Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda korxonalarda olib boriladigan ishlar


Download 20.23 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi20.23 Kb.
#1016671
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yong\'in xavfsiz. asos

Evakuatsiya yo‘Ilari
Har bir sanoat korxonasi uchun mo‘ljallangan bino loyihalanayotganda albatta yong‘in vaqtida kishilarni u yerdan o‘z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatini yaratadigan evakuatsiya yo‘llari tashkil qilinadi. Evakuatsiya yo‘llari har qanday sanoat korxonasi uchun albatta eng kamida 2 ta bo‘lishi kerak. Yong‘in bo‘lgan taqdirda ishchilar sanoat korxonasi xonasidan eng qisqa yo‘l orqali belginlangan ma'lum vaqt ichida chiqib ketishlari zarur.
QMQ 2.01.02-92 ga asosan sanoat korxonalaridan tashqariga chiqib ketish yo‘llari, koridorlari va qavatlaridan tushish yo‘llari hisoblab chiqiladi.
Evakuatsiya yo‘llarining eni I m dan, eshiklarning eni 0,8, bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan koridorlar, zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan zinapoyalar va ularni joylashtirish mo‘ljallangan kataklar uchun ma'luni tartibda talablar qo‘yiladi. Masalan, zinapoya o‘rnatilgan kataklarda tutun to‘rejamaydigan bo‘lishi, ya'ni tutunni chiqarib yuborish uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta'minlovchi texnik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Yoki zina kataklari ichkari tomonda yong‘in bo‘lishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan bo‘lib, tashqi tomondan yoritiladigan bo‘lishi mumkin. Butunlay katak bilan to‘silmagan zinapoyalardan ham foydalanish imkoniyati bor, bu zinapoyalar tashqi ochiq tomonda bo‘lsa, evakuatsiya imkoniyati yanada ortadi. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong‘inga qarshi narvonlar o‘rnatilishi kerak.
Evakuatsiya yo‘llarining hisobi, shu joydagi barcha ishchilarning chiqib ketishi uchun kerak bo‘ladigan vaqtni belgilash bilan amalga oshiriladi.
Yong‘in bo‘lgan xonalardagi tutunni chiqarib yuborish vositalari
Ma'lumki, yong‘in bo‘lgan vaqtda undan hosil bo‘lgan tutun nihoyatda katta hajmni tashkil qiladi. Shuni aytish kerakki, yong‘inning inson uchun eng zararli omili ham mana shu tutun ta'siridan bukilish va zaharlanish, ayniqsa, ko‘proq uchraydi. Tutunning tarqalish va bukuvchi ta'siri natijasida binodagi odamlarni evakuastiya qilish qiyinlashadi va alangalanayotgan yerga yetib borishning qiyinlashishi o‘tni o‘chirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Tutun, ayniqsa, ko‘p qavatli binolarda ko‘p qiyinchilik tug‘diradi.
Bu tutun va gazlarni eshik va derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali, maxsus konstruksiyadagi tutun chiqarib yuborish oraliqlari ta'minlanadi), yengil qulaydigan devorlar (max­sus ishlangan) orqali ham chiqarib yuborilishi mumkin.
Tutun chiqarib yuborish oraliqlari hosil bo‘lgan tutunni yonidagi xonalarga o‘tkazmaslikni ta'minlashi, shuningdek, yong‘inni tartibga keltirishi, ya'ni yong‘inni kerakli yo‘nalishga yo‘naltirish imkoniyatini berishi kerak. Yerto‘la xonalarda, fonarsiz sanoat binolarida va omborlarda tutun chiqarib yuborish teshiklari qo‘llaniladi. Bu teshiklarning kesim maydonlari hisoblash yo‘li bi­lan topiladi. Yengil qulaydigan devorlar konstruksiyalari oldindan hisoblab o‘rnatilgan bo‘ladi va yong‘in natijasida hosil bo‘lgan gazlar bosimi xavfli vaziyat vujudga keltirsa, bu konstmksiyalar qulab, binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetkazmaslikni ta'minlaydi. Yengil qiluvchi konstruksiyalar asosan binoning tash-qariga chiqib turgan devorlariga yoki to‘siqlariga o‘rnatilgan bo‘ladi. Bular bosim ma'lum miqdordan oshib ketganda bu gazlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi.



Download 20.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling