Yong‘in xavfsizligi 13-mashg‘ulot (2soat) yong‘in sodir


Download 12.99 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi12.99 Kb.
#1160523
Bog'liq
6 seminar




Yong‘in xavfsizligi


13-mashg‘ulot (2soat)
YOng‘in sodir bo‘lgan joylardan chiqishda evakuatsiya yo‘llarini mo‘ljallash. YOng‘in- portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar
Reja:

  1. YOng‘inning fizik-kimyoviy asoslari, fazalari va portlash chegaralari

  2. YOng‘in bo‘lgan joylarda evakuatsiya chora-tadbirlari va ularni tashkil etish

  3. YOng‘in haqida xabar berish, yong‘in darakchilari va aloqa tizimi

YOnuvchi bug‘ va gazsimon moddalarning yonish va portlash xavfi ularning alangalanish chegaralari, chaqnab yoki alangalanib yonish harorati va alanganing tarqalish tezligi bilan belgilanadi.
YOnuvchi gazning havodagi kislorod bilan aralashmasi yonish uchun etarli darajada yig‘ilib qolgan muhitda haroratning ko‘tarilishi, uning o‘zidan-o‘zi alangalanib ketishiga sabab bo‘ladi. Aralashmaning yonishiga sabab bo‘lgan dastlabki haroratni, uning alangalanish harorati deb ataladi. Gazning havo bilan aralashib yonishi har qanday aralashma holatida ham amalga oshavermaydi, balki ma’lum chegaraviy miqdordagi aralashma hosil bo‘lganidagina yonishi mumkin. SHuning uchun ham aralashmalarning alangalanadigan miqdorlari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda gazlarning quyi chegara miqdori deb, ularning alanga hosil qilgan holatidagi minimal miqdori tushuniladi va ana shu quyi chegara, sanoat korxonalarining yong‘in va portlash
xavfiga moyillik toifalarini aniqlashda asosiy me’zon bo‘lib xizmat qiladi.
qurilishda ishlatiladigan ba’zi yonuvchi modda va ashyolarning yonish va portlash xavfi o‘zaro bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ammo ahamiyatli farqi shundaki, portlash jarayonida alanganing atrofga tarqalish tezligi yong‘indagiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. YOnuvchi gaz va bug‘larning
havo bilan gomogen aralashmasi ma’lum sharoitda portlab yonish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Bino va inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlovchi bosim kuchini aniqlash va engil otiluvchi himoya qurilmalarini loyihalash uchun yong‘in paytida alangani tarqalish tezligini
bilish juda zarur hisoblanadi.
Modda va ashyolarning yonuvchanlik va portlash xususiyatlari ularning yonish jarayonidagi agregat holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar yonuvchi
moddalarning agregat holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Jumladan, yonuvchi modda gazsimon bo‘lganda bu ko‘rsatkichlar quydagilardan iborat bo‘ladi:

  • alanganish chegara miqdori (ACHM);

  • alangani tarqalish tezligi (ATT);

  • kislorodni portlashdagi quyi miqdori (KPqM-MVSK);

  • o‘z-o‘zidan alangalanish va chaqnab yonish harorati (Ta);

  • portlash jarayonidagi xavfli bosim (Rmax);

  • bosimni ko‘tarilish tezligi (dP/dt) va boshqalar.

YOnuvchi gazsimon moddalarning atmosferada alangalanish chegaralari, ularni ma’lum atmosfera bosimi ostida, tashqi harorat manbai ta’siridan (butun hajmi bo‘yicha) alangalanaolish imkoniyatiga ega bo‘lgan, havodagi nisbiy miqdori bilan aniqlanadi. Bunday holatdagi gazlarning yonish va portlash chegaralari ikkita, ya’ni quyi va yuqori chegara miqdorlar hajmida bo‘ladi. Aralashma tarkibidagi yonuvchi gazsimon moddaning aralashmada portlash yoki yong‘inni keltirib chiqaraoladigan eng ko‘p miqdori, uning yuqori chegaraviy miqdori (YUCHM), vayonishsodir bo‘lmaydigan eng kam miqdori esa quyi chegaraviy miqdor (qCHM) deyiladi.
Havoning tarkibida yonuvchi gaz va chang moddalarining yig‘ilib qolishi, yong‘inni keltirib chiqaradigan asosiy sabablardan hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi uchun xizmat qiladigan isitgich bug‘xonalarida bunday holatning sodir bo‘lishiga, ulardagi asbob va uskunalarni ishlatishda

xavfsizlik qoidalariga rioya qil-maslik, elektr yoritgichlar va dastgohlardagi nosozliklar, qozon o‘txonasida va gaz uzatgich quvurlarda portlash xavfini chaqiruvchi aralashmalarni hosil bo‘lishi, yonuvchi moddalar bug‘i va changini hamda neft mahsulotlariga bulangan lattalarning o‘z-o‘zidan alangalanishi, gaz uzatgich quvurlarning uloq joylari-dan gazning oqib chiqishi, gaz aralashmasi xavfli miqdorga etishi mumkin bo‘lgan xonalarda elektr tarmog‘idan uchqun chaqnashi, chekish uchun gugurt chaqilishi, elektr payvandlash ishlarini olib borilishi va boshqalar asosiy omillardan bo‘ladi.


YOnuvchi gazlarning havo bilan harqanday nisbatdagi oddiy aralashmasi o‘z-o‘zidan alangalanavermaydi, balki uning harorati ma’lum miqdordan, ya’ni alangalanish haroratiga teng yoki undan yuqori bo‘lgandagina yonishi mumkin.
quyida jad. 2 da kundalik hayot faoliyatimizda ishlatiladigan tabiiy va sun’iy hosil bo‘ladigan asosiy yonuvchi gazlarni alangalanish harorati va chegaralaridan namunalar berildi [12].
Tarkibida yonmaydigan gazlarning miqdori ko‘proq bo‘lgan aralashmalarni alangalanish chegarasini aniqlashda bu formula kerakli aniqlikni ta’minlab berolmaydi, shu sababdan bu xildagi aralashmalarni alangalanish chegaralarini aniqlashda, yuqori aniqlikdagi murakkab formulalardan foydalaniladi yoki alangalanish chegaralari tajriba usuli bilan aniqlanadi.

Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bulajak yong‘in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirini oldini olishdan iborat. Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligiga va ularda mavjud ishlab chiqorish jarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xomashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi.


Umumittifoq texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24-86. 1.2.3) va qurilish qoidalari va me’yorlari (KMK 2. 01.02-85) ga binoan sanoat korxonalari va omborlari yonish va portlash xavfi bo‘yicha 5-ta toifalarga bo‘linadi, jumladan A, B, V, G va D. Bularning A va B toifalari yonish va portlashga moyil. V va G toifalari bo‘lsa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. D toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas.
Bino va inshootlarni bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug‘lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muxitni hosil qiluvchi agregat holati va ularning alangalanish harorati (Ta)- ga binoan amalga oshirilgan.
A–toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan past bo‘lgan, yonuvchi gaz va engil alangalanuvchi suyuqlik bug‘lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo‘lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo‘ladigan, korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining aseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan yuqori bo‘lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug‘lari, yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan suv bilan qo‘shilganda xavfli, portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo‘lib, ular yonganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo‘ladi. Bunga ammiak ishlab chiqorish sanoatini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
V-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va B toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab yonish harorati 120oS dan yuqori bo‘lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish hamda har xil yoqilg‘i moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog‘ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg‘oz, kardon, to‘l qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘rsatish mumkin.
G-toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho‘g‘langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug‘xonalar misol bo‘laoladilar.


D–toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan va saqlanadigan sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika va sement zavodlari shular jumlasidandir.
Bino va inshootlarni yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so‘ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo‘lsayu, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5% dan kam bo‘lmasa yoki sathi 200 m2dan ko‘p bo‘lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda har xil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo‘lsayu, A va B toifadgi xonalarning yig‘indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo‘lmasa yoki sathi 200 m2 dan ziyod bo‘lsa, bu bino B toifaga mansub bo‘ladi
Download 12.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling