Yo’nalishi” 3-kurs talabasi abduholiqov Adhamning neft


I.BOB.ATSETILIN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI


Download 0.68 Mb.
bet2/9
Sana08.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1465212
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Atsetilin ishlab chiqrish

I.BOB.ATSETILIN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
1.1 Аtsetilen ishlab chiqarish
Аtsetilen (CH≡CH) vinilxlorid, vinilatsetat (plastmassa olish uchun xomashyo), akrilonitril kislota (tola olish uchun xomashyo), xloropren kauchuklarini olishda ishlatiladi, uning 30% i avtogen svarkada sarflanadi.
Аtsetilen olishning bir nechta usullari mavjud:
1) kalsiy karbididan;
2) uglevodorod xomashyosidan:
a) metanni elektrokreking qilish usuli bilan;
b) regenerativ pechlarda metanni termokreking qilish usuli bilan;
v) metanni oksidlab piroliz qilish usuli bilan.
Kalsiy karbiddan atsetilen olish
XIX asrning oxiridan boshlab kalsiy karbiddan atsetilen olish usuli ishlab chiqilib, hozirgi vaqtgacha ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Аtsetilen olishning ushbu usuli ikki bosqichdan iborat:
1) elektropechlarda 2600–3000ºC da kalsiy oksidi va kokslarni ilk bor bir-birida eritish:
CaO+3C → CaC2+CO
2) kaltsiy karbidni suv bilan ishlab, atsetilen va ohak suti olish: CaО2+2n2О → C2n2+Ca(ОH)2
Birinchi reaksiya endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradi),
shu sababli 1 tonna atsetilen olish uchun elektr energiyasining sarfi 10000–11000 kVt-soat bo‘lib, ushbu usulning kamchiligi hisoblana- di.
Хomashyo manbalariga atsetilen ishlab chiqarishning bog‘liq emasligi (kalsiy karbidi transportda oson tashiladi) ushbu usulning afzalligidir.
Karbid usuli bilan olingan atsetilen yuqori tozalik darajasi (99% dan yuqori)ga ega.
Elektrokreking usuli
Elektrokreking – tabiiy gaz (metan)ni qayta ishlashda ishlatiladi. 2000–3000ºC haroratli elektr yoyi ta’sirida metan 1600ºC gacha
isishi natijasida atsetilen hosil bo‘ladi:
2CH4 16000C CH  CH  3H2
Elektr energiyaning sarfi xuddi karbid usulidagi singari bo‘ladi.
Аtsetilenni salmog‘i 50% bo‘ladi.
Regenerativ pechlarda termokreking jarayoni
Regenerativ pechlarda termokreking ikki sikl (davriy jarayon)da olib boriladi:
I sikl–pech nasadka (glinozem)larini 1350–1400ºC ga metanning yoqish orqali qizdirish:
II sikl (kreking fazasi)–qizdirilgan nasadkalar orqali metanni o‘tkazish; bunda metanning krekingi amalga oshib, natijada u soviydi. Аtsetilen salmog‘ini orttirish uchun II siklni 0,2 atmosfera vaku-
umda olib boriladi. Аtsetilen salmog‘i–35% ni tashkil etadi.
Metanni oksidlab piroliz qilish
Mazkur usulda metan kislorod bilan aralashtirilib, bir qism metan yoqiladi hamda hosil bo‘lgan issiqlik tufayli xomashyo 1600ºC ga- cha qiziydi va atsetilen olish reaksiyasi amalga oshadi:
11Ch4+О2 → 2C2h2+6SО+14H2+CО2+6h2О
Аtsetilen salmog‘i 30–32%.
Jarayonning uzluksizligi va pastroq energetik sarflar tufayli ushbu usul eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi, chunki atsetilen bilan bir qatorda sintez–gaz (CО+H2) ham hosil bo‘lib, oksosintez usuli bilan metanol va boshqa spirtlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Оksidlab piroliz qilishni bir turi sifatida uglevodorod gazlarining gomogen pirolizini ko‘rsatish mumkin.
Pech o‘txonasida xomashyo bir qismining kislorod bilan aralash- masi yoqilib, buning natijasida gaz harorati ko‘tariladi ~2000ºC ga ega bo‘ladi. Pechning o‘rta qismiga gaz oqimiga avvaldan 600ºC gacha isitilgan qolgan xomashyo kiritiladi. Хomashyoning parchala- nishi jarayonida atsetilen hosil bo‘ladi.
Mazkur usulning afzalliklari pech ishining ko‘proq xavfsizligi va ishonchliligidir, ammo uni tayyorlashda o‘tga chidamli materiallar kerak bo‘ladi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling