Yong’inga qarshi suv havzalari va ularni hisoblash


Download 24.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi24.5 Kb.
#218304
Bog'liq
Yonginga qarshi suv


Yong’inga qarshi suv havzalari va ularni hisoblash

Yong’inga qarshi suv xavzasi 3 soat davomida o’t o’chirishga etib borishi kerak. Uning hajmi ATKda saqlanadigan avtomobillar soniga va ishlab chiqarish toifalariga bog’liq. ATKda 50...100 bo’lsa-5l/sek, 101-200 > 200 bo’lsa-15l/sek. Suv xavzasi yil davomida to’ldirib turadigan manbaga ega bo’lishi lozim. Uni to’ldirishga ketadigan vaqt: A,B,V toifalar uchun-24 soat, G,D toifalarga-36 soat. Agar manba shu vaqtlarda havzani to’ldirolmasa, qo’shimcha havza qurish kerak.




(33)
∆ Q-qo’shimcha suv xajmi

Qasosiy-xisobga ko’ra suv havzasi hajmi

k-havzaning to’lish koeffistienti

k=

Suv xavzasining asosiy hajmi.

Qasosiy=3600qt, l (34)


q- suv sarfi, l/sek

t- o’t o’chirish vaqti (3 soat)

Suv xavzasining umumiy xajmi quydagicha aniqlanadi:
Qumumiy= Qasosiy+qo’shimcha + ΔQ (35)
Suv xavzasi radiusi


Qumumiyr2h;

(36)
h-xavza chuqurligi, ≤3,5 m bo’lishi kerak.

8.O’t o’chirishning kichik-texnik vositalari zamonaviy ishlab chiqarishni qoniqtirmaydi. Yong’inni o’chirishning muvaffaqiyatli chiqishi, avvalo, tez xabar berilib, eng samarali vositalar ishga tushirilishiga bog’liq . Bularga faqat avtomat tarzda ishlaydigan qurilmalar yordamida erishish mumkin. Shunda yong’inni o’z vaqtida o’chirish “boy berilishi” mumkin bo’lgan yong’in bo’lmaydi.

Yong’in jihatidan juda xavfli ishlab chiqarishda, o’tni suv bilan o’chirish joiz bo’lsa, sprinkler va drencher (sachratib beruvchi va suv parda xosil qiluvchi) uskunalardan foydalaniladi.

Sprinkler uskunasi tom yopqich ostiga joylashtirilgan vodoprovod quvurlar tarmog’i bo’lib, ularda doim suv bo’ladi (isitilmaydigan binolarda-havo), doim bosim bilan turadi, ularga sepadigan kallak (sprinkler)lar o’rnatiladi. Kallaklar soni pol yuzasidan kelib chiqib topiladi (bir kallakka 9-12m2 yuza to’g’ri kelishi kerak). Binodagi harorat odatdagidek bo’lsa, kallak teshigi engil eriydigan qopqoq-klapan bilan berk turadi. Xarorat ko’tarilsa bu klapan erib ketadi, suv kallakka bosim bilan kelib, rozetkaga tegadi va sachrab ketadi. Sprinklerlar 72,93,141,182ºC larga hisoblab tayyorlanadi, kavshar sifatida vismut , qo’rg’oshin, kadmiy va qo’rg’oshin qotishmasi ishlatiladi. Sprinklerli tizim yong’in manbaiga bevosita suv sepib beradi. Yong’in boshlanib bittagina kallak ochilsa ham, maxsus klapan trevoga signali beradi. Kallak yuqori haroratli joydagina ochiladi, bundan tashqari yong’in chiqib, harorat oshgandan keyin ham 2-3 min. o’tgach ochiladi. Bunaqa inerstiyalilik maqul emas, suvni esa bino (xona) ning ba’zi joylariga emas, hamma yuzasiga sepish kerak. Shu maqsadlarda guruxli drencher uskunasi qo’llanadi. Bunda sprinkler kallak o’rniga drencherlar- qopqog’i yo’q, ochiq, suv sepadigan kallaklar qo’yiladi. Oddiy paytlarda guruxli ishga tushadigan klapan tarmoqqa suv o’tkazilmaydi. Klapan avtomat tarzda yoki qo’l kuchi bilan echiladi, trevoga signali beriladi.

Yuqorida aytilgan uskunalar ko’pik bilan ham ishlaydi. Havo-mexanik ko’pik hosil qilish uchun maxsus sepkichlar va generatorlar bo’ladi.



9. ATKda eng ko’p tarqalgan aloqa vositasi shahar telefon tarmog’idir. Avtomat telefon stanstiyasi orqali o’t o’chirish komandasi 01 raqami bilan chaqiriladi.

Eng mukammal aloqa vositasi yong’in signalizastiyasi bo’lib, u ikki xil bo’ladi: elektrli va avtomatik. Elektrli yong’in signalizastiyasida xabar bir necha sekundda tarqaladi.

Signalizastiya tizimi qabul qiluvchi stanstiya va unga ulangan darakchilardan tashkil topgan.

Yong’in signalizastiyasi korxonaning yong’in deposiga o’rnatiladi. Darakchilarni ishga tushirish usuliga qarab yong’in elektr signalizastiyasi nurli ishlaydigan va shleyfli bo’ladi. Birinchisida, har bir darakchi qabul qiluvchi stanstiya bilan ikkita sim (to’g’ri va qaytuvchi) yordamida ulanadi. Stanstiya bir vaqtning o’zida hamma darakchilardan signal qabul qila oladi. Ikkinchisida, tizimning hamma darakchilari bitta umumiy sim (shleyf)ga ketma-ket ulanadi; simning uchi va oxiri qabul qiluvchi stanstiyaga keladi.

Bitta shleyfga 50 ta gacha darakchini ulash mumkin. Darakchilarning qo’l yordamida va avtomat tarzda ishlaydigani bor. Birinchisi ko’zga tashlanadiga joylarga, yo’laklarga, zina poyalar koridorlarga o’rnatilgan tugmalardan iborat.

Ikkinchisi ishga tushiruvchi impuls turiga qarab tutunli, issiqlikli, yorug’likli, ultratovushli va qurama bo’ladi.

Tutundan ishlaydigan darakchi-ADIda ionlovchi kamera bor. Unga tutun kirganda ionlovchi tok o’zgaradi, elektron rele ishga tushib, yorug’lik yoki ovoz signalini beradi.

Issiqlikdan ishlaydigan darakchilar ATIM-1, ATIM-3, DTL va boshqalarda sezgir asbob bo’lib, u bino (xona) harorati o’zgarishini sezadi va signal beradi. Darakchilar 60, 80, 1000 (haroratlardan birida ishga tushib 50 sek davom etadi; nazorat maydoni bir darakchi uchun 15-30 m2.

Yorug’lik ta’sirida ishlaydigan darakchi(SI-1) alanganing yorug’ligidan ishlab ketadi. Yonadigan jismlar infraqizil va ultrabinafsha nur taratadi.

Qurama darakchilar issiqlikdan va tutundan ishlaydigan darakchilarning ishini bajaradi. Nazorat maydoni 100 m2.

Ultratovushli datchiklar (DUZ-4 yopiq bino (xona ichida harakatlanayotgan ob’ektlar ta’sirida ishlaydi. Masalan, alanganing harakati, odam harakati. Datchik Dopler effektidan foydalanadi. Bu effekt – kuzatuvchi qayd qilgan to’lqin chastotasining (tovush, elektrromagnit) kuzatuvchi va manbaning o’zaro harakati tufayli o’zgarishidan iborat.

Nazorat etilayotgan xonada taralayotgan 20 kGst chastotali ultratovush to’lqinlarni, u erga o’rnatilgan o’zgartirgichlar qabul qiladi, ular mikrofon prinstipida ishlab, qavo tebranishlarini elektr signalga aylantiradi. Nazorat xonasida tebranayotgan alanga bo’lmasa, o’zgartirgichdan kelayotgan signal taralayotgan chastotaga mos keladi. Harakatlanayotgan ob’ekt bir bo’lsa, ultratovush tebranishlar taralayotganidan boshqacha chastota hosil qiladi.

Taralayotgan va qabul qilinayotgan signallar chastotalaridagi farq elektr tokining 5-30 Gst oraliqda og’ishi sifatida elektron blokda qayd etiladi. Bu signal kuchaytiriladi, qabul stanstiyasidagi qutblangan rele ishga tushib ketadi.

Darakchilar nazorat qiladigan yuza 1000 m2. ularning sozligini kuzatib turish lozim. Masalan, issiqlikdan ishlaydigan darakchilar bir yilda bir marta, ko’chma issiqlik manbai yordamida (reflektorli elektr lampa, 150 Vt) tekshiriladi. Tutunli va qurama darakchilar har oyda bir marta, ko’chma manbalar yordamida tekshiriladi.



Yorug’likdan ishlovchi darakchilarni shag’am yoki gugurt cho’plar yordamida tekshirish mumkin.
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling