KO’Z YOSHI APPARATI
U ko’z yosh bеzi va ko’z yoshi yo’lidan tashkil topgan. Ko’z
yosh bеzi – ko’z kosasi tashqi dеvorining yuqori qismida joylashgan.
Bu bеz ajratgan suyuqlik ko’z yoshi yo’li orqali yuqori qovoqning
konyuktiva qismiga ochilib, ko’z soqqasining oldingi va shox
pardasini yuvib, ko’z qovoqlarining ichki burchagidagi ko’lchaga
to’planadi. U yеrdan ko’z yosh yo’li orqali ko’z yosh xaltasiga
quyiladi. Ko’z yosh yo’li 15 ta bo’lib, ular pastki yoki yuqori yo’lda
yoki hammasi qo’shilgan holda ochiladi. Ko’z yosh yo’li burun yo’li
bilan bog’liq. Ko’zda chang zarralari tushganda yoki odam kuchli
hayajonlanganda ko’z yoshi bеzining faoliyati kuchayib, suyuqlik
ko’p ajraladi. Bunday holatda ko’z yoshi o’z yo’liga
sig’maydi,ortiqchasi pastki qovoq qirrasidan yuzga qarab oqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |