinalar va uskunalar 58 foiz, to'qimachilik va to'qimachilik mahsulotlari 37,8 foizga o'sishi kuzatildi. Shuning barobarida, energiya va neft mahsulotlari eksporti 53,1 foiz, qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar 22,7 foiz, xizmatlar 25,7 foizga pasaygani qayd etildi. Shu bois, yig'ilishda birinchi yarim yillikda eksport hajmini 5,2 milliard dollarga etkazishni ta'minlash bo'yicha topshiriqlar berildi.


Import borasida ham sezilarli tafovutlar ko'zga tashlanmoqda. Xususan, xorijiy mamlakatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish 48,4 foiz, kimyoviy mahsulotlar 13,3 foiz, qora metallar va ulardan ishlangan mahsulotlar 13,3 foizga o'sgan bo'lsa, mashina va uskunalar importi 16,1 foiz, energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari 2,2 foiz, xizmatlar 20,4 foizga kamaydi.


Shunday qilib, birinchi chorak yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga global inqirozning ta'siri sezilmoqda. Lekin o'tgan yilning birinchi choragiga nisbatan iqtisodiyotning qator tarmoqlarida o'sish sur'atlari bo'y ko'rsatyapti. Murakkab sharoitga qaramasdan, O'zbekiston iqtisodiyoti inqirozgacha bo'lgan dinamikaga qaytishga faol intilmoqda.


Tadqiqotda dastlabki ma’lumotlar sifatida mehnat unumdorligi, iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida bandlar, aholi, jumladan, mehnatga layoqatli aholi soni kabi ko‘rsatkichlar tanlab olindi. Baholash Qoraqalpog‘iston, 12 ta viloyat va Toshkent shahri bo‘yicha 2018-2021 yillar uchun amalga oshirildi.
Natijalarga ko‘ra, Toshkent, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy o‘sish mamlakat hududlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori qiymatlarni qayd etgan. Qolgan 6 hudud mo‘’tadil rivojlanish darajalari bilan ajralib turadi.

Iqtisodiyoti asosiy tarmog‘i qishloq xo‘jaligi bo‘lgan Namangan, Jizzax, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda mehnat unumdorligi hamda aholi bandlik darajasi ortishi kuzatilgan. Bu hududlarda iqtisodiyotni rivojlantirish yangi ishlab chiqarish quvvatlarini (yoqilg‘i-energetika, elektrotexnika, farmatsevtika sanoati, xizmat ko‘rsatish, qurilish) joriy etish va samarali ish o‘rinlarini yaratish orqali amalga oshirilganidan dalolat beradi.


Toshkent va Navoiy viloyatlari kabi yuqori salohiyatli hududlarda iqtisodiy o‘sish asosan hududlar raqobatbardosh ustunliklarini (metallurgiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi) shakllantiruvchi mavjud bazaviy ishlab chiqarishlar rivojlanishi hisobiga ro‘y bergan. Ushbu hududlar yuqori samarali faoliyat turlari - xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalariga ixtisoslashgani bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy o‘sish nisbatan past darajalari aholi zich joylashgan Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan. Ushbu holat 2019-2021 yillarda butun dunyoda sodir bo‘lgan beqaror vaziyat sababli ishlab chiqarish biroz pasayishi (masalan, avtomobilsozlik va neft-kimyo sanoati, qurilish) oqibatida yuzaga kelgan.
PMTI ekspertlari tomonidan hududlar mutanosib iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi yuqori samarali tarmoqlar aniqlandi:

  • xizmat ko‘rsatish sohasida - Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand viloyati va Toshkent shahri;

  • qurilish sohasida - Toshkent shahri, Namangan viloyati;

  • sanoat sohasida - Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari;

  • qishloq xo‘jaligi sohasida - Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari.

  • Iqtisodiyot ko'rsatkichlari iqtisodiyotning yo'nalishini ko'rsatadigan asosiy statistik ma'lumotdir. Muhim iqtisodiy voqealar foreks bahosidagi harakatlarni boshqaradi, shuning uchun Forex savdogarlari tomonidan savdoga oid aniq qarorlarni qabul qilishni ta'minlaydigan to'g'ri tahlilni amalga oshirish uchun global iqtisodiy voqealarning oilaviy sharoiti muhimdir.

  • Ko'rsatkichlarni talqin qilish va tahlil qilish barcha sarmoyadorlar uchun muhim bo'lib, ular iqtisodiyotning umumiy sog'lig'ini ko'rsatib, uning barqarorligini oldindan belgilab beradi va investorlar vaqt o'tishi bilan iqtisodiy zo'riqishlar deb ataladigan kutilmagan yoki kutilmagan voqealarga javob berishga imkon beradi. Bundan tashqari, kelajakda nima bo'lishini, iqtisodiyotdan kutiladigan narsalar va bozorlar qaysi tomonga ketishi mumkinligini ochib beradigan tarzda, savdogarlarning "yashirin quroli" deb atash mumkin.

Mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘ lchash hamda baholash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o`sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va bosh iqtisodiyot turli tomonlarining o`zaro tengligi bo`lib, eng awalo, yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo`ladi. narxlar darajasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda jami sarflar va real yalpi milliy mahsulot o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aks ettiruvchi model (Qarang: Keynsancha iqtisodiy nazariya, Keyns D.).
Yashil” iqtisodiyot deganda ekologik xavf-xatarlarni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan barqaror rivojlanishga qaratilgan iqtisodiyot tushuniladi.
Insoniyat kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning taqchilligi, bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi, ijtimoiy tengsizlikning oshib ketishi kabi juda dolzarb muammolarga duch kelishni boshladi. Ushbu tizimli global inqirozlarning barchasi o‘zaro bog‘liqligi ularni alohida-alohida hal etib bo‘lmasligi, shuningdek, an’anaviy iqtisodiy yondashuv ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan ham ekologik, ham ijtimoiy maqsadlarning muvozanatini ta’minlay olmasligi ta’kidlanadi. An’anaviy iqtisodiy yondashuv ortiqcha iste’mol qo‘llab-quvvatlanishi, ijtimoiy qamrov sustlashishi hamda tabiiy resurslarning keskin kamayishiga olib kelsa, “yashil” iqtisodiy yondashuv bularni barchasini rad etib, ijtimoiy farovonlikni hamda ekologik barqarorlik muvozanatini ta’minlash uchun xizmat qiladi .
Oxirgi o‘n yillikda deyarli barcha mamlakatlarda tabiiy resurslardan foydalanishning hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirini oshirmasdan iqtisodiy farоvonlikni ta’minlashga qaratilgan shunday “yashil” iqtisodiyotga urg‘u berish tendensiyasi kuzatilmoqda hamda “yashil” iqtisodiyot konsepsiyasi ko‘pgina mamlakatlar uchun strategik ustuvor vazifa sifatida yuzaga chiqmoqda.
“Yashil” iqtisodiyot qayta tiklanuvchi energiya, yashil bino-inshootlar, barqaror transport, suv va yer resurslari hamda qattiq maishiy chiqindi boshqaruvi kabi sektorlardan iboratdir.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan dunyoda va alohida mamlakatlarda “yashil”

iqtisodiyotni rivojlantirish va “yashil” o‘sishga o‘tish holatini baholash imkonini beruvchi turli ko‘rsatkichlar to‘plamlari ishlab chiqilgan bo‘lib, amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda.


Xususan, bugungi kunda dunyo bo‘yicha “yashil” iqtisodiyot samaradorligini baholaydigan Global “yashil” iqtisodiyot indeksi (Global Green Economy Index – GGEI) hamda “Yashil” o‘sish indeksi (Green Growth Index – GGI) kabi xalqaro reyting ko‘rsatkichlari keng qo‘llanilmoqda.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling