“Yo‘naltiruvchi matn” metodi
Rasm-1. “Yo‘naltiruvchi matn” metodida o‘qituvchisi va talaba faoliyati
Download 41.51 Kb.
|
yo\'naltiruvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm-2. “Yo‘naltiruvchi matn” metodining tuzilmasi “Yo‘naltiruvchi matn” metodining bosqichlari
- Yo‘naltiruvchi matn” metodining afzalliklari
- Yo‘naltiruvchi matn” metodining kamchiliklari
Rasm-1. “Yo‘naltiruvchi matn” metodida o‘qituvchisi va talaba faoliyati
beriladi. Bunday hujjatlarga texnik chizmalar, jadvallar, yo‘naltiruvchi savollar, tarqatma materiallar, topshiriqlar varaqasi, baholash varaqasi va boshqalar kiradi. Quyidagi chizmada “Yo‘naltiruvchi matn” metodining tuzilmasi keltirilgan (Rasm-2). O’qituvchi topshiriqlarni, tarqatma materiallarni va yo‘naltiruvchi savollarni ishlab chiqadi. 2. Talabalar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar, yo‘naltiruvchi savollar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar va “Yo‘naltiruvchi matn” tuzadilar. Rasm-2. “Yo‘naltiruvchi matn” metodining tuzilmasi “Yo‘naltiruvchi matn” metodining bosqichlari 3. So‘ngra talabalar mustaqil ravishda “yo‘naltiruvchi matn” asosida ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim talabalar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalar va yordamchi vositalarni rejalashtirilishi lozim. 4.Talabalar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Ta’lim talabalar bajariladigan ishlar ketma-ketligi bo‘yicha qaror qabul qiladilar, muhandis-pedagog esa faqat maslahatchi sifatida ishtirok etadi. 5.Talabalar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda yakka tartibda yoki guruhlarda amalga oshiradilar. Bu bosqichda ta’lim talabalarning amaliy ko‘nikmalari shakllanadi. Muhandis-pedagoglar topshiriqning bajarilishini “Nazorat varaqasi”ga qayd qilib boradi. 6.Talabalar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar va “Baholash varaqasi”ni to‘ldiradilar. “Baholash varaqasi”da sifat mezonlari, ya’ni talab etilgan me’yorlar beriladi va ular erishilgan natija bilan taqqoslanadi. 7. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi va talabalar birgalikda ish jarayonini va erishilgan natijalarni yakuniy suhbat davomida tahlil qiladilar. Ushbu suhbatda barcha ta’lim talabalarning natijalari baholanadi va kelajakda ish jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi. “Yo‘naltiruvchi matn” metodi “Loyiha” metodi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu ikki metodni bir-biridan quyidagi nuqtai nazar bo‘yicha farqlash mumkin: “Yo‘naltiruvchi matn” metodi talabalarning mustaqil o‘rganishiga qaratilgan; “Loyiha” metodi esa talabalarning mustaqil o‘rganishidan tashqari, e’tiborni kasb o‘rganishda kerak bo‘ladigan shaxsiy qobiliyatlar va ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan. “Yo‘naltiruvchi matn” metodining afzalliklari: - talabalarning ko‘nikma va malakalarining shakllanishiga olib keladi; - talabalarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi; - talabalarda muloqot qilish, o‘z natijalarini o‘zi tekshirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi; - talabalarda ish-harakatlarni rejalashtirish, mustaqil qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi. “Yo‘naltiruvchi matn” metodining kamchiliklari: - ko‘p vaqt talab qiladi; - tanlangan mavzu talabaning bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi; - o’qituvchidan katta tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Xulosa Zamonaviy ta’lim tizimida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar negizida amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik o’yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Didaktik o’yin o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o’yin ham ijtimoiy faoliyat ko’rinishi sanaladi. Hozirgi vaqtda o’qituvchilar qo’lida barcha o’quv fanlari bo’yicha didaktik o’yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim bo’yicha yaratilgan o’quv dasturlarda turli didaktik o’yinlarning ro’yxati yetarli darajada ko’rsatilgan. Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo’nalishi jihatidan xilma-xil bo’lgan kompyuter o’yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O’yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo’riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o’yinlardan foydalanilganda o’quvchilarning manfaatdor bo’lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o’yin ijobiy natija bermaydi. Maktablardagi ta'limning hamma bosqichlarida o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish juda muhimdir. Lekin kichik yoshligidan boshlab ularning ijodiy fikrlashini shakllantirish alohida ahamiyatga ega. Chunki boshlang’ich sinflarda, xususan, ta'limning birinchi yili bolalarda o’qish qobiliyatlari shakllana boshlaydi. O’quvchining ijodiy fikrlashi yangilik kashf etishida, ko’rilayotgan narsani yaratishning boshqacha usulini topishda, o’quv. materialidan o’zgacha bog’lanishlarni ochib berishi va xokazolarda aks etadi. O’quvchilarning namunaga tayanmay qandaydir yangi narsani yaratish qobiliyati ijodkorlikni talab qiladigan faoliyatda rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishda ta'limiy topshiriqlar muhim rol o’ynaydi. Bunday topshiriqlar fikrlash faodiyatining maqsadi sifatida xizmat qiladi va uning xarakterini belgilaydi. Topshiriqlarning har xil turlari kichik maktab yoshidagi o’quvchilar fikrlashining rivojlanishiga turlicha ta'sir ko’rsatadi. Download 41.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling