Yo’nalishi” 3-kurs talabasi abduholiqov Adhamning neft


Аtsetilenni ishlab chiqarishda uni olish usullari


Download 0.68 Mb.
bet3/9
Sana08.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1465212
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Atsetilin ishlab chiqrish

1.2 Аtsetilenni ishlab chiqarishda uni olish usullari
Turli usullar bilan atsetilen ajratib olingan gazning tarkibidagi miqdori taxminan 15% ni tashkil etadi, atsetilenning salmog‘i esa 30–50% gacha o‘zgarib turadi.
Sanoat miqyosida piroliz gazlari tarkibidan yuqori kontsentratsi- yali atsetilenni absorbsiya usuli bilan selektiv erituvchilar yordamida ajratib olinadi.
Аbsorbsiya usuli atsetilenni turli suyuq absorbentlarda gazning boshqa komponentlariga nisbatan yuqoriroq eruvchanligiga asoslan- gandir.
Аbsorbsiya jarayoni normal temperaturada olib borilib, selektiv erituvchilar: N–metil pirrolidon, dimetilformamidlarda va past tem- peratura (–70ºC)da esa metanol hamda atseton erituvchilari yorda- mida olib boriladi.
Atsetilen-rangsiz gaz bolib, toza holda efir hidiga ega; -83,8°C temperaturada (0,102 M Pa bosimda) kondensatsiyalanadi. Atsetilenning havo bilan 2,0-8,1% aralashmasi; kislorod bilan 2,8-78% aralashmasi portlash xavfiga ega. Atsetilen parchalanish natijasida katta miqorda issiqlik ajraladi: CH s CH —► 2C + H2; -AH°298 = 226,7kDj/mol Ushbu parchalanish kislorodsiz muhitda kerakli initsiatorlar ishtirokida sodir boMadi. 0,2MPa bosimda sodir boMadigan parchalanish uncha xavfli boMmaydi. Yuqori bosimdagi parchalanish reaksiyasi 1000 m/s tezlikdagi detonatsiya toMqinida portlash bilan sodir boMadi. Portlashni oldini olish uchun reaksiyani 0,2 MPa bosim ostida olib boriladi. Bosim ostida ishlash vaqtida atsetilen azot bilan suyultiriladi. Atsetilenni siqish uchun maxsus atsetilen kompressorlari qoMlaniladi. Atsetilenni yana bir muhim texnik xossalaridan biri, uning boshqa uglevodorod gazlariga nisbatan yaxshi erish xususiyati hisoblanadi. Masalan, 20 °C haroratda 1 hajm suvda 1 hajmga yaqin atsetilen eriydi,
60 °C da esa 0,37 hajm eriydi. Atmosfera bosimi va 20 °C da atsetilenning eruvchanligi quyidagicha,%: metanolda-1 1,2 ; atsetonda23, dimetilformamidda-32; N-metilpirrolidonda-37. Atsetilenni olish va boshqa gazlar aralashmasidan ajratishda atsetilenning eruvchanligi muhim ahamiyatga ega. Atsetilen ishlab chiqarishning ikki usuli mavjud: 1. Kalsiy karbiddan olish. 2. Uglevodorodlardan olish.
Atsetilenni kalsiy karbiddan olish texnologiyasi. Bizga ma’lumki, kalsiy karbidi kalsiy oksidi va koksdan olinadi. Reaksiya kuchli ekzotermik bo‘lib katta elektrenergiya sarfini talab etadi, bu esa ishlab chiqariladigan atsetilenning tan narxida o‘z aksini topadi. CaO + 3C —> CaC2 + CO Kalsiy karbidga suv ta’sir ettirilsa, atsetilen hosil boMadi (reaksiya ekzotermik tarzda sodir boMadi): CaC2 + 2H20 C2H2 + Ca(OH)2; -AH°298 =127,1 kDj/mol 1 kg texnik kalsiy karbiddan (tarkibida koks, kalsiy oksid va boshqa aralashmalar) 230-280 litr atsetilen olinadi. Nazariy jihatdan olganda esa 1 kg toza CaC2dan 380 litr atsetilen olish mumkin. Kalsiy karbidni parchalanish reaksiyasida jarayonni yaxshi sodir boMishi uchun ma’lum bir shart-sharoitlarga amal qilish kerak. Reaksiya geterogen boMganligi sababli, uning tezligi kalsiy karbidning yirik yoki maydaligiga bogMiq. Kalsiy karbid qancha mayda boMsa, reaksiya tezligi shuncha katta boMadi. Reaksiya aralashmasini aralashtirib turish kerak, chunki karbidning sirtida ohak qatlami hosil boMishi mumkin; u esa CaC2 ni toMiq parchalanishiga xalaqit beradi. Reaksiya muhitida hosil boMgan issiqlikni tashqariga chiqarib turish kerak, chunki atsetilen polimerlanishi yoki parchalanishi mumkin
Atsetilen generatorlari. Kalsiy karbidni suv ta’sirida parchalanishi sodirboMadigan apparatlami atsetilen genratorlari deyiladi. Issiqlikni chiqarish bo‘yicha generatorlar ikki turga boMinadi: 1. HoM turdagi generatorlar, bu generatorlardagi reaksiya issiqligi ortiqcha suv yordamida sovitiladi. Generatorlarda 1kg CaC2ga 10kg suv sarflanadi, bunda kalsiy gidroksid suvda suspenziya ko‘rinishida hosil boMadi uni tiklash mumkin emas. 2. Quruq turdagi generatorlar. Ulardagi issiqlik ortiqcha olingan suvning bugManishi natijasida reaksiya muhitidan chiqariladi. Bu usulda kalsiy gidroksid quruq holda hosil boMadi va uni qurilish materiallar! olishda qoMlash osonlashadi. 37 Ho‘l turdagi generatorlar reagentlami solish bo‘yicha quyidagi sistemalarga boMinadi: «suvga karbid», «karbidga suv» va kontaktli (suv va karbid o‘zaro ta’sirda). Sanoatda ko‘p miqdorda atsetilen olish uchun «Suvga karbid» turidagi generatorlami qoMlash xavfsiz hisoblanadi. Bu apparatlarda karbid bo‘laklari ortiqcha olingan suvga solinadi. Bu apparatni qizib ketishini oldini oladi va reaksiya issiqligini chiqarish uchun shart-sharoit yaratadi, «suvga karbid» turidagi atsetilen generatorlari bilan tanishamiz (11-rasm). Apparatning taxminan 3A qismi kalsiy gidroksidning suvli suspenziyasi bilan toMdiriladi. 50-80 mm oMchamdagi CaC2 dastlab, 1-oraliq bunkerga keladi, u yerdagi havoni siqib chiqarish uchun azot yuboriladi. Se‘ngra 2-konussimon qopqoq ochiladi va kalsiy karbid 2-bunkerga tushadi. Kalsiy karbidni kelishini avtomat tarzda 4-sektorli baraban boshqaradi. Sektorli baraban tezligini atsetilenga bo‘lgan ehtiyojga qarab boshqarib turiladi. Kalsiy karbid bo‘lakchalari 6-trubadan o‘tib 5-konusga keladi va karbidning parchalanishi 10-aralashtirgich yordamida 9-tuynukchalarda sodir boiadi. Aralashtirgich yordamida kalsiy karbid bo‘lakchalaridagi ohak qatlami tozalanadi

Kalsiy karbid suv ta’sirida parchalanishi natijasida kalsiy gidroksidining suvdagi suspenziyasi (ohakli sut). shuningdek, koks, 38 ferrosilitsiy aralashmasidan iborat shlam hosil boMadi. Shlam generatoming tagida cho‘kadi va 11-shlyuzli zatvorda yigMladi. Ohakli sut uzluksiz ravishda generatorning pastki qismidan chiqariladi va tindiriladi. Tindirilgan eritmaga suv qo‘shiladi va CaC2 ni parchalash uchun generatorga yuboriladi. Hosil boMgan atsetilenni generatordan tashqariga chiqariladi. Bosim ortib ketsa (4 00^50 MPa) ortiqcha hosil boMgan gaz 7-gidravlik zatvor yordamida atmosferaga chiqariladi. «Suvga karbid» turidagi generatorlarda soatiga 500 m3 atsetilen ishlab chiqariladi.
qariladi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling