Yonish reaksiyalari Yonish reaktsiyasi ta'rifi va namunalari


Download 1.23 Mb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1374873
1   2   3
Bog'liq
3.Yonish reaksiyalari

[1] qizdirildi va «tuproq»qa (oksidlandi) aylantirildi. Umumiy vazn o‘zgarishsiz saqlandi. Demak, Qalayning vazni Robert Boyl taxmin qilganidek, qandaydir «olov moddasi» hisobiga ortib qolishi mumkin emas. Lekin shunisi aniqki, metall vazni ortdi! Qayd qilingan bu ortiqcha vazn qizdirish vaqtida «yo‘qolib qolgan» havoning vazniga teng bo‘lib chiqmoqda. Demak, metall tuproqqa aylanayotib havo bilan birikar ekan! Shuning bilan oksidlanish jarayonlari oxiriga yetadi: hech qanaqa flogistonlar, «olov moddasi» kabilar bu yerda mavjud emas. Ma’lum bir hajmdagi havoda, faqat ma’lum bir miqdordagi metall yonishi mumkin va bunda ma’lum bir miqdordagi havo yo‘qolib qoladi. Shu yerda uning murakkabligi kelib chiqadi: «Ko‘rinib turibdiki, havoning bir qismi, metallar bilan birikib, ularni tuproqqa aylantirmoqda, boshqa qismi esa – bunday qilmayapti; bu holat menga havo – biz avval o‘ylaganimizdek, oddiy modda emas, balki anchagina turli xildagi moddalardan tarkib topgan degan taxminga olib kelmoqda»
Keyingi, 1775 yilda Lavuaze akademiyaga havoning tarkibi haqidagi risolasini taqdim etdi. Bu havoning tarkibini aniqlashga bo‘lgan ilmiy yondoshuvli dastlabki nashr edi. Unga ko‘ra havo ikki xil gazdan – metallarni oksidlovchi, yonishga yordam beruvchi va nafas olish uchun yaroqli «toza havo»dan va bu sifatlarga ega bo‘lmagan «metafizik havo»dan iborat deb bayon qilingan. (Kislorod va Azot nomlari keyinroq paydo bo‘lgan).
Lavuazening mulohazalari oqimiga tushamiz:
«Metall vazni ortmoqda – demak unga qanaqadir modda birikmoqda. Bu modda qayerdan paydo bo‘lyapti? Reaksiyada qatnashgan boshqa jismlarning vaznini aniqlashtiramiz. Ma’lum bo‘lishicha, metallning vazni qanchaga ortgan bo‘lsa havoning vazni ham shunchaga kamaygan; qidirilayotgan modda demak havodan ajragan. Bu – miqdoriy tahlil uslubiyoti. Lekin uni anglash uchun, barcha kimyoviy jismlar vaznga ega ekanligi, vaznga ega jism vaznsiz jismga aylanib qolmasligi va nihoyat, moddaning biror bir zarrasi ham yo‘qolib ketishi yoki yo‘q joydan paydo bo‘lib qolish mumkin emasligini tushunish shart».
O‘sha risolaning o‘zida Lavuaze «begona havo»ning (Karbonat angidridni shunday atashardi) ham tuzilishini aniqladi: Agar simob oksidini ko‘mir bilan yonma yon qizdirilsa, ajralib chiqayotgan kislorod ko‘mir bilan birikadi va «doimiy havo»ni hosil qiladi.
«Yonish haqida umumiy» (1777) nomli risolasida Antuan Lavuaze o‘zining nazariyasini rivojlantirib boradi: Jismning har qanday yonishi kislorod bilan birikishdir; uning natijasida murakkab modda, aynan esa, «metallangan tuproq» (oksid) yoki kislota (zamonaviy atamashunoslikdagi «angidrid») hosil bo‘ladi.
Yonish nazariyasi ko‘plab kimyoviy birikmalarning tarkibini tushunishga imkon berdi. Kislotalar, tuzlar, oksidlar anchadan buyon ma’lum bo‘lib, ammo ularning tarkibi hali hanuz sir bo‘lib kelayotgan edi. Ularning umumiy natijasini quyidagicha ifodalash mumkin: Lavuaze kimyoviy birikmalar uchun birinchi bo‘lib tizimli yondoshuvni tadbiq qildi va ularni uch guruhga: oksidlar (metallarning kislorod bilan birikmalari), kislotalar (metallmaslarning kislorod bilan birikmalari) va tuzlar (oksidlar va tuzlarning o‘zaro birikmalari).
Lavuazening dastlabki tajribasidan buyon o‘n yil o‘tgan bo‘lsa hamki, u flogiston nazariyasiga hecham aloqadorlikka borgani yo‘q. U shunchaki usiz ham amalga oshaverdi. Yonish, nafas olish, oksidlanish, havoning tarkibi, uglekislotalar, va boshqa ko‘plab birikmalar har xil sirli va fantastik tamoyillardan holi ravishda, tabiiy mulohaza va tajribaviy natijalarga asoslangan holda aniq va ravon tilda tushuntirib berildi. U oddiy, lekin, mukammal uslubga – jismlarning vaznini taqqoslashga asoslangan edi. Lekin shunday bo‘lsa ham, eski nazariyalar yan bir necha o‘n yillar ilmiy jamoatchilik muhokamalarida mavjud bo‘lib, olimlarning fikr va xulosalariga baribir ta’sir ko‘rsatar edi.
1783 yilda Lavuaze «Flogiston haqida mulohaza» asarini chop ettirdi. O‘z kashfiyotlariga tayangan holda u flogiston nazariyasining butunlay yaroqsizligini isbotlab berdi. «Usiz barcha faktlar aniq va ravshan, hamda soda tushuntiriladi, u bilan esa cheksiz chigallik paydo bo‘ladi» - deydi Lavuaze mazkur asarda. Mulohazani davom ettirib: - «Kimyogarlar flogistondan tuman tamoyilini yasab oldilar, u umuman aniq va ma’lum bo‘lmagan, biror bir tushuntirishga to‘g‘ri kelmaydigan, mukammal tamoyili yo‘q, bir vaqtning o‘zida ham vaznga ham vaznsizlikka ega bo‘ladigan tuturuqsiz ta’limotdir.»
«Flogiston haqida mulohaza» eski va yaroqsiz nazariyotning o‘ziga xos «dafn ma’ruzasi» bo‘lib maydonga chiqdi. Vodorod haqidagi bilimni egallash va uning oksidlanish mahsulotlari haqidagi amaliy ishlar Lavuazeni organik kimyo uchun tamal toshini qo‘yish sharafiga muyassar qildi. Shu tarzda ta’kidlash mumkinki, anorganik kimyo singari organik kimyoning ham tarixi Lavuazedan boshlanadi. Bu – alohida katta mavzu…
Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling