Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
5140100- BIOLOGIYA TA’LIM 
YO’NALISHI TALABALARI UCHUN 
 
 
 
 
ODAM ANATOMIYASI
 
 
fanidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar: 
 
 
 
Shamsiyev N.A. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Buxoro – 2016  


 

KIRISH. ANATOMIYA FANINING MAZMUNI VA 
QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI. 
 
Anatomiya—grekcha so`z bo`lib—kesish, bo`lish degan ma'noni 
bildiradi. 
Odam  anatomiyasi  a'zolarning  tuzilishini,  shaklini  uning 
taraqqiyotiga,  vazifasiga  bog`lab  o`rganadigan  tibbiyotning  asosiy 
fani  hisoblanadi.  Bu  fan  har  bir  a'zoni  jinsiy  tafovutlarini,  yoshga 
qarab  o`zgarishini,  shuningdek  atrof  muhitning  a'zolar  tuzilishiga 
ta'sirini o`rganadi. 
Moskva  Universitetining  professori  Ye.O.Muxin  (1766-1850) 
odam  anatomiyasi  fanining  ahamiyatini  quyidagicha  ta'riflab:  „Odam 
anatomiyasini 
bilmagan 
shifokor 
foydasizgina 
emas—balkim 
zararlidir'" — degan edi. 
Anatomiyaning 
bo`limi 
bo`lib 
hisoblanilgan 
taqqoslash 
anatomiyasi  —  filogenez:  a'zolar  guruhini,  tana  tuzilishining  oddiy 
tuzilgan  guruhdan  murakkab  tuzilishga  ega  bo`lgan  oliy  guruhga 
mansub  hayvonlarda  taqqoslash  asosida  olib  boriladi.  Ontogenez—
homila  hosil  bo`lib,  uning  tana  a'zolari  rivojlana  boshlagan  davrdan 
qarilik  davrigacha  kuzatiladigan  o`zgarishlarni  o`rganadi.  Prenatal 
ontogenez  bo`limi:  a'zolar  shakllangandan  boshlab,  tug`ilishgacha 
bo`lgan davrdagi o`zgarishlarni o`rganadi. Prenatal ontogenez (homila 
taraqqiyoti)  o`z  navbatida  2  davrga  bo`linadi.  1)  2  oygacha  bo`lgan 
davr—embrional  davr  deyilib,  2)  3-9  oylardagi  davr  fetal  davr  (fetus 
—  homila)  deyiladi.  Homila  tug`ilgan  daqiqalardan  boshlab,  yoshga 
qarab  o`zgarishini  postnatal  ontogenez  bo`limi  o`rganadi.  Odam 
tuzilishi  va  taraqqiyotini  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  bog`lab 
o`rganadigan  bo`limga  —  antropogenez  deyiladi.  Homila  hujayra, 
to`qima  va  a'zolarining  tug`ilguncha  ona  qornida  o`sib  taraqqiy 
etishini  embriologiya  fani,  tug`ilgandan  boshlab  to  hayotining 
oxirigacha  bo`lgan  davrdagi  o`zgarishni  „yoshga  doir"  anatomiya 
o`rganadi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling