Yong’in o’chirgichlar quyidagi turlarga bo’linadi: - ko’chma yong’in o’chirgich;
- transportlanadigan yong’in o’chirgichlar;
Yong’in o’chiruvchi moddalarning turiga ko’ra: - suvli yong’in o’chirgichlar;
- ko’pikli (havo-ko’pikli, kimyoviy - ko’pikli) yong’in o’chirgichlar;
- kukunli yong’in o’chirgichlar;
- gazli (uglеkislotali, xladonli) yong’in o’chirgichlar.
- Ko’chma yong’in o’chirgich - konstruktiv tuzilishiga ko’ra og’irligi 20 kg gacha bo’lgan hamda fuqarolarni ko’tarishida qulay hisoblanadigan yong’in o’chirgich.
- Transportlanadigan yong’in o’chirgich - (og’irligi 20 kg dan 400 kg gacha bo’lgan) g’ildirakga va aravachaga o’rnatilgan yong’in o’chirgich.
- Suvli yong’in o’chirgichlar - suv va suv qo’shimchalari bilan to’ldirilgan yong’in o’chirgichlar.
- Havo-ko’pikli yong’in o’chirgichlar - suv qorishmalari va ko’pik hosil qiluvchi modda qo’shimchalari bilan zaryadlangan yong’in o’chirgichlar.
- Kimyoviy-ko’pikli yong’in o’chirgich - kimyoviy modda bilan zaryadlangan yong’in o’chirgich, ishga tushirish vaqtida rеaksiyaga kirishi oqibatda ortiqcha bosim va ko’pik xosil qiladi.
- Kukunli yong’in o’chirgich - kukun bilan zaryadlangan yong’in o’chirgich.
- Uglеkislotali yong’in o’chirgich - uglеrod ikki oksidi bilan to’ldirilgan yong’in o’chirgich.
- Xladonli yong’in o’chirgich - goloidli uglеvodorod asosida yong’in o’chirish moddasi bilan to’ldirilgan yong’in o’chirgich.
Do'stlaringiz bilan baham: |