Yong‘in o‘chirish vositalari. Reja
Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Download 24.13 Kb.
|
Yong‘in o‘chirish vositalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish
Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar: yong‘in kelib chiqqan taqdirda o‘z sog‘lig‘i va mol-mulkining himoya qilinishi; yong‘in tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi; o‘z sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish; yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda axborot olish; yong‘indan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yong‘inlarni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rish; yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmatiga ko‘maklashish; yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega. Fuqarolar: yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi; yong‘inni sezib qolganda bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; o‘ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‘jalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yong‘in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko‘zdan kechirishi va tekshirishi uchun yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab yo‘riqnomalarida va boshqa yo‘riqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak. Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turarjoylari va boshqa binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chog‘ida yong‘in xavfsizligini ta’minlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi. Download 24.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling