DAVLAT YONG`NNI NAZORAT QILISH ORGANI
Davlat yong`inni nazorat qilish respublika Ichki ishlar Vazirligining yong`indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong`inni nazorat qilish organlari zimmasiga yong`indan muhofaza qilishga oid qoidalar, qo`llanmalar ishlab chiqish va nashr qilish, yong`inni oldini olishga oid qoida va me'yorlar, tadbirlarning hamma korxonalar, hamda aloxida shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, loyihalash, qurish
vaqtida yong`inni oldini olishga oid talablarning bajarilishini tekshirish (xulosalar berish), o`t o`chiruvchi bo`linmalarning ishga shay turishini hamda o`t o`chirish vositalarining benuqsonligini tekshirish vazifalari yuklanadi.
Davlat yong`inni nazorat qilish organlari yong`inni , me'yor va ko`rsatmalarining buzilishiga aybdor bo`lgan mas'ul shaxslarni ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish, yong`in xavfi tug`ilganda ob'ektdagi ishlarni qisman yoki butunlay to`xtatib qo`yish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |