Yong’inning oldini olish uni o’chirishdan oson! Yong’inni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling
Download 172.15 Kb.
|
YONG`IN
- Bu sahifa navigatsiya:
- YONG’IN SODIR BO’LGANDA XAVFSIZLIK QOIDALARI
- BIRLAMCHI O’T O’CHIRISH VOSITALARI
- Uglekislotali o’t o’chirish vositasini ishlatish tartibi
- Kukunli o’t o’chirish vositalari
- Ishlatish tartibi
- Mumkin emas
Bularni bilish kerak!
Ho’l sochiq yoki qalin gazlama nafas olish organlarini tutundan saqlaydi; Vaqtida (tez yordam kelguncha) qilingan sun’iy nafas jabrlangan kishining hayotini saqlab qoladi; Sun’iy nafas oldirish ochiq havoda bo’lishi kerak; Odamlar badanidagi kuygan joylarni vodoprovod suvida yuvish tavsiya etiladi. Yong’in chiqsa, 101-raqamiga qo’ng’iroq qil YONG’IN SODIR BO’LGANDA XAVFSIZLIK QOIDALARIMumkin emas:O’t o’chiruvchilarni chaqirmay yong’in bilan mustaqil kurashish; Elektr asboblarini tokdan o’chirmay suv bilan o’chirish (tok urib olishi mumkin); Tutunni chiqarib yuborish uchun deraza va eshiklarni ochish (yong’in toza havo kirishi natijasida kuchayadi); Katta maydon yong’in ostida qolgan vaqtda liftdan foydalanish (odam liftda qamalib va tutundan bo’g’ilib qolishi mumkin); Tutunli yo’lak yoki zinapoya orqali chiqishga harakat qilish (tutun zaharli, issiq havo esa o’pkani kuydirishi mumkin); Tarnov quvurlaridan, arqon va boshqa narsalarga osilib tushish (qulab tushish ehtimoli katta); Derazalardan sakrash (3 qavat va undan yuqorisidan sakrashning har ikkinchisi o’lim bilan tugaydi). BIRLAMCHI O’T O’CHIRISH VOSITALARIUglekislotali o’t o’chirgichKukunli o’t o’chirgichUglekislotali o’t o’chirish vositalariO’t o’chirish vositasi havo kirmasa ham yonadigan moddalarni o’chirish uchun mo’ljallangan. Elektr yurgizgichlarni, elektr asbob uskunalarni, kimyoviy labaratoriyalarda, arxivlarda va muzeylarda yong’in o’chirishda tengi yo’q. Past haroratdan qo’rqmaydi. Uglekislotali o’t o’chirish vositasini ishlatish tartibiPlombasini buz va mixini chiqarib yubor. Olovga o’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragini yo’naltir. Richagni bos. Kukunli o’t o’chirish vositalariQattiq, suyuq va gazsimon moddalar, shuningdek 1kv gacha kuchlanishdagi elektr qurilmalardagi yong’inni o’chirish uchun mo’ljallangan. O’t o’chirish vositalari bilan avtoulov, garaj, ombor, ofis va banklar, sanoat obyektlari, kasalxonalar, maktablar, shaxsiy uylar va h.k. ta’minlanadilar. Ishlatish tartibi:Mixini sug’urib tashla; Tugmachasini bos; Jo’mragini olovga yo’naltir; Qo’llanayotganda silkitib turish kerak; O’t o’chirish vositasini tik holatda ishlat (teskarisiga o’girilmasin!). Mumkin emas:O’t o’chirish vositasini yotiq ushlash va teskari ya’ni boshini pastga qilish; O’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragiga qo’l yoki badanning boshqa ochiq joyi bilan tegish (uning harorati –60-70°C gacha pasayib ketadi); Jo’mragini kuchlanish ostidagi elektr uskunalariga 1m masofadan yaqinlashtirish. Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling